5.27-rasm.
O c h i r i s h n i
tasdiqlash oynasi
0 ‘chirilgan fayllarni tiklash
Aytilganidek, fayl o‘chirilganidan kiyin savatchaga tushadi.
Lekin ular quyidagicha o‘zining awalgi joyiga tiklanishi mumkin:
1. Savatchani ustiga ikki marta bosgan holda oching.
2. Awalgi joyiga tiklamoqchi bo‘lgan faylingizni tanlang.
3. Uning ustiga o‘ng tugmani bosgan holda, paydo bo‘lgan
menyudan Tiklasni tanlang.
Eslatma:
Agar fayl tezkor buyruq yoki floopy diskdan
o‘chirilgan bo‘lsa (A: yoki B: disk),u Korzinaga borib tushmaydi.
Yorliqlarni
yaratish
Fayl yoki papkalami yaratganingizdan so‘ng
ulaming yorliq-
larini boshqa manzilga joylashtirishingiz mumkin. Yorliq bu fayl
yoki papkaga bog‘lanib turuvchi belgidir.
Ushbu belgiga ikki marta
bosilganda original papka yoki fayl ochiladi.
d
t
m
5.28-rasm.
Savatchadan fayllarni qayta tiklash
Yorliqni yaratish uchun:
l.Oynada siz yorliq yaratmoqchi bo‘lgan
fayl yoki papkani
tanlang. Quyida biz E:\tc papkada joylashgan TC.EXE faylini
tanladik (5.29-rasmga qarang).
2. Faylni sichqonchaning o‘ng tugmasi
bilan bosib turgan holda
hohlagan manzilimizgacha tortamiz. Bizning misolimizda biz
yorliqni ishchi oynasiga joylashtirmoqchimiz.
Shu sababli tanlagan
faylimizni sichqonchaning o‘ng tugmasi bilan ushlab ishchi
oynasigacha tortamiz.
3. Sichqonchani qo‘yvorganimizdan kiyin menyu oynasi paydo
bo‘ladi.
4. “Yorliqni shu yerda yaratish” tanlanadi.
Eslatma: Biz ish stolida paydo bo‘lgan
yorliqni shuningdek
ba’zi bir boshqa joylarga ham nusxalashimiz yoki ko‘chirishimiz
mumkin.
Dostları ilə paylaş: