Fanidan tayyorlangan o`quv-uslubiy majmua «Vatan tarixi» kafedrasi professor-o`qituvchilaringing yig`ilishida muhokama qilingan va foydalanish uchun tavsiya etilgan


partiyasi”), 1917-yil sentyabrda “Ittifoqi muslimin” kabi siyosiy



Yüklə 2,28 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə48/68
tarix30.09.2023
ölçüsü2,28 Mb.
#150773
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   68
6384aaa945f58 O\'zbek davlatchilik tarixi Yakubova.D QO\'LLANMA


partiyasi”), 1917-yil sentyabrda “Ittifoqi muslimin” kabi siyosiy 
partiyalar tuzildi. 
1917-yil 7-aprelda Petrograddagi Muvaqqat hukumat qarori bilan 
N.N. Shchepkin raisligida Muvaqqat hukumatning Turkiston komiteti 
tuzildi. Ammo 1917-yilning aprel va sentyabr oylarida bo‘lib o‘tgan 
Butunturkiston musulmonlarining I va II qurultoylari Turkiston 
Muxtoriyati tashkil etish g‘oyasini ilgari surib, hokimiyatni ishchi, 
soldat va dehqon deputatlari Sovetlariga berishga qarshi chiqdi. 1917-yil 
20-sentyabrida Toshkentda bo‘lib o‘tgan Turkiston va Qozog‘iston 
musulmonlarining qurultoyidagi asosiy masala Turkiston o‘lkasining 
siyosiy tuzumini belgilash edi. O‘sha davrdagi manba tili bilan aytganda 
“Qurultoy. Turkiston Muxtoriyatini tayin etishga jazm qildi”. Qurultoy 
muxtoriyatga “Turkiston Federativ Respublikasi” degan nomni qo‘yib, 
parlament respublikasi asosida tuzilajak bo‘lg‘usi davlat tuzumining 
bosh tamoyil va me’yorlarini belgilab berdi. Afsuski, bu rejalar amalga 
oshmadi.


97 
1917-yil 25-oktyabrda (yangi sana bilan 7-noyabrda) V.I.Lenin 
boshchiligidagi bolsheviklar (kommunistlar) Petrogradda Muvaqqat 
hukumatni ag‘darib tashlab, hokimiyatni zo‘ravonlik bilan egalladilar. 
Toshkent shahrida 28-oktyabrda boshlangan qurolli to‘qnashuvlar 1-
noyabrda Muvaqqat hukumatning Turkiston qo‘mitasini qamoqqa olish 
bilan yakunlandi. Turkiston bolsheviklari o‘lkadagi butun hokimiyatni 
qo‘lga olish uchun shafqatsiz kurashga kirishdilar. Demokratik kuchlar 
esa bu holga qat’iy norozilik bildirdilar.
1917-yil 13-17-noyabr kunlari Toshkentda bo‘lib o‘tgan shahar 
o‘z-o‘zini boshqarish tashkilotlarining Turkiston o‘lka syezdi 
qatnashchilari hokimiyatni to‘laligicha bolsheviklar qo‘liga o‘tishiga 
keskin qarshilik ko‘rsatishdi. Syezd hokimiyat masalasiga oid quyidagi 
rezolyutsiyani qabul qildi: “Turkistonda hokimiyatni ishchi, dehqon va 
soldat deputatlari qo‘liga o‘tishi bilan hokimiyat masalasidagi munozara 
shunday xulosaga keldi: 1. Rossiya inqilobi ko‘targan xalqning ozodligi, 
tengligi, do‘stligi shiorlari ostida Turkiston aholisining 98 foizini tashkil 
etuvchi 10 mln. sonli musulmon aholisi milliy-madaniy o‘z-o‘zini 
boshqarishning barcha huquqlariga ega;
2. Musulmonlarining o‘z taqdirini o‘zi belgilash va umuminsoniy 
taraqqiyotiga bo‘lgan qiziqishi Qur’on va Shariat qonunlaridan o‘zgacha 
bo‘lishi mumkin emas. Musulmonlar inqilob natijasida qo‘lga kiritgan 
huquqlarni amalga oshirar ekan Rossiyadagi siyosiy partiyalarning 
birontasi tarkibida faoliyat ko‘rsatishi va ularning partiyaviy 
kurashlarida qatnashishi mumkin emas. Lekin, Rossiya fuqarolari bilan 
umumiy jamiyat manfaatlarini hisobga olib mamalakatni Ta’sis 
majlisiga olib boruvchi hokimiyatni qo‘llab-quvvatlashi maqsadga 
muvofiqdir;
3. Butun Rossiya doirasida hokimiyat qanday tuzilishidan qat’iy 
nazar musulmonlar o‘z taqdirini o‘zi belgilash huquqlarini mahalliy 
sharoitni yaxshi bilgan, musulmonlarning urf-odatlari va yashash 
sharoitlari bilan yaxshi tanish bo‘lgan, xalqning xohish irodasiga ko‘ra 
yangicha hayot tartiblarini joriy qila oladigan kishilardan iborat mahalliy 
hokimiyat orqali amalga oshirishlari mumkin. Shuning uchun mahalliy 
hokimiyat birinchi navbatda musulmon vakillaridan, ma’lum miqdorda 
boshqa siyosiy tashkilotlarda faoliyat ko‘rsatuvchi, lekin musulmonlarga 
xayrixoh bo‘lgan vakillardan tashkil topishi kerak; 
4.Hokimiyatni mahalliy aholi manfaatlari uchun tasodifiy va 
begona bo‘lgan harbiylar, ishchilar va dehqon(krestyan)larning mayda 
guruhlari qo‘lidagina to‘planib qolishi demokratik prinsiplarga mos 


98 
emas va mahalliy aholini o‘z taqdirini o‘zi belgilash yo‘lidagi erkin 
harakatlariga kafolat bera olmaydi. 1917-yil 15-22-oktyabr kunlari 
Toshkent shahrida bo‘lib o‘tgan o‘lka ishchi, soldat va dehqon 
deputatlari Sovetlarining III syezdida 15 kishidan iborat hukumat 
Turkiston o‘lkasi Xalq Komissarlari Soveti tuzildi. Unda 8 ta o‘rin so‘l 
esyerlarga, 7 ta o‘rin bolsheviklar bilan maksimalistlarga berilib, 
hukumat tarkibiga tub aholi vakillaridan bitta ham vakil kiritilmadi. 
XKS raisi lavozimini F.Kolesov egalladi. Turkistonda hokimiyat 
bolsheviklar qo‘liga o‘tishi bilan o‘lkada Muvaqqat hukumatning barcha 
bo‘g‘inlari tugatilib, o‘rniga avvalo jazo organlari va sovet boshqaruv 
tizimi o‘rnatildi.
Turkiston XKS 1917-yil 28-noyabrda o‘lkada qizil gvardiya 
bo‘linmalarini tuzish haqida qaror qabul qiladi. Bu bo‘linmalar Sovet 
tuzumi va bolsheviklarga qarshi ko‘tarilgan dastlabki ongli chiqishlarni 
bostirishda faol ishtirok etdi.Turkiston XKS 1917-yil oxirlarida o‘z 
qarori bilan “Sho‘roi Islomiya” va boshqa mahalliy demokratik 
tashkilotlarni tarqatib yubordi. Bu tashkilotlarning rahbarlari keyinchalik 
Turkiston Muxtoriyati hukumatiga qo‘shildilar, ayrimlari istiqlolchilik 
harakatiga g‘oyaviy rahnamolik qildilar. “Sho‘roi Ulamo” tashkilotining 
Toshkent sho‘basi faqat 1918-yil 13-mayda yopib qo‘yildi.Turkiston 
o‘lkasi XKS o‘zining tuzilishi va boshqaruv apparatlari jihatidan tubdan 
farqlanuvchi hukumat edi. Turkiston XKS tarkibiga kirgan 15 ta 
komissarlik o‘lkadagi boshqaruv ishlarini butunlay qamrab olgan bo‘lib, 
boshqaruv tizimining farqli tomoni shunda ediki, Turkiston XKS tashkil 
topgan paytdayoq Rossiyadagi Markaziy hukumatni tan oldi. 
Chunonchi, Turkiston XKS raisi F.Kolesov Petrograddagi XKS nomiga 
yuborgan telegrammada quyidagicha ta’kidlagan edi: “Komissarlar 
Soveti o‘z oldiga sizning hamma dekretlaringizni amalga oshirish 
vazifasini qo‘ydi... Bizning to‘la-to‘kis qo‘llab quvvatlashimizni hisobga 
olishingizni so‘raymiz”. 
Tadqiqotchilarning (Q. Rajabov, M. Haydarov) fikricha, Turkiston 
o‘lkasi yangi hukumati o‘sha kunning o‘zida (1917-y. 23-noyabr. 
Sh.G‘.) aholiga qilgan murojaatida ham o‘zining asl maqsadlarini 
yashirib o‘tirmadi. Murojaatda ham telegrammada bo‘lgani kabi 
quyidagilarga alohida urg‘u berilgan edi: “Xalq Komissarlari Soveti 
markaziy hokimiyatning barcha dekretlarini og‘ishmay amalga oshiradi 
va o‘z faoliyatida syezdning ...qarorlariga amal qiladi. Bu topshiriqlarni 
bajarish yo‘lidagi har qanday qarshilik sovetlar tomonidan keskin 
choralar ko‘rish bilan kutib olinadi”. Tadqiqotchilar to‘g‘ri 


99 
ta’kidlaganlaridek, Turkiston XKS o‘z faoliyatining birinchi kunlaridan 
boshlab sovet siyosatini amalga oshirishga, Turkiston o‘lkasida sovet 
hokimiyatini mustahkamlashga qattiq va astoydil kirishdi. Barcha 
mahalliy sovetlarga zudlik bilan qizil gvardiya tuzishga kirishish taklif 
qilindi. O‘lka komissarligi tarkibida bo‘lgan va boshqaruvda asosiy rol 
o‘ynaydigan harbiy, tashqi savdo, shuningdek, pochta, telegraf va temir 
yo‘llar boshqaruvi masalalari butunlay Rossiyadagi tegishli idoralarga 
berib qo‘yilishi oqibatida Turkiston XKS ijrochi organga aylanib qoldi. 
Markazdan yuborilgan barcha mas’ul xodimlar, turli komissiya va 
tashkilotlar o‘z siyosatlarini qo‘g‘irchoq organga aylangan o‘lka XKS 
orqali yuritdilar.
1917-yil oktyabr-noyabr oylarida Toshkent va Qo‘qonda yuz 
bergan 
voqealar 
Turkistonda 
ijtimoiy-siyosiy 
harakatlarning 
kuchayishiga sabab bo‘ldi. Qo‘qon shahrida 1917-yil 26-28-noyabr 
kunlari Turkiston o‘lka musulmonlarining favqulodda IV qurultoyi 
bo‘lib o‘tdi. Demokratik musulmon ziyolilar talabi bilan Turkiston 
aholisining yevropalik qismi vakillari ham qurultoyda teng huquqli 
bo‘lib ishtirok etdilar. Qurultoyning 27-noyabr kuni qabul qilingan 
qarorida shunday deyiladi: “Turkistonda yashab turgan turli millatga 
mansub aholi Rossiya inqilobi da’vat etgan xalqlarning o‘z huquqlarini 
o‘zlari belgilash xususidagi irodasini namoyon etib, Turkistonni 
Federativ Rossiya Respublikasi tarkibida hududiy jihatdan muxtor deb 
e’lon qiladi”. 28-noyabrda tashkil topayotgan davlatning nomi aniqlanib 
“Turkiston Muxtoriyati” deb ataladigan bo‘ldi. Butunrossiya Ta’sis 
syezdi chaqirilgunga qadar hokimiyat to‘la ravishda Turkiston 
Muvaqqat Kengashi va Turkiston Xalq (Milliy) Majlisi qo‘lida bo‘lishi 
haqida qaror qabul qilindi. Muvaqqat kengash a’zolaridan 12 kishilik 
hukumat tuziladigan bo‘ldi. Qurultoy jarayonida Turkiston Milliy 
Majlisi 32 kishidan iborat qilib saylandi. Turkiston Muxtoriyatining 
Muvaqqat hukumati tarkibiga muxtoriyatchilik harakatining faol 
ishtirokchilari, jumladan, quyidagilar hukumat a’zolari bo‘ldilar: 
1. Muhammadjon Tinishboyev – Bosh vazir, ichki ishlar vaziri, 2-
chaqiriq Davlat Dumasining a’zosi, Muvaqqat hukumat Turkiston 
komitetining a’zosi, temir yo‘l muhandisi. 
2. Islom Sulton Shoahmedov (Shagiaxmedov) –Bosh vazir 
o‘rinbosari, 
Butunrossiya 
Musulmonlari 
Kengashi 
Markaziy 
qo‘mitasining a’zosi, huquqshunos. 
3. Mustafo Cho‘qay tashqi ishlar vaziri, Muvaqqat hukumat 
Turkiston 
komitetining 
a’zosi, Turkiston o‘lka Musulmonlar 


100 
Sho‘rosining raisi, huquqshunos. 
4. Ubaydulla Xo‘jayev (Ubaydullaxo‘ja Asadullaxo‘jayev) –harbiy 
vazir, Butunrossiya Musulmonlar kengashi Markaziy qo‘mitasining 
a’zosi, huquqshunos. 
5. Hidoyatbek Yurg‘uli (Yurali) Agayev –yer va suv boyliklari 
vaziri, agronom. 
6. Obidjon Mahmudov –oziq-ovqat vaziri, Qo‘qon shahri 
dumasining rais o‘rinbosari, jamoat arbobi 
7. Abdurahmon O‘rozayev –ichki ishlar vazirining o‘rinbosari, 
huquqshunos. 
8. Solomon Abramovich Gersfeld –moliya vaziri, huquqshunos. 
Muvaqqat hukumat tarkibiga kirishi lozim bo‘lgan qolgan 4 o‘rin 
yevropalik aholi vakillari orasidan nomzodlar ko‘rsatilishi uchun ularga 
ajratildi. Qurultoy tugagach, 1 dekabrda Turkiston Muxtoriyatining 
Muvaqqat hukumati a’zolari (barcha 8 kishi) imzolagan maxsus 
Murojaatnoma e’lon qilindi. Ushbu Murojaatnomada Turkistondagi 
barcha aholi: irqi, millati, dini, jinsi, yoshi va siyosiy qarashlaridan 
qat’iy nazar, ular yakdillik va hamjihatlikka da’vat etilgan edi. 
Shuningdek, 
Turkiston 
Muxtoriyati 
hukumatining 
Milliy 
davlatchilikning qaror topishini jo‘shqin muborakbod etib, matbuotda 
taniqli ma’rifatparvarlar, diniy, jamoat va siyosat arboblari birin-ketin 
chiqishlar qilib, Muxtoriyatni tabrikladilar. O‘sha paytda chop etiladigan 
“Ulug‘ Turkiston” gazetasi sahifalari Qo‘qon, Samarqand, Toshkent, 
Kaspiyorti viloyatidan Turkiston Muxtoriyatini qo‘llab-quvvatlovchi 
xabarlar bilan to‘lib toshgan edi. 
Yangi hukumat faoliyati faqat Qo‘qonda yoki Farg‘ona vodiysida 
emas, balki butun Turkiston mintaqasida yashayotgan tub yer aholisi 
tomonidan qizg‘in qo‘llab-quvvatlanganligi bois, Turkiston Muxtoriyati 
hukumati qisqa muddat ichida xalq orasida katta e’tibor qozondi. 
Shuning uchun ham ma’rifatparvar Fitrat Muxtoriyat e’lon qilingan 
tunni “Milliy laylatulqadrimiz” deb atadi. Xalq ommasining qizg‘in 
qo‘llab-quvvatlashidan ilhomlangan Muxtor hukumat vakillari jadal 
faoliyat boshladilar. Dastlabki kunlardan boshlab Millat majlisi 
tomonidan tasdiqlangan qonunlar e’lon qilinib, yangi hukumat davlat 
Konstitutsiyasini tayyorlash uchun taniqli huquqshunoslarni jalb etdi. 
Bir nechta hukumat gazetalari o‘zbek, qozoq va rus tillarida nashr etila 
boshlandi.
Shuningdek, hukumat milliy qo‘shinni tashkil qilishga alohida 
e’tibor qaratdi. Harbiy vazir Ubaydulla Xo‘jayev ishtirokida o‘tkazilgan 


101 
ko‘rik-parad vaqtida askarlar soni 2000 nafarga etgan. Bundan tashqari 
Qo‘qonda Ergash qo‘rboshi rahbarlik qilgan ikki mingga yaqin 
mirshablar ham bor edi. Yangi hukumat iqtisodiy sohada 30 million 
so‘m miqdorida ichki zayom chiqarishni yo‘lga qo‘ydi. Chunki 
gazetalarni nashr qilish, muxtoriyat qo‘shinlarining ta’minoti hamda 
hukumatning ichki harajatlari uchun mablag‘ zarur edi. Shuningdek, 
yangi hukumat a’zolari ochlik girdobida qolgan Turkiston aholisiga 
Orenburg orqali g‘alla keltirish muammosini hal qilish uchun ham 
amaliy qadamlar tashladi. Ammo umumxalq tomonidan qo‘llab-
quvvatlangan 
Turkiston 
Muxtoriyati 
bolsheviklar 
tomonidan 
ma’qullanmadi. 1917-yil 13-dekabrda Toshkentning eski shahar aholisi 
“ Muxtor Turkiston uchun” shiori ostida tinch namoyish o‘tkazdilar. 
Toshkent shahar sovetidagi bolsheviklar esa, shaharda qurolli kuch bilan 
tartib o‘rnatishga buyruq berdilar. Natijada tinch namoyish 
qatnashchilari o‘qqa tutilib, 16 kishi halok bo‘ldi. 
Shunga qaramasdan, Muxtoriyat hukumatini qo‘llab-quvvatlash 
davom etaverdi. Xususan, 1917-yil 26-30-dekabr kunlari Qo‘qon 
shahrida bo‘lib o‘tgan musulmon ishchi, askar va dehqon deputatlari I 
favqulodda qurultoyining ham asosiy masalasi Turkiston muxtoriyatiga 
munosabat masalasi edi. Butun Turkiston o‘lkasidan 200 yaqin vakillar 
qatnashgan ushbu qurultoy 30-dekabrda Turkiston muxtoriyati 
hukumatini qo‘llab-quvvatlash, shuningdek, Turkiston o‘lkasi Xalq 
komissarlari Sovetiga ishonchsizlik bildirish haqida qabul qilgan 
deklaratsiyasida quyidagi fikrlar bor edi:
“Turkiston o‘lkasi Xalq Komissarlari Soveti barcha aholi, ayniqsa, 
musulmonlar xohish-istaklarining ifodachisi emasligi;
Turkiston o‘lkasi xalqlari irodasi ikki qurultoyda muxtoriyat e’lon 
qilinganida ifodalanganligi;
Turkistonda yagona hukumat organi butun musulmonlarning 
qurultoyida tashkil topgan va musulmon ishchi, askar va dehqonlarning 
qurultoyida to‘ldirilgan Turkiston Muxtoriyati hukumati ekanligini 
e’tiborga olib, Musulmon ishchi, dehqon va askarlar qurultoyi Turkiston 
Xalq Komissarlari Sovetiga hokimiyatni darhol Turkiston Muxtoriyati 
hukumati va Millat Majlisiga topshirilsin deb istak bildiradi”. 
Ta’kidlash lozimki, yangi davlatchilik barcha milliy guruhlarning 
mutanosibligi prinsiplari, umumdemokratik va milliy qadriyatlarning 
o‘zaro uyg‘unligi asosida barpo etilgan edi. Yuqorida qayd etilganidek, 
Turkiston Muxtoriyatining Muvaqqat hukumati aholini oziq-ovqat va 
kundalik ehtiyoj mahsulotlari bilan ta’minlash, o‘z moliyaviy 


102 
jamg‘armasini yaratish, turli-tuman siyosiy partiyalar va harakatlar bilan 
o‘zaro hamkorlikni yo‘lga qo‘yish vazifalarini hal qilish yuzasidan 
qizg‘in harakatlarni amalga oshira boshlagan edi. Sovet hokimiyatidan 
farqli o‘laroq, Turkiston Muxtoriyati hukumati qonuniy asosda tashkil 
etilgan edi. Turkiston Muxtoriyati hukumati keng musulmonlar ommasi 
va demokratik kayfiyatdagi evropalik aholining vakolatini olgan edi. 
Shuning uchun ham aytish mumkinki, Turkiston Muxtoriyati o‘z 
taqdirini o‘zi belgilagan xalq respublikasi edi. 
Ammo o‘lka bolsheviklari Turkiston Muxtoriyati hukumatiga katta 
xavf deb qaradilar. 1918-yil 19-26-yanvar kunlari Toshkentda bo‘lib 
o‘tgan Turkiston o‘lkasi ishchi, soldat va dehqon deputatlarining 
favqulodda IV syezdida Muxtoriyatga butunlay salbiy munosabat 
bildirildi. Ushbu syezd Turkiston Muxtoriyati hukumati va uning 
a’zolarini qamoqqa olish haqida qaror chiqardi. Syezd bolsheviklar 
fraksiyasining Turkiston Muxtoriyati to‘g‘risidagi rezolyusiyasini qabul 
qildi. Ushbu rezolyusiyada Turkiston qonuniy hukumati munofiqlarcha 
“qoraguruhchilar to‘dasi” deb ataldi. Bu ham etmagandek, bu syezd 
bolsheviklarning tazyiqi ostida qonuniy kuchga ega bo‘lgan, tub erli 
aholi manfaatlarining himoyachisi bo‘lib maydonga chiqqan o‘lkadagi 
ilk demokratik va xalqchil hukumat Turkiston Muxtoriyati ustidan 
shafqatsiz hukm chiqardi. 1918-yil 30-yanvarda Turkiston XKS 
Muxtoriyat hukumatini tugatish uchun harbiy harakatlar boshladi. 
Turkiston bolsheviklari buning uchun qizil askarlardan tashqari 
armanlarning “Dashnoqsutyun” partiyasi a’zolaridan tuzilgan beshafqat 
qurolli drujinalaridan ham keng foydalandilar. 31-yanvar kunning 
ikkinchi yarmida boshlangan janglar bir necha kun davom etdi. Qon 
to‘qilishini oldini olish maqsadida muzokaralar olib borish harakatlari 
natija bermadi. 1918-yil 19-fevralda Qo‘qon shahrida faoliyat 
ko‘rsatayotgan Turkiston Muxtoriyati hukumati bolsheviklaring qonli 
hujumlari natijasida ag‘darib tashlandi. Hukumat boshlig‘i Mustafo 
Cho‘qay shaharni tark etib, yashirinishga majbur bo‘ldi. Vazirlarning 
ayrimlari halok bo‘ldi, ayrimlari qo‘lga olindi. Dahshatli janglar va 
talon-tarojlar 
natijasida 
10000 
qo‘qonlik o‘ldirildi. Turkiston 
Muxtoriyati hukumatining ag‘darilishi turkistonliklar tomonidan 
Rossiyaning Turkistonga nisbatan tajovuzkorona rejalari mavjudligining 
yangi dalili sifatida qabul qilindi va ular qo‘llariga qurol olib o‘z 
Vatanlarini bosqinchilardan himoya qilishga otlandilar. Bu bilan 
Turkistonda sovetlarga qarshi istiqlolchilik harakatiga asos solindi. 

Yüklə 2,28 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   68




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin