ko'zda tutiladi. 0 ‘quvchilar suhbat yordamida bosh kelishikdagi ot
ning so‘rog‘ini va bitta shaxs, narsani bildirishini aytadilar, (nima?
—
kitob,
kim? —
o'quvchi);
o‘qituvchi agar shu
ot ikki va undan ortiq,
shaxs yoki narsani bildirsa, qanday so‘roqqa javob bo'lishini, qaysi
kelishikni bildirishini so'raydi, ular qiynalmay javob beradilar (nima
lar? —
kitoblar,
kimlar? —
o'quvchilar).
Xulosa chiqariladi: ko'plikdagi
otlar bosh kelishikda
nimalar?
yoki
kimlar?
so'rog'iga javob bo'ladi.
O'quvchilar otlaming kelishiklar bilan turlanishi jadvalidan foydalanib,
shu otlarni ko'plikda turlaydilar va ko'plik qo'shimchasi
doim kelishik
qo'shimchasidan oldin qo'shilishini, so'roqlarini bilib oladilar.
Har bir kelishikni alohida o'rganishning vazifasi kelishikni o 'r
ganish bilan bog'liq holda kelishik qo'shimchalarining yozilishi ha
qidagi malakani shakllantirish va o'quvchilaming kelishiklar bilan
turlangan otlardan ongli foydalanishlariga erishish hisoblanadi.
Kelishiklarni bilib olish maqsadida so'roqlardan foydalaniladi.
Buning uchun o'quvchilar, birinchidan, so'roqni otning yakka o'ziga
emas, balki gapda ot ma’no tomondan bog'langan so'zdan shu otga
berishni o'rganishlari, ikkinchidan, kelishiklaming so'roqlarini
yaxshi
bilishlari zarur. Kelishiklarni o'zlashtirishda gapning asosini aniqla-
gach, gapda o'zaro bog'langan so'zlarni (so'z birikmalarini) belgilash,
ot bog'langan so'zni topish, so'roq berib, qaysi kelishik bilan turlan-
ganini, birlik yoki ko'plikda qo'llanganini aniqlash izchilligida ishni
uyushtirish maqsadga muvofiq (Masalan,
Alisher Nodirni muzeyga
taklif qildi.
Gap
Alisher
haqida aytilgan. (Kim?)
Alisher —
ega (bosh
kelishikda, birlik);
Alisher
(nima qildi?) —
taklif qildi
— kesim;
taklif
qildi
(kimni?) —
Nodirni
(ot,
tushum kelishigida, birlik);
taklif qildi
(nimaga? yoki qayerga?) —
muzeyga
(ot, jo'nalish kelishigida, birlik).
Kelishiklaming xususiyatlarini o'rganishga qulaylik yaratish uchun
har bir kelishikni quyidagi umumiy reja asosida o'rganish maqsadga
muvofiq:
1. Kelishikning grammatik ma’nosi.
2. So'roqlari.
3. Qo'shimchasi.
4. Gapdagi vazifasi.
Kelishiklarni shu tarzda o'rganish ularni o'zaro taqqoslashni
yengillashtiradi va ongli o'zlashtirishni ta ’minlaydi.
Bir kelishik o'zining muhim belgilari (ma’nosi, so'rog'i, q o '
shimchasi, sintaktik vazifasi) bilan boshqa kelishiklardan farqla-
nadi. Muayyan bir kelishikdagi otdan ongli
foydalanish va kelishik
qo'shimchalarini to'g'ri yozish uchun o'quvchilar kelishiklaming mu
him belgilarini puxta o'zlashtirishi talab etiladi, shuning uchun ham
kelishiklaming muhim belgilarini o'zlashtirib, bir kelishikni ikkin
chisidan farqlash ko'nikmasini shakllantirishga katta o'rin beriladi.
Bosh kelishikning xususiyatlarini o'rganish bilan otning kelishik
qo'shimchasi yo'q holati bosh kelishik ekani,
bosh kelishikdagi ot
boshqa so'zni o'ziga tobe qilishi,
Dostları ilə paylaş: