bilan hali tanishtirilmagan, kishilik olmoshlarini hali o‘rganmagan
bo'ladilar. O'quvchilarga egalik qo'shimchasi shaxs, narsa birlik va
ko'plikdagi uch shaxsdan biriga taalluqli ekanini bildirishini tush
untirish qiyin. Shularni hisobga olib, o'quvchilarni
otlarning egalik
qo'shimchalari bilan qo'llanishini o'zgatishda o'qituvchi ishni sar-
lavhadagi „egalik" so'zining leksik ma’nosini tushuntirishdan bosh-
lashi maqsadga muvofiq: „egalik" ega bo'lish, qarashlilik, tegishlilik,
oidlik ma’nolarini bildiradi, demak, egalik qo'shimchasi
deganda biror
narsaga ega bo'lishni, shu narsa tegishli, shu narsaning egasi ekanini
bildiradigan qo'shimchalar tushuniladi. Otlar egalik qo'shimchalari
bilan qo'llanadi. Otga qo'shilgan egalik qo'shimchasi shu ot ifodala-
gan shaxs, narsaning kimgadir qarashli ekanini, shu narsaning egasi
ekanini bildiradi. Misollarni kuzataylik: Kecha o'qigan
kitobim
juda
qiziqarli ekan. Sening kitobing ham qiziqarlimi? Ra’noning
kitobi
ham qiziqarli edi.
Kitobim, kitobing, kitobi
so'zlari so'z tarkibiga ko'ra tahlil qili
nadi va o'quvchilar
kitob
— o'zak,
-im, -ing, -i
qo'shimcha ekanini
aniqlaydilar. O'qituvchi
kitob
va
kitobim
so'zlarini taqqoslashni,
-im
qo'shimchasining ma’nosi haqida o'ylab ko'rishni topshiradi,
muammoli vaziyat yaratadi; o'quvchilar qo'shimchaning ma’nosi
haqida
fikr yuritadilar, ammo
kitobim
so'zining ma’nosiga
(mening
kitobim —
kitob meniki) tushunsalar ham, fikrlarini shakllantirib
aytib berolmaydilar. O'qituvchi qisqa tushuntiradi:
— Tilda uchta shaxs mavjud:
I shaxs - so'zlovchi
II shaxs — tinglovchi
III shaxs — o'zga
Hozir men sizga so'zlayapman, tushuntiryapman, demak,
men —
so'zlovchi, hozir siz meni tinglayapsiz, demak,
siz (sen)
tinglovchi,
hozir tinglashga qatnashmayotganlar ham bor,
u (ular)
— o'zga hisob
lanadi. Siz otlar birlik va ko'plik sonda qo'llanishini bilasiz. Ma’lumki,
biror narsa bir shaxsga yoki ikki va undan ortiq shaxsga tegishli bo'lishi
mumkin. Mana shu ma’nolarni, ya’ni biror shaxs va narsaning birlik
yoki ko'plikdagi uch shaxsdan biriga qarashli ekanini otga qo'shilgan
egalik qo'shimchalari bildiradi. Masalan,
kitobim
so'ziga qo'shilgan
-im
qo'shimchasi kitobning
I shaxsga taalluqli ekanini, ya’ni kitobing
egasi I shaxs ekanini
bildiradi
(-ing, -i
qo'shimchalari ham shunday
tushuntiriladi).
Kitobimiz
so'zidagi
-imiz
qo'shimchasi kitob so'zlovchi
shaxsga, shu bilan birga, ko'p shaxsga (ko'p so'zlovchiga) tegishli
ekanini bildiradi
(-ingiz, -i
goShimchalari ham shunday tushunti
riladi). Qisqa xulosa chiqariladi: otlarga qo‘shilgan mana shunday
qo'shimchalar
egalik qo'shimchalari
deyiladi. Egalik qo'shimchalari
tegishlilik, egalik m a’nosini bildiradi.
Egalik qo'shimchalari otlarga ikki variantda qo'shiladi.
Dostları ilə paylaş: