108
Sovet hokimiyatining Turkistonda olib borgan mustamlaka
boshqaruv siyosati hamda markazlashtirish harakatlari TSR boshqaruv
organlarida faoliyat ko‘rsatayotgan milliy rahbar xodimlarning kuchli
noroziliklariga sabab bo‘ldi. Milliy kommunistlar o‘lkadagi bolsheviklar
siyosatiga ochiqdan-ochiq qarshi chiqa boshladilar. Milliy rahbar
xodimlarning norozilik kayfiyatlarini yuzaga chiqishida 1919-yil martda
tuzilgan o‘lka Musulmonlar byurosi (Musbyuro) Muhim ahamiyatga ega
bo‘ldi.
Chunonchi, Qayg‘usiz Otaboyev, Yusuf Aliyev, Abdulla
Rahimboyev, Sanjar Asfandiyorov, Nazir To‘raqulov,
Inomjon
Xidiraliev kabi ko‘plab milliy rahbar xodimlar Turor Risqulov
raisligidagi Musbyuro atrofida birlashgan edilar.
1920-yil yanvar oxirlarida Musbyuroning III konferensiyasi bo‘lib
o‘tdi. Ushbu konferensiyada Turkistondagi uchta partiyaviy tashkilot –
TKP O‘lka komiteti, Musbyuro va ajnabiy kommunistlar partiyasi
yagona kommunistik partiyaga birlashtirildi. Konferensiya qarorida
“Turkiston turkiy xalqlarining kommunistik partiyasi”
deb rasmiy
nomlangan ushbu partiya keng mehnatkashlar ommasining partiyasi
bo‘lishi, RKP (b) MKga nisbatan viloyat (o‘lka) komiteti huquqlaridan
foydalanuvchi va unga bo‘ysunuvchi o‘z MK tomonidan boshqarilishi
kerak edi. Shuningdek, konferensiyada T.Risqulov tomonidan Turkiston
Sovet Respublikasi nomini o‘zgartirib, uni
Dostları ilə paylaş: