89
Bu beklik va noibliklarni xon tomonidan tayinlanadigan beklar va
noiblar boshqargan. Xiva shahri esa xon va bosh vazir (inoq) tomonidan
boshqarilgan.
Inoqlar ta’siri kuchaygan davrda ulardan 5 kishi a’zo bo‘lgan.
Xon Kengashi ham bo‘lib, u maslahat organi hisoblangan.
Xonlikning o‘troq aholi qavmlar
bir masjidga birlashgan bir
guruh aholi bo‘lib, uning boshida saylanib qo‘yiluvchi oqsoqol turgan.
qavmlar eng boshling‘ich soliq va ma’muriy birlik bo‘lgan. Xonlikdagi
shaharlarni idora qilish hokimlar va ularning yordamchilari yuzboshi va
oqsoqollarga topshirilgan.
Xonlik tarkibiga kirgan qozoq va qoraqalpoq aholisini biylar,
turkmanlarda esa vakil va bek boshqargan. Bir necha avlodga birlashgan
urug‘larni biylar boshqargan u otaliqqa, ular esa beklar begiga
bo‘ysungan.
Xonlikda asosiy sudlov ishlarini
qozilik idoralari tomonidan
amalga oshirilgan. Qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi, oliy shaxs xon
bo‘lib, og‘ir jinoyatlarni o‘zi ko‘rib hal qilgan. Undan keyingi o‘rinda
Bosh sudya – qozikalon turgan. Xonlikdagi barcha viloyat,
tuman
kasaba, shaharlarda xon tomonidan tayinlangan qozilar bo‘lib, ular o‘z
yordamchilari – muftilar yordamida mulkchilik bilan bog‘liq
mojarolarni hal qilish, mayda jinoyatlarni ochish va shu kabi ishlar bilan
shug‘ullangan. Viloyatlardagi jinoyatlarni ko‘rib chiqishda mahalliy
hokimning ishtirok etish huquqi bor edi. Qishloqlardagi mayda
mojarolar qishloq oqsoqollari tomonidan hal qilinardi.
Aybdorlarga nisbatan o‘lim jazosi, tana a’zolarini (barmoq,
qo‘lini) kesish, kaltaklash, mol-mulkini musodara qilish,
jarima solish
va boshqa jazo choralari tayinlanardi.
Xonlik hayotida Muhammad Rahimxon I (1806-1825) tomonidan
o‘tkazilgan siyosiy, iqtisodiy, ma’muriy islohotlarining ahamiyati katta.
Islohotlarga ko‘ra xon saroyi qoshida doimiy faoliyat ko‘rsatuvchi
Kengash ta’sis etilgan, soliqlar tartibga solinadi. Ularning muntazam
ravishda yig‘ilishi tufayli xazina daromadlari oshib boradi.
Bojxona tashkil etilib, tashqi savdodan keladigan daromadlar
ko‘paytirilgan. Ichki muomala uchun oltin
va kumush tangalar zarb
etilgan. Orolliklar – qoraqalpoqlar Xiva tarkibiga qo‘shilgan.
Dostları ilə paylaş: