natijaga erishish uchun izchil xattaharakatlaming yig„indisini ham anglatadi. Masalan, o„quv
jarayoni o„quv mashg'ulotlarining alohida turlarini izchillik bilan almashib turishini ifodalaydi:
ma‟ruza — mustaqil ish — amaliy mashg„ulot — individual suhbat. Bu jarayonning natijasi ta‟lim
olayotganlaming u yoki bu darajadagi o„zlashtirishi hisoblanadi. Sotsial jarayonning strukturasi o„z
ichiga quyidagi unsurlarni oladi:
1) sotsial harakat subyekti (shaxs, sotsial guruh, sotsial tashkilot);
2) sotsial harakat obyekti (sotsial harakat yo„nalgan sotsial hodisa);
3) sotsial harakatning kechishi uchun shart-sharoitlar (sotsial jarayon nafaqat subyektning obyektga
ta‟siri, balki sotsial muhitning xususiyatlari bilan tavsiflanadi);
4) uning o'zini maqsadga muvofiq tarzdagi sotsial harakati:
5) sotsial harakat natijasi (subyektning sotsial obyektga ta‟siri natijasida unda paydo bo'ladigan
o'zgarishlar);
Sotsial jarayonlar turli-tumandir. Sotsial jarayonlaming turli asoslari bo„yicha uning ko„plab
tasniflashlar shakllandi:
1) namoyon bo'lish sohalari bo„yicha — iqtisodiy, siyosiy, ekologik va hokazo;
2) paydo bo „lish mexaniz/nlari bo„yicha — o„z-o„zidan
tabiiy ravishda, ongli ravishda, tabiiy-
tarixiy;
3) boshqaruvchanlik darajasi bo'yicha —
boshqariladigan,- bo„sh boshqariladigan, boshqarib
bo'lmaydigan;
4) sotsial ta‟sir obyektining funksiyalari bo'yicha — funksional va disfunksional (funksionalligi
buzilgan);
5) sotsial obyekt sifatiy holatining yo'nalganligi bo'yicha — progressiv (o'sib boruvchi),
regressiv
(orqaga ketuvchi), neytral (betaraf, o'rtada turuvchi); '
6) obyektning sifatiy o'zgarishining intensivligi (kuchayishi va tezlashishi) bo'yicha —
evolyutsiyaviy (tadrijiy) va revolyutsiyaviy (inqilobiy).
Sotsial o'zgarishlar
— bu qandaydir sotsial obyektning oldingi va hozirgi holati o'rtasidagi sezilarli
farqlanishlar hosil qiluvchi sotsial jarayoniar natijasidir. Sotsiologiya tarixida sotsial o'zgarishlarning
umumiy sabablarini aniqlashga doir ko'plab urinishlar yuz bo'lgan. Tarixiy rivojlanish texnologik
rivojlanish, sotsial ixtiloflar, integratsiyalar, moslashuvlar, g'oyalar va ilohiy kuchlar ta‟siri kabilar
bilan bog'liq holda yuz beradi. Nazariyalaming har birida sotsial o'zgarishlarning qandaydir omili
e‟tiborga olinganligi uchun ham bu sohada natijalaiga erishish qiyin kechdi. Chunki, sotsial
o'zgarishlami tizimli yondashuv vositasida tadqiq etish uchun aniqlangan barcha ilmiy natijalar
yig'indisi va muayyan tegishli davming lahzalari ichidan eng asosiylarini ajratib
olish asosida
o'rganish zarur edi. Zero, har qanday sotsial o'zgarishlar aniq tarixiy kenglik-vaqtning uzluksizligi
asosida sodir bo'ladi.
Dostları ilə paylaş: