«axborot-kommunikatsiya texnologiyalar va tizimlar»



Yüklə 10,74 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə262/269
tarix28.09.2023
ölçüsü10,74 Mb.
#150106
1   ...   258   259   260   261   262   263   264   265   ...   269
«axborot-kommunikatsiya texnologiyalar va tizimlar»

off-line
rejimida karta-terminal yoki b o ‘lmasa mijoz kartasi-sotuvchi kartasi 
o ‘zaro muloqoti jarayonida amalga oshiriladi.
Bunday 
tizim 
deyarli 
to ‘liq 
xavfsiz 
b o ‘lib, 
bunga 
mikroprotsessorli kristallning yuqori darajadagi himoyalanganligi va 
hisob-kitoblar sxemasining to ‘liq debetlashgani tufayli erishiladi. 
Bundan tashqari, mikroprotsessorli karta oddiysidan qimmatroq 
b o ‘lsada, to ‘lov tizimi ishlatishda arzonroqqa tushadi, chunki off­
line rejimida telekommunikatsiyalarga yuklanish b o ‘lmaydi.
Ishonchli ishlashi uchun elektron to ‘lov tizimi ishonchli 
himoyalangan b o ‘lishi kerak. Axborot xavfsizligi nuqtai nazaridan 
olib qaralsa, elektron toMovlar tizimida quyidagi zaif o ‘rinlar 
mavjud:
• bank, mijoz va banklar o ‘rtasida to‘lov va boshqa xabarlaming 
qayta yuborilishi;
• axborot ishlovining xabarlami jo ‘natuvchi va qabul qiluvchi 
tashkilotlar o‘rtasida olib borilishi;
• mijozlaming 
hisobvaraqlarda 
akkumulyatsiya 
qilingan 
mablag‘larga kirish imkoniyatining mavjudligi.
Elektron to ‘lovlar tizimidagi eng zaif o ‘rinlaridan biri bu to‘lov 
va boshqa xabarlaming banklar o ‘rtasida, bank va bankomat 
o ‘rtasida, bank va mijoz o‘rta-sida qayta j o ‘natilishidadir. To‘lov va 
boshqa xabarlaming qayta jo ‘natilishi quyidagi o ‘ziga xos 
xususiyatlar bilan bog‘liq:
- j o ‘natuvchi va qabul qiluvchi tashkilotlaming ichki tizimi 
elektron hujjatlami jo ‘natish va qabul qilishga moslashtirilgan 
b o ‘lishi hamda ularga tashkilot ichida ishlov berishda ulaming zarur 
himoyasi ta’minlangan bo‘lishi kerak;
536


- elektron hujjat j o ‘natuvchisi va qabul qiluvchisining o ‘zaro 
aloqasi bevosita emas, balki aloqa kanali orqali amalga oshiriladi.
Bu o ‘ziga xos xususiyatlar esa, o ‘z navbatida, quyidagi 
muammolami keltirib chiqaradi:
• abonentlaming o‘zaro aniqlab olinishi;
• aloqa kanallari orqali uzatilayotgan elektron hujjatlar 
himoyasi;
• elektron hujjatlami o ‘zaro almashinish jarayonining himoyasi;
• hujjat ijrosining ta’minlanishi.
Elektron to ‘lovlar tizimining alohida uzellarida axborot 
himoyasi bilan bog‘liq vazifalaming bajarilishi ta ’minlanishi uchun, 
quyidagi himoya mexanizmlari ishga tushirilishi lozim:
• chegaraviy tizimlarda kirishning boshqarilishi;
• xabar butligining nazorati;
• xabar mahfiyligining ta’minlanishi;
• abonentlaming o ‘zaro autentifikatsiyasi;
• xabar muallifligidan tonish imkoniyatining yo'qligi;
• xabar etkazilishining kafolatlanganligi;
• xabar bo‘yicha choralar ko‘rishdan tonish imkoniyatining 
yo‘qligi;
• xabarlar ketma-ketligining qayd etilishi;
• xabarlar ketma-ketligining butligi nazorat qilinishi.
Yuqorida sanab o ‘tilgan muammolami hal etish sifati aw alam
bor himoya mexanizmlarini 
ishga tushirishda kriptografiya 
vositalarining ratsional tanlanishi bilan belgilanadi.
Foydalanuvchini identifikatsiya qila oladigan hamda m a’lum bir 
hisob m a’lumotlarini saqlay oladigan qandaydir bir axborot 
tashuvchisi qo‘llangan-dagina POS-terminallar va bankomatlardan 
foydalanish imkoni bo‘ladi. Mana shunday axborot tashuvchisi 
vazifasini plastik kartalari bajaradi.
Plastik karta standart o ‘lchamlar (85,6x53,9x0,76 mm)dagi 
plastina b o ‘lib, mexanik va termik ta’sirlarga chidamli bo‘lgan 
maxsus plastmassadan tayyorlanadi. Plastik kartaning asosiy 
vazifalaridan biri - undan foydalanayotgan shaxsni to‘lov tizimining 
subyekti sifatida identifikatsiya qilish. Buning uchun plastik kartaga 
bank-emitent hamda bu kartaga xizmat k o ‘rsatayotgan to‘lov
537


tizimining logotiplari, karta egasining ismi, hisobvaraq raqami
kartaning amal qilish muddati va h.q. tushirilgan bo‘ladi. Bundan 
tashqari, kartada egasining fotosurati va imzosi ham b o ‘lishi 
mumkin. Alifboli-raqamli m a’lumotlar - ism, hisobvaraq raqami va 
boshqalar embossiyalangan b o ‘lishi, ya’ni bo‘rtiq shrift bilan 
yozilishi mumkin. Bu to ‘lov uchun qabul qilinayotgan kartalarga 
qo‘lda ishlov berishda maxsus qurilma - imprinter yordamida 
m a’lumotlami tezda chekka o‘tkazish imkonini beradi.
Amal qilish tamoiliga ko‘ra passiv va aktiv plastik kartalari 
farqlanadi. 

Yüklə 10,74 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   258   259   260   261   262   263   264   265   ...   269




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin