bilib oladilar. Boshlang'ich sinflardagi boshqa darslarda ham o'quvchilar nutqi xilm a-xil so'zlar bilan boyitiladi. Kuzatish va turli ko'rgazmali qurol- Iar bu darslarda ham bilim olish, tushunchalarni shakllantirish vositasi hisoblanadi. Matematika darslarida bolalar yangi tasaw ur va tushunchalar, juda ko'p so'z va atamalar bilan o'z nutqlarini boyitadilar, sodda va qo'shm a gap tuzishga o'rganadilar: 5 soni 3 sonidan katta (5 > 3) yoki uch soni besh sonidan kichik (3 < 5); bitta o'nlikka ikkita o'nlik va 5 ta birlikni qo'shsak, uchta o'nlik va 5 ta birlik hosil bo'ladi (10 + 25 = 35) va hokazo. Masala echish jarayonida esa ular shu vaqtgacha o'z nutqlarida ishlatib kelgan bo'ladi, qoladi, hosil bo'ladi, teng kabi so'zlam in g yangi m a’nosini bilib oladilar; ...bizga ma ’lum, masalada so'ralyapti kabi so'z birikmalarini ishlatishga o'rganadilar. Matematika darslari o'qu vch ilam ing bog'lanishli nutqini o'stirishda muhim ahamiyatga ega. Ular masalani yechishda savolga to'liq javob berishga, atamalarni to'g'ri ishlatib, qoidalarni o'z saviyalariga m os ravishda aniq shakllantirishga o'rgatiladi. Bular, o'z navbatida, o'quvchilar nutqini boyitish va faollashtirish vositasi hisoblanadi. Bog'lanishli nutq ko'nikm alarini egallashga masala echish bilan bog'liq holda olib boriladigan ishlar, ayniqsa, masala tuzishga o'rgatish mashqlari samarali ta’sir ko'rsatadi. Masala o'qib eshittirilgandan so'ng, o'quvchilar uning asosiy m azm unini eshitib idrok etishga,
to ‘g ‘ri, qisqa va aniq qayta aytib berishga o'rgatiladi. M asala tuzishga