4-Amaliy mashg‘ulot Mavzu: traktor va avtomobillarni yurish qismlari, boshqarish mexanizmlari, yordamchi va ish jihozlari


-rasm. To‘rt g‘ildirakli traktorning oldingi ko‘prigi va rul boshqarmasi



Yüklə 1,08 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə8/13
tarix28.09.2023
ölçüsü1,08 Mb.
#150184
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
4-Amaliy mashg‘ulot 1-bosqich

20-rasm.
To‘rt g‘ildirakli traktorning oldingi ko‘prigi va rul boshqarmasi: 
1
– rul vali; 
2
– uchlik; 
3
– shlitsali vtulka; 
4
– gidravlik kuchaytirgich korpusi; 
5
– 
vertikal val; 
6
– oldingi o‘q; 
7
– barmoq; 
8
– quvur; 
9
– prujina; 
10
– shkvoren; 
11
– burish sapfasi; 
12 
– g‘ildirak gupchagi; 
13
– burish richagi; 
14
– ko‘ndalang 
tortqi; 
15
– rul richagi; 
16
– kardan sharnir; 
17
– rul chambaragi 


 
Traktor va avtomobillarning tormozi 
Tormoz mashinaning harakat tezligini sekinlashtiradi, to‘xtatadi va 
to‘xtatilgan holatda saqlab turadi hamda keskin burishga imkon beradi 
(traktorlarda). Traktorni to‘xtatilgan holatda qo‘zg‘atmasdan turg‘izish undan 
statsionar ishda foydalanish uchun ham zarur. 
Traktorlarda kuch uzatish qismi mexanizmlari (oxirgi uzatma va boshqarish 
mexanizmlarining vali, shkivi va barabanlari) tormozlanadi. Avtomobillarda, 
asosan, yetakchi va boshqariluvchi g‘ildiraklar, yuk avtomobillarida esa 
qo‘shimcha ravishda transmissiya mexanizmi (kardan val) ham tormozlanadi. 
Traktor va avtomobilning tormozlash tizimi tormoz mexanizmi va tormoz 
yuritmasidan iborat. 
Tasmali, diskli va kolodkali tormoz mexanizmlari bo‘ladi. Tasmali tormoz
asosan, traktorlarda, diskli tormoz traktor va avtomobillarning ba’zilarida, 
kolodkali tormozlar esa, deyarli barcha avtomobillarda va ba’zi traktorlarda 
qo‘llaniladi. 
Tormozni harakatga keltirish uchun mexanik, gidravlik va pnevmatik 
yuritmalar qo‘llaniladi. Barcha traktorlarning tormozlari va avtomobillarning qo‘l 
tormozi mexanik yuritmali bo‘ladi. Gidravlik yuritma yengil avtomobillarda va 
yuk avtomobillarida, pnevmatik yuritma ba’zi yuk avtomobillarida qo‘llaniladi. 
Tormoz yuritmalarining gidravlik-vakuum kuchaytirgichlari gidravlik yuritmalarni 
yana ham takomillashtirishga imkon beradi, ular keyingi vaqtlarda kengroq 
qo‘llanila boshlandi. 
Tasmali tormoz
(21-rasm) valda aylanuvchi shkiv (
5
) ni o‘rab turadigan 
tasma (
6
), bo‘shatuvchi prujina (
3
) va harakatga keltiradigan tepki (
1
) dan iborat. 
Ishqalanish kuchini oshirish uchun tasmaning shkivga tegadigan sirtiga friktsion 
qoplama mahkamlangan. Oddiy va erkin tasmali tormozlar bo‘ladi. 

Yüklə 1,08 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin