S) Traktor va avtomobillarni yordamchi va ish jihozlari
Ma’lumki mashinalarni traktorga ulash usuli bo‘yicha
agregatlar tirkalma,
osma va yarim osma turlarga bo‘linadi. Mashinani traktorga to‘g‘ri ulash katta
ahamiyatga ega hisoblanadi. Chunki noto‘g‘ri ulangan mashinaning bajargan ishi
sifatsiz bo‘lib, ish unumi keskin pasayib ketadi.
Tirkalma mashinalarnitraktorga ulash qurilmasi.
Zanjirli
traktorning
ulash qurilmasi uning orqa tarafiga ko‘p teshikli ko‘ndalang to‘sin ko‘rinishidagi
shataklagich 2 (23-rasm) o‘rnatilgan bo‘ladi, g‘ildirakli traktorlarda esa ularning
osma o‘rnatish mexanizmining bo‘ylama tortqilariga 4 (24-rasm) tirkash
qurilmasi mahkamlanib, u shataklagich 2 va qo‘shish sirg‘asidan iborat tuzilgan.
23-rasm. Tirkashqurilmasining
tuzilishi:
1-mahkamlagich;
2-shataklagich; 3-qo‘shishsirg‘asi;
4-sirg‘a barmog‘i; 5-ulash barmog‘i
24-rasm. Osish qurilmasiga
shataklagich o‘rnatish:
1-qo‘zg‘atmaslik
tortqilari;
2-shataklagich; 3-mahkamlagich;
4-bo‘ylama tortqilar; 5-tik kashaklar.
Tirkama mashinalar bilan ishlash uchun umumiy ishlarni bajaradigan zanjirli
traktorlarda alohida tirkash qurilmasi bilan jihozlangan bo‘lib, uning o‘rnatish
mexanizmini yuqoriga butkul ko‘tarilgan holatida o‘rnatiladi. U shataklagich 2,
qo‘shish sirg‘asi 3, sirg‘a barmog‘i 4 va ulash barmog‘idan 5 tashkil topgan.
SHataklagich
2
traktor
ramasining
ulash
kronshteyniga
o‘rnatilgan
mahkamlagichlarga 1 boltlar yordamida mahkamlanadi.
SHataklagichda quyma teshiklar bo‘lib, ulardan biriga qo‘shish sirg‘asining
barmog‘i 4 o‘rnatiladi. Sirg‘a barmog‘i simmetrik tirkalmamashinalarni
ulashda
shataklagichning o‘rtasidagi teshikka qo‘yiladi. Agar traktor qishloq xo‘jaligi
mashinasi bilan ishlatilganida o‘z-o‘zidan ish jo‘yagidan o‘ngga burilib
ketaversa,qo‘shish sirg‘asining barmog‘i chapga suriladi va aksincha, traktor
chapga burilganida o‘ngga suriladi.Qo‘shish sirg‘asi shataklagichga odatda bitta
barmoq bilan ulanadi. Agar traktor quvvat olish validan ishlaydigan mashinalar
bilan ishlasa, qo‘shish sirg‘asi shataklagichga ikkita barmoq bilan mahkamlanadi.
Tirkama mashina shataklagichga ulash barmog‘i 5 yordamida ulanadi. Ulash
barmog‘ining yuqorisida chagaralash shaybasi, pastida esa lo‘kidon
bilan
mahkamlangan bo‘ladi.Shataklagichdagi 2 teshiklartraktorga nisbatan tirkalma
mashinani o‘ng yoki chap tomonlarga birmuncha surib yuritish imkonini beradi.
Iloji boricha traktorning tortish kuchini yo‘nalishi mashina yoki mashinalar
to‘plamiga simmetrik ulanishi ma’qul bo‘ladi, aks
holda ularning sudrashga
qarshiligi ortib, texnologik jarayonni birmuncha o‘zgartirib yuborishi mumkin.
Tirkama mashinalar bilan ishlashi uchun ko‘pchilik g‘ildirakli traktorlarning
o‘rnatish mexanizmini bo‘ylama tortqilariga 4 (17-rasm)
tirkash qurilmasi
mahkamlanib, u shataklagich 2 va qo‘shish sirg‘asidan iborat. Traktor to‘ntarilib
ketmasligi uchun o‘rnatish mexanizmining markaziy tortqisidan tirkash qurilmasi
sifatida foydalanish taqiqlanadi.
Bu usul tirkalma holatda ishlatiladigan pluglar, tekislagichlar, tirmalar, chizel-
kultivatorlar, transport vositalari va boshqa mashinalarda foydalaniladi.
Uning afzalligi shundaki, dalaning notekisligi sababli traktorda vujudga
kelgan tebranishlar tirkalma qishloq xo‘jaligi mashinalariga uzatilmaydi.
Natijada
ishning sifati yuqori bo‘ladi.
Kamchiligi agregatning dala boshi va oxirida orqaga burilishi birmuncha
murakkab bo‘lib, salt yurishlar ko‘payadi, bu holat ish unumini birmuncha
pasayishiga olib kelishi mumkin.
Hozirgi paytda zamonaviy qishloq xo‘jaligi
traktorlari asosan osma
mashinalarni agregatlash uchun gidravlik boshqariladigan osish qurilmalari (18-
rasm) bilan jihozlangan bo‘lib, ular uch va ikki nuqtali osish ko‘rinishida
ishlatiladi.
Dostları ilə paylaş: