Slipning bitta nuxasi korxonada qoladi, ikkinchisi mijozga
topshiriladi, uchinchisi bank-
ekvayerga etkaziladi hamda to‘lov summasining korxonaga
mijoz hisob raqamidan to‘lab berilishi uchun asos vazifasini o ‘taydi.
So‘nggi yillarda avtomatlashtirilgan savdo POS-terminallar
(Point-Of-Sale - savdo nuqtasida to ‘lov) va bankomatlar keng
ommaviylashib
bormoqda.
POS-terminallardan
foydalanishda
sliplarni to‘ldirishga ehtiyoj qolmaydi.. Plastik karta rekvizitlari
uning magnit y o ‘lkasidan POS-terminalga o ‘matilgan o‘qib
olgichda o‘qib olinadi. Mijoz terminalga o ‘zining faqat o‘ziga
m a’lum bo‘lgan PIN-kodi (Personal Identification Number - shaxsiy
identifikatsiya raqami) ni kiritadi. PIN-kod elementlari magnit
yo‘lkasidagi yozuvni shifrlashning umumiy algoritmiga qo‘shiladi
hamda karta egasining elektron imzosi bo‘lib xizmat qiladi. POS-
terminal klaviaturasida kelishuv summasi teriladi.
Agar kelishuv bank bo‘limida amalga oshirilayotgan bo‘lsa
hamda bu kelishuv jarayonida mijozga naqd pul berish amali
bajarilayotgan b o is a , bu hollarda POS-terimnaldan tashqari yana
elektron kassir-bankomatdan foydalanish mumkin. 0 ‘z tuzilishiga
ko‘ra u qurilma POS-terminalga ega bo‘lgan avtomatlashtirilgan
seyfdir.
Terminal qurilma modem orqali tegishli to ‘lov tizimiga
mualliflashtirish uchun murojaat qiladi. Bunda pressing markazi
quw atidan foydalaniladi. Uning xizmatlari esa, yuqorida aytib
o'tilganidek, savdogarga bank-ekvayer tomonidan taqdim etiladi.
Dostları ilə paylaş: