O 'quvchilam ing o'qigan kitoblari og'zaki tarzda ham hisobga olinadi: ular o'qiganlari yuzasidan sinfdan tashqari o'qish va sinfda o'qish darslarida, yakka tartibdagi suhbatlarda gapirib beradilar. S in fd an tash q ari o ‘qish darslarining turlari Sinfdan tashqari o'qish darslarining xususiyatlari, birinchidan, STO' tizim ining bosqichlari bilan, ikkinchidan, o'quv vazifalari va dastur bilan, uchinchidan, oldinga qo'yilgan tarbiyaviy vazifalar bilan, to'rtinchidan, o'q u vch ilam in g qiziqishlari bilan belgilanadi. I-sinfda tayyorlov bosqichida yangi matn o'qituvchi tom onidan o'qib beriladi, boshlan g'ich bosqichdagi darslarda yangi kichik hajmli matnni o'quvchilar o'qiydilar. Keyingi bosqichlarda asar tahliliga doir ishlar kengaytiriladi, o'quvchilar o'qiganlarini taqqoslashga, um um lashtirishga, xulosalash- ga, qahram onlam i elem entar tavsiflashga o'rgatiladi. Bu jarayonda rollarga bo'lib o'qishdan foydalaniladi. Asosiy bosqichda STO' darslari
2-sinfda haftada 1 marta, 3-4-sinflarda 2 haftada 1 marta o'tkaziladi. O'quvchilar mustaqil o'qishga o'rgatiladi, ular „ G ‘u ncha“ , „G ulxan", „Bilim don" jurnallari, „Tong yulduzi" gazetasi bilan, y a ’ni bolalar matbuoti bilan tanishtiriladi. Bu bosqichda o'zbek, qardosh va chet el adabiyoti yozuvchilarining turli janrdagi va mavzudagi asarlaridan foydalaniladi. Bir darsga o'quvchilar bir nechta asarlar o'qib kelib, ular haqida o 'z fikrlarini aytib beradilar, qahramonlarni tasvirlab, rasm chizadilar. Bu jarayonda yozuvchilar hayoti va ijodiga doir kechalar uyushtiriladi. Shu tarzda adabiyotni sevadigan, mustaqil fikr yurita oladigan kitobxon shaxsi shakllantiriladi.