ifodali so'zlashga, xatosiz, chiroyli yozishga o'rgatadi, tilga sezgirlikni uyg'otadi. LUG‘AT USTIDA ISHLASH METODIKASI Lug‘a t ustida ishlashning lingvistik asoslari
S o'z tilning m a’no bildiradigan asosiy birligidir. S o'z va so 'z birik masi aniq narsalarni, mavhum tushunchalarni, hissiyotni ifodalaydi. Tilda mavjud bo'lgan barcha so'z va iboralarning yig'indisi lug ‘at tarkibi yoki leksika deyiladi. Leksikologiya o'zbek tilining lug'at tarkibini o'rganadigan bo'lim dir. Leksikologiya lug'at tarkibidagi so'zla m in g nutqda m a’no ifodalash xususiyati, qo'llanish faolligi, boyib borishi, ba’zi so'zlam in g eskirib, iste’m oldan chiqib ketishi, m a ’n o ko'chish hodisasi kabilarni o'rganadi. Shu sababli leksikologiya lug'at ustida ishlash m etodikasining lingvistik asosi hisoblanadi. Har qanday nutqiy bayon grammatik jihatdan o'zaro bog'langan, m azm unga m os so'z va so'z birikmalarining m a’lum izchillikda joy- lashtirilishidan tuziladi. Kishining lug'ati qanchalik boy va rivojlangan bo'lsa, uning nutqi ham shunchalik boy bo'ladi; o 'z fikrini aniq va ifodali bayon etishiga keng imkoniyat yaratiladi. Shuning uchun lug'atning boyligi, xilm a-xilligi, harakatchanligi m etodikada nutqni muvaffaqiyatli o'stirishning m uhim sharti hisoblanadi. Hozirgi o'zbek adabiy tili ulkan lug'at boyligiga ega. Besh jildlik „O 'zbek tilining izohli lug'ati" da 80000 dan ortiq so 'z va so'z birikmasi berilgan bo'lib, bular um um iy qo'llaniladiganlaridir. Bunga o'zbek tilida nashr etilgan turli term inologik lug'atlarda, o'zbek tili sin o- nimlari, antonim lari, frazeologik lug'atlarida va turli izohli lug'atlarda