1-Машғулот



Yüklə 6,33 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə46/74
tarix28.09.2023
ölçüsü6,33 Mb.
#150378
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   74
 
22-Laboratoriya mashg’ulot. 
Tashqi nafas ko’rsatgichlarini aniqlash. 
1–ish:
 
Spirometriya.
 
Nazariy tushuncha

Odam normal nafas olganda, o`pkaga 500-600 
ml
havo ki-
radi va shuncha havo tashqariga chiqadi. Bu havo 
nafas olish havosi
deyiladi. Normal 
nafas olingandan keyin, 1500
ml
havo olish mumkin. Bu 
qo`shimcha havo
deyiladi. 
Shuningdek, normal nafas chiqarilgandan keyin yana 1500
 ml
havo chiqarish mumkin. 
Bu havo 
zapas
yoki 
rezerv havo
deyiladi. Chuqur nafas chiqarilgandan keyin chuqur 
nafas olinganda o`pkaga kirgan havo miqdori 
o`pkaning tiriklik sig`imi
deyiladi. 
O`pkaning tiriklik sig`imi nafas olish havosi, qo`shimcha va rezerv havo yig`indisi 
(500+1500+1500) dan iborat bo`lib, u o`rtacha 3500 
ml
ga teng. O`pkaning tiriklik 
sig`imi kishining jinsiga, yoshiga, kasbiga va sog`lig`iga qarab o`zgarib turadi. 
 Ishning maqsadi:
O`pkaning tiriklik sig`imini o`lchash usulini o`rganish. 
 Ishni olib borish uchun zarur bo`lgan jihozlar:
Spirometr, spirt, paxta. 
 Ishni bajarish tartibi;
Buning uchun spirometr strelkasini nolga to`g`irlab, 
uning rezina naychasining uchi spirt bilan artiladi va odatdagicha nafas olib, rezina 
naycha orqali spirometr ichiga nafas chiqariladi. Spirometr ichiga nafas chiqarishni 
bir necha marta takrorlab, o`pkadan chiqarilgan havoning o`rtacha miqdori topiladi. 
Masalan: spirometrga 6 marta nafas chiqarish natijasida strelka 3000 
ml
ni ko`rsatsa, 
u vaqtda o`rtacha nafas chiqarish havosining miqdori 
500
6
3000

ml
ga teng bo`ladi. 
Rezerv nafas chiqarish havosi miqdorini aniqlash: 
1. Buning uchun spirometr strelkasini nolga qo`yib, oddiy nafas havosi tashqariga 
chiqariladi va nafas olmasdan turib, rezina naycha orqali spirometr ichiga kuchli 
nafas chiqariladi. 
2. Bu vaqtda strelka ko`rsatgan raqam rezerv havo miqdorini bildiradi. 


41 
3. O`pkaning tiriklik sig’imini o`lchash uchun chuqur nafas olib, spirometrga kuch 
bilan nafas chiqariladi. Bunda spirometr strelkasi to`xtagan joydagi raqam o`pkaning 
triklik sig’imini ifodalaydi. 

Yüklə 6,33 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   74




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin