125
tayyorlangan madhiya nusxasi tasdiqlandi. Mustaqillik Konstitutsiyasi
loyihasida O‘zbekistonda yuz bergan tarixiy o‘zgarishlar hisobga olindi.
Xususan, O‘zbekiston mustaqilligini qonunlashtirish, iqtisodiyotda bozor
munosabatlariga o‘tishning shartlari, davlat va jamiyat qurilishida
demokratik tizimning tamoyillari, inson huquqining ustuvorligi ifodasini
topdi. Konstitutsiyada bayon etiladigan masalalarni birma-bir o‘rganib
chiqish uchun 35 kishidan iborat ishchi guruh va har bir bo‘limini
alohida tayyorlaydigan kichik guruhlardan iborat komissiyalar tashkil
etildi.
Ishchi
guruh
va komissiyalar
1991-yilning oktyabrida
Konstitutsiyaning birinchi, 1992-yil bahorida ikkinchi nusxasini
tayyorladi va shu nusxasi 1992-yilning 26-sentyabrida umumxalq
muhokamasi uchun matbuotda e’lon qilindi. Joylardan tushgan minglab
takliflar o‘rganib chiqilib, noyabr oyida ikkinchi marta matbuotda bosib
chiqildi. Tuzatishlar va aniqlashlardan keyin mustaqil O‘zbekiston
Respublikasining Asosiy Qonuni 1992-yil 8-dekabrda O‘zbekiston
Respublikasi Oliy Kengashining XII chaqiriq XI sessiyasida qabul
qilindi. Mustaqillik Konstitutsiyasi muqaddima, olti bo‘lim, 26 bob, 128
moddadan iborat bo‘ldi. Birinchi bo‘limda Konstitutsiyaning asosiy
prinsiplari bayon etilib, unda Davlat suvereniteti, xalq hokimiyatchiligi,
Konstitutsiya va qonunning ustunligi, tashqi siyosatning bosh
yo‘nalishlari o‘z ifodasini topdi. Asosiy Qonunning ikkinchi bo‘limi 35
moddadan iborat bo‘lib, inson va fuqarolarning asosiy huquqlari,
erkinliklari
va
burchlariga
bag‘ishlangan. Bunda O‘zbekiston
Respublikasining barcha fuqarolari bir xil huquq va erkinliklarga ega
ekanligi,
O‘zbekistonning
butun
hududida
yagona
fuqarolik
o‘rnatilganligi, fuqarolarning shaxsiy huquqlari va erkinliklari, vijdon
erkinligi va uning kafolatlanishi yoritilgan. Insonning davlat va jamiyat
ishlarini boshqarishga bevosita hamda o‘z vakillari orqali qatnashishlari,
siyosiy partiyalar va harakatlarga qo‘shilish huquqlari ta’kidlab
ko‘rsatilgan. Asosiy Qonunda fuqarolarning mulkdor bo‘lish, mehnat
qilish, nafaqa olish, o‘z vaqtida dam olish, malakali tibbiy xizmatdan
foydalanish, bilim olish huquqlariga ega ekanligi aniq qilib bayon etilgan
va bu huquqlari va erkinliklari davlat tomonidan ta’minlanadi, deb
ta’kidlab qo‘yilgan. Barcha fuqarolar uchun Konstitutsiyada belgilab
qo‘yilgan burchlar, chunonchi, qonunlarga rioya qilish, xalqimizning
tarixiy, ma’naviy meroslarini avaylab saqlash, atrof tabiiy muhitni asrash,
soliqlar va mahalliy yig‘imlarni o‘z vaqtida to‘lash, Vatanni himoya
qilish kabi burchlar majburiy ekanligi ta’kidlangan.
Dostları ilə paylaş: