Fanidan tayyorlangan o`quv-uslubiy majmua «Vatan tarixi» kafedrasi professor-o`qituvchilaringing yig`ilishida muhokama qilingan va foydalanish uchun tavsiya etilgan


 Shayboniylar davlati huquq tizimi



Yüklə 2,28 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə42/68
tarix30.09.2023
ölçüsü2,28 Mb.
#150773
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   68
6384aaa945f58 O\'zbek davlatchilik tarixi Yakubova.D QO\'LLANMA

3. Shayboniylar davlati huquq tizimi 
Xonlikda jinoyatni aniqlovchi va jazo beruvchi asosiy mahkama 
islomiy shariat qonun-qoidalariga asoslanib tutuvchilar qozilik idoralari 


85 
edi. Davlatdagi Oliy sudya qozi kalon bo‘lib, viloyatlardagi jinoyatlarni 
jazolash viloyat qozilari qo‘lida edi. Oliy jazo-o‘lim hukmini faqat 
xonning maxsus farmoni bilan amalga oshirganlar. Aybdorni aniqlashda 
shariat qonunlariga, asosan, ikki kishi guvohiligi yetarli bo‘lgan. 
Viloyatlarda, tumanlarda jinoyat ishlarini viloyat hokimi nazoratida 
mahalliy qozilar olib borgan. Jinoyatchilarga gunohiga qarab o‘lim 
jazosi, ma’lum muddatga (ko‘pchilik hollarda umrbod) zindonga 
tashlash, tan jazosi berish (darra urish, barmoqlarini kesib tashlash), 
sazoiy qilish, qoziqqa o‘tkazish kabi jazo choralari ham qo‘llanilgan. 
Aybdorlarga jazo berish, ko‘pincha bozor oldida maxsus maydonda – 
aholi ko‘z o‘ngida amalga oshirilgan. 
Harbiylar sodir etgan jinoyatlar va jazo turlari maxsus harbiy 
sudyalar qozi askar va mufti askar tomonidan ko‘rib chiqilgan. 
Mol-mulk bilan bog‘liq jinoyatlar, o‘g‘irlik shariat qonunlariga 
rioya qilmaslik uchun beriladigan jazolar turi ko‘pincha amaldorlarning 
xohish-irodasiga bog‘liq bo‘lib ma’lum jinoyatlar uchun aniq jazo 
oldindan belgilab qo‘yilmagan. 
Bu davrga oid hujjatlarda (Joybor shayxlari arxivi, Samarqand 
qozilik idorasi hujjatlari) fuqarolik ishlari, huquqiy ma’muriy jinoyatlar, 
tartib buzarliklar va ularga nisbatan qo‘llaniladigan jazo choralari haqida 
ma’lumotlar saqlanib qolgan. Masalan, Buxorodagi Katta Foziyon va 
kichik Foziyon madrasasiga tegishli hujjatlarda (1535) madrasada o‘qish 
va hujrada yashash tartib-qoidalarini buzgan talabalarga quyidagi jazo 
choralarini ko‘rilishi qayd etilgan. Agar talaba darslarga bir oy sababsiz 
qatnashmasa uni hujradan mahrum qilishgan, agar talaba dangasaligi 
tufayli darslarni yaxshi o‘zlashtira olmasa yoki bir bosqichdan ikkinchi 
bosqichga o‘ta olmasa unga nafaqa to‘lash bekor qilinib, hujra tortib 
olingan. 
Ruzbexon Isfaxoniyning “Mehmonnomai Buxoro”, “Suluk al-
muluk” (“Podsholarning xulq atvorlari”) asari (15 bobdan iborat).
Savollarga javob tariqasida yozilgan bo‘lib, davlat ishlarida, 
musulmonlar bilan o‘zaro munosabatlarda, dorug‘alar tayyorlashda, 
xiroj, ushr, juzya kabi soliqlarni yig‘ib olishda nimalarga asoslanish 
lozimligi va Shayboniyxonlar davlati haqidagi ma’lumotlar yoritib 
berilgan. 

Yüklə 2,28 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   68




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin