Ish uchun kerakli jihozlar : baqa, jarrohlik pinsetlar, zond, qaychilar, Ringer
eritmasi, taxtacha, shisha ilgak, sal`fetka, paxta.
Ishni bajarish tartibi: Baqaning bosh miyasi kesib tashlanadi, parafinli
taxtacha ustiga chalqanchasiga yotqizilib, oyoqlari ninalar bilan to`g`nab qo`yiladi.
Baqaning ko’krak qafasi ochilib, yuragi topiladi va perikarddan bo’shatiladi. Ikkinchi
bir baqadan asab muskul preparati tayyorlanadi. Preparatning asabi baqaning
ishlayotgan yuragi ustiga tashlab qo`yiladi. Ammo bunda asab baqa yuragi
bo`lmachalari bilan qorinchalariga tegib turishi kerak. Shundagina yurak har gal
qisqarganda asab muskul preparati muskullari ham qisqaradi. Bu hodisa yurak
qisqarishidan yuzaga kelgan harakat toki ta`sirida sodir bo`ladi.
Topshiriq . Tajribani o`tkazish sxemasini laboratoriya daftaringizga chizing va
muskullarning qisqarish sababini tushuntirib ering. Savollarga javob bering
1.
Harakat toki nima va u qanday yuzaga keladi ?
2.
Harakat tokining qandqy fazalari bor?
3.
Refrakterlik va uning fazalari.
4.
Parabioz va uning fazalari.
7-Laboratoriya mashg`ulot. Muskulning ta’sirlash usullari. Mushakni vositali va vositasiz ta`sirlash . Ishning maksadi : Asab va mushakning qo’zg’aluvchanligini taqqoslash.
Ish uchun kerakli jihozlar : baqa, jarrohlik pinsetlar, zond, qaychilar Ringer
eritmasi, taxtacha, shisha ilgak, sal`fetka, paxta.
Ishning borishi : Asab mushak pereparati tayyorlanadi. Boldir mushagi
miografga mustahkamlanadi. Elektrodlar stimulyatorning klemmalariga ulanadi.
Asabga uzluksiz davom etadigan masalan: 0,5 ms yakka ta`sirlar yuborib, uning
darajasi asta sekin oshiriladi va mushakning ko’zga ko’rinuvchi qisqarishni yuzaga
keltira oladigan minimal ta`sirlash kuchi topiladi. Bu asab uchun ta`sirlash bo’sag’asi
hisoblanadi. Mushakni ta`sirlash bo’sag’asini aniqlash uchun unga stimulyator bilan
ulangan miografning o’tkazuvchi zanjiri orqali to’g’ridan to’g’ri tok yuboriladi.
Ta`sirlash bo’sag`asi vositasiz ta`sirlashdagi kabi aniqlanadi.