53
Tekshiruvchi yoyning ichki yuzasi bo`ylab markazdan chetga qarab oq va rangli
markani sekin chetga surib harakatlantiradi. Tekshiriluvchi ko`zni harakatsiz holda
ko`rayotgan rangli markalarning rangini aytishi kerak, tekshiruvchi perimetr yoyining
graduslariga mos keladigan nuqtalarni perimetrik blankka tushiradi, qachonki u maxsus
rangdagi markani ko`rsa. Perimetr yoyini 90
0
Sga aylantirib, yuqori va pastki ko`rish
o`tkirligi o`lchanadi. Xuddi shunday usul bilan yoyni o`ng va chapga 45
0
S aylantirib,
ko`rish maydonini o`lchaydi. Blanka tushirilgan nuqtalar o`ziga mos rangdagi chiziqlar
bilan birlashtiriladi. Olingan ko`pburchaklar tekshiriluvchining ko`rish maydoni-
chegarasini ko`rsatadi.
Topshiriq
.
Olingan perimetrik rasmni plakatda berilgan oq, qora va rangli ko`rish
ko`rsatkichlari, normal ko`rish maydonining chegaralari bilan solishtiriladi.
a. Ko`rish maydoni deb nimaga aytiladi?
b. Nima uchun to`r qavatning periferik bo`limlari ranglarni qabul qilmaydi?
Dostları ilə paylaş: