83
etishda, yangi yerlarni bosib olish uchun qilinadigan istilochilik
yurishlarida qo‘shinlarning soni, harbiy tayyorgarligi,
qo‘shin
boshliqlarining qo‘mondonlik mahorati katta ahamiyat kasb etardi.
Shayboniylar qo‘shini, asosan, otliq va
piyoda askarlardan tashkil
topgan. Qo‘shin urushda o‘q-yoy, uzun, nayza, qilich, gurzi, uzun dastali
jang boltasi (tabarzin), changak kabi asosiy hujum qurollaridan
foydalangan. Abdullaxon II davrida qo‘shin Xorijdan keltirilgan pilta
miltiqlar bilan qurollantirilgan. Shayboniylar qo‘shinida navkarlar
himoya uchun qalqon (sipar)dan foydalanganlar,
hamda temir simdan
mayda qilib to‘qilib, usti ipak va baxmal mato bilan yopilgan sovut-
jovshan (forscha baxtar) yoki jiba (jeva) – temir yoki po‘latdan
ishlangan maxsus kiyim kiyib jang qilganlar. Abudllaxon II davrida
Yevropadan keltirilgan jovshan (sovut) ham bo‘lgan. Urushda yaroq va
o‘q o‘tmasligi uchun otlar ustiga maxsus yopinchiq gejm (kejim)
yopishgan.
Qo‘shin tarkibida naftandozlar, manjaliqchilar va tosh otuvchilar
ham bo‘lib, ular shahar va mudofaa qo‘rg‘onlarini egallashda katta o‘rin
tutgan. XVI asrning 2-yarmidan boshlab Abdullaxon II qo‘shinida chet
ellardan keltirilgan kichik zambaraklar paydo bo‘ladi.
Qo‘shin tarkibi,
uning jangovor saflanishi, jang qilish tartibi,
Chingizxon va Amir Temur qo‘shinlari harbiy tuzilishi, urish taktikasiga
asoslangan bo‘lib, unga Shayboniyxon davrida ko‘chmanchi o‘zbeklarga
xos bo‘lgan bir qancha yangi jang usullari kiritildi(To‘lg‘ama).
Shayboniylar qo‘shini, asosan, qalb (kavl) deb ataluvchi markaziy
qism, barong‘or (o‘ng qanot) va javong‘or (so‘l qanot) qismlaridan
hamda xirovul (qo‘shinning orqa qismi)dan tashkil topgan. Ularga
xonning o‘zi va tajribali o‘zbek sarkardalari boshchilik qilgan.
Qo‘shinning qanotlariga boshchilik qilgan sarkarda o‘g‘lon deb
yuritilgan. Qo‘shini oldida manglay (avangard) deb ataluvchi harbiy
qism yarim doira shaklida saf tortib borgan.
Uning oldida esa tez
harakatlanuvchi kichik jangovor qism ilg‘or bo‘lgan. Shayboniylar
qo‘shinida umumiy qism oldida boruvchi “qoravul” deb atalgan maxsus
qism, qo‘shinining o‘ng va so‘l qismlari oldida boruvchi “kichik” g‘o‘l
deb yuritilgan bo‘linmalar va ortidan boruvchi maxsus yordamchi
bo‘linma – chanoh bo‘lgan.
Qo‘shin tarkibida tug‘chi qism, ya’ni bayroq ostida ehtiyotda
turuvchi (tug‘ni qo‘riqlovchi) 20-30 ming kishilik jangovor harbiy
bo‘linma hamda zabongilari – ya’ni
dushman tomonidan yashirin
84
ravishda “til” tutib keluvchi maxsus bo‘linma va xabarchi - dushman
to‘g‘risida umumiy ma’lumot keltiruvchi bo‘linmalar ham bo‘lgan.
Harbiy yurishlar paytida xon uchun rasmiy qabul marosimlari
o‘tkaziladigan maxsus joy - bargoh hozirlashgan.
Qo‘shinda saralangan o‘zbek navkarlaridan tuzilgan xonning
qo‘riqchilari ham katta rol o‘ynagan.
Shayboniylar qo‘shini ham Chingizxon va Amir Temur
qo‘shinlaridek 10 minglik korpuslar – tumanlarga bo‘lingan. Unga
no‘yon deb ataluvchi harbiy sarkarda boshchilik qilgan. Tumanlar o‘z
navbatida minglik, yuzlik, o‘nliklarga bo‘lingan.
Qo‘shinni
jangga hozirlash, ularning maoshini to‘lash va boshqa
tashkiliy ishlar bilan maxsus amaldor – tavochi shug‘ullangan.
Qo‘shinni qurol-yarog‘ bilan ta’minlashga ma’sul bo‘lgan amaldorlar –
jevachi bo‘lib, u xonning qurol-aslahalariga ham javobgar bo‘lgan.
Harbiy amaldorlar va navkarlarga xazinadan beriladigan yillik
maoshdan tashqari harbiy yurishlar paytida qo‘lgan kiritiladigan
o‘ljadan ham berib turilgan.
Shayboniylar davrida 40 dan ortiq turli soliq va jarimalar mavjud
bo‘lgan. Soliq to‘lovchi aholi fuqaro (raiyat)
deb yuritilgan va ulardan
soliqlardan tashqari jarimalar ham undirib olingan.
Yerdan olinadigan asosiy soliq xiroj bo‘lib, u ishlab chiqarilgan
mahsulotning 5/1 miqdorida pul yoki mahsulot bilan olingan.
Zakot solig‘i savdogarlar va chorvadorlardan olinib, uning hajmi
40/1 miqorida bo‘lgan.
Shahar aholisi, hunarmandlar va do‘kondorlar maxsus soliq –
tamg‘a to‘laganlar. Yirik boylar va sudxo‘rlarga tegishli savdo rastasida
do‘konlarni ma’lum haq evaziga ijaraga olib, o‘z
mahsulotlarini
sotganligi uchun taxti joy (tagjoy) deb ataluvchi soliq to‘langan.
Boshqa dinga mansub savdogarlar o‘z mahsulotlarining 5/1
qismini juzya solig‘i tarzida to‘laganlar.
Bu davrda yana ixrojot, tog‘ar, ulufa - ko‘nalg‘a, begar, madadi
lashkar, boj, tansuqot, tuhfa va boshqa soliqlar mavjud bo‘lib, ularning
ko‘pchiligi butun o‘rta asrlar davriga xos edi.
Raiyat soliqlarni
to‘lashdan tashqari turli ishlarga mudofaa inshootlarini, sug‘orish
tarmoqlarini tiklash kabilarga majburan jalb etilgan.
Dostları ilə paylaş: