4-Amaliy mashg‘ulot Mavzu: traktor va avtomobillarni yurish qismlari, boshqarish mexanizmlari, yordamchi va ish jihozlari



Yüklə 1,08 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/13
tarix28.09.2023
ölçüsü1,08 Mb.
#150184
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
4-Amaliy mashg‘ulot 1-bosqich



4-Amaliy mashg‘ulot 
 
Mavzu: 
TRAKTOR VA AVTOMOBILLARNI YURISH QISMLARI
BOSHQARISH MEXANIZMLARI, YORDAMCHI VA ISH JIHOZLARI
 
 
 
1.Ishning maqsadi:
Traktor yurish qismlarini tuproqqa ko‘rsatadigan salbiy 
ta’sirlarini va tuproqning zichlanishini kamaytirish yo‘llarini, rul boshqarmasi va 
tormozlar, traktor va avtomobillarning boshqarish mexanizmlarini o‘rganish. 
Qishloq xo‘jaligi mashinalarini traktorga ulash qurilmasining vazifasi, tuzilishi va 
ish jarayonini o‘rganish bo‘yicha ko‘nikmalar berish. 
 
2.Kerakli jihozlar:
Ko‘rgazmali qurollar, traktorning tirkash qurilmalari
o‘quv filmlari, adabiyotlar. 
 
3.Ishni bajarish tartibi: 
A) Traktor va avtomobillarni yurish qismlari 
Traktor yurish qismi o‘zining og‘irligini va ortilgan yuk, ya’ni o‘rnatilgan 
mashina yoki qurolning og‘irliklarini erga uzatadi hamda uning ilgarilanma 
xarakatini ta’minlaydi. 
Qishloq xo‘jaligida qo‘llaniladigan traktorlarning yurish qismi asosan 
g‘ildirakli va zanjirli (lentali) turlarga bo‘linadi.
G‘ildirakli traktorlarning yurish qismi g‘ildiraklardan
(12-rasm)
iborat 
bo‘lib, u gupchaq 6, disk 5 va to‘g‘in 3 dan iborat. Gubchak 6 shpilka va gaykalar 
bilan yarim o‘qqa 7 mahkamlanadi. To‘g‘in 3 ga pnevmatik shina o‘rnatilib, u 
pokrishka 1, kamera 2, ventil 4 to‘g‘in lentasidan iborat. G‘ildirak to‘g‘ini 
traktorlarda botiq (chuqur) ko‘rinishda bo‘ladi.
12-rasm. G‘ildirakli traktorning 
etakchi g‘ildiragi: 
1- pokrishka; 2- kamera; 3- to‘g‘in; 
4-ventil; 5- disk; 6-gubchak; 
7- yarim o‘q 
Traktorlar uch g‘ildirakli yoki to‘rt g‘ildirakli bo‘lishi mumkin. Uch 
g‘ildirakli traktorlar kalta burila oladi, bu esa qayrilish uchun ensizroq joy 
qoldirishga imkon beradi, to‘rt g‘ildirakli traktorning burilish radiusi katta bo‘ladi.


Traktorning oldingi va ketingi g‘ildiraklari etakchi bo‘lsa, uning er bilan 
tishlashishi yaxshilanadi va yumshoq erda kamroq sirpanadi.

Yüklə 1,08 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin