Qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish instituti



Yüklə 8,06 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə82/139
tarix30.09.2023
ölçüsü8,06 Mb.
#150807
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   139
Kompyuter grafikasi va dizayn Xolmirzayev Olmasbek Rasuljonovich

3-bosqich. 
Yakuniy 
bosqich 
( _____ daq.) 
Yakunlash: 
88.
O’quvchilarni amaliy mashg’ulot bo’yicha 
baxolarini e’lon qiladilar. (2-ilova) 
89.
Kelgusi kasbiy faoliyatida amaliyotda bajargan 
ishlarining ahamiyati va muhumligiga o’quvchilar 
e’tiborini qaratadilar. 
90.
Kelgusi mashg’ulot mavzusi bilan tanishtirib uyga 
vazifa beradilar (3 -ilova)
Tinglaydilar. 
Topshiriqni yozib 
oladilar 
 
Maxsus fan o‘qituvchisi
______________
X
olmirzayev O‘lmasbek 


1-ilova 
 
Yo`l yo`riqli texnologik xarita 
 
 
Kasb kodi va nomi: 30610102 - Kompyuter grafikasi va dizayn operatori 
O`quv amaliyot nomi: “Kompyuter grafikasi va dizayn”
Mavzu №: __30__: 
Corel Draw dasturida matnlar bilan ishlash
Maqsadi 
Amaliyot raxbari:
Xolmirzayev O‘lmasbek 
 

 
Bajariladigan 
ishlar mazmuni
Moslamalar, 
asboblar
Eskizlar, 
chizmalar, 
rasmlar
Bajarish tartibi

Corel Drawda 
matnlar bilan ishlash 
ishlari bo‘yicha 
ko‘rsatma berish 
Kompyuter, 
videoproektor,
slayd 
Corel Drawda 
matnlar bilan 
ishlash 
2
.
 
Matn ob’ektlarining 
turlari va matn 
uskunalari bilan 
ishlash bo’yicha 
ko’rsatmalar berish 
Kompyuter, 
videoproektor,
slayd 
Matn ob’ektlarining 
turlari va matn 
uskunalari 
 
Matnlarni yaratish, 
tahrirlash va 
formatlash ishlari 
bo‘yicha ko‘rsatma 
berish 
Kompyuter, 
videoproektor,
slayd 
Matnlarni yaratish, 
tahrirlash va 
formatlash 


2-ilova 
 
Baholash mezoni 
O‘quvchilarni baholash mezoni bilan tanishtirilib, baholash ko‘rsatkichlari bilan 
tanishtirib o‘tiladi: 
O‘quvchilar faoliyatini baholash mexanizmi 
90-100 % 
5 baho 
A’lo 
75-89 % 
4 baho 
Yaxshi 
60-74 % 
3 baho 
Qoniqarli 
60 % dan past 
2 baho 
Qoniqarsiz 
 
3-ilova 
 
Kelgusi mashg’ulot mavzusi bilan tanishtirib uyga vazifa berish 
Mavzuni 
mustahkamlash uchun 
topshiriqlar 
Corel Drawda matnlar bilan ishlash
 
Matn ob’ektlarining turlari va matn uskunalari
 
Matnlarni yaratish, tahrirlash va formatlash
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 


 
 
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA 
MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI 
NAMANGAN VILOYATI KASBIY TA’LIMNI
RIVOJLANTIRISH VA MUVOFIQLASHTIRISH 
HUDUDIY BOSHQARMASI 
TO‘RAQO‘RG‘ON TUMAN 2-SON 
KASB-HUNAR MAKTABI 
 
 
 
 
TUSHUNTIRISH XATI 
 
 
 
MA’RUZALAR
TO‘PLAMI
 
KOMPYUTER 
GRAFIKASI O‘.A.
dan 


 
Ushbu ma’ruzalar matni Kompyuter grafikasi o‘quv amaliyotining 2022 
yil “30” avgustdagi Oliy va o'rta maxsus ta’limi vazirligining 295-sonli 
buyrug'i bilan tasdiqlangan va ro‘yxatga olingan na’munaviy o‘quv dasturi 
asosida ishlab chiqilgan va 2022 yil “____” ____________dagi Pedogogik 
kengashida muhokama qilingan ishchi dasturida keltirilgan mavzular ketma-
ketligida ishlab chiqildi va 2022 yil “___” ___________da Maxsus fanlar 
kafedra yig‘ilishida muhokama etilib, 2022 yil “_____” ______dagi Pedogogik 
kengashida foydalanishga tavsiya etildi. 
Kompyuter grafikasi o‘quv amaliyoti ta’lim muassasasida taqsil 
olayotgan Kompyuter grafikasi va dizayn operatori yo‘nalishi o‘quvchilari 
uchun mo‘ljallangan bo‘lib, mazkur o‘quv amaliyot uchun jami 180 soat 
ajratilgan.
Mazkur ma’ruza matni Kompyuter grafikasi va dizayn operatori 
yo‘nalishi o‘quvchilari va Kompyuter grafikasi bo‘yicha mustaqil ta’lim 
oluvchilar uchun mo‘ljallangan. 
 
 
 
 
 
Tuzuvchi:
 
 
To‘raqo‘rg‘on tuman 2-son kasb-hunar 
 
 
 
 
 
maktabi maxsus fan o’qituvchisi 
 
 
 
 
 
O‘lmasbek Xolmirzayev 
 


№-_1_-Mavzu:
Kompyuter grafikasi va dizayn ishlarini bajarish uchun 
foydalanuvchi interfeysini sozlash 
Reja: 
1.
Кompyuter grafikasi va animasiyasi tushunchasi. 
2.
Кompyuter grafikasi turlari. 
3.
Кompyuter grafikasi bilan ishlovchi dastur sinflari. 
4.
Namoyish qiluvchi kompyuter grafikasi. 
Кompyuter grafikasi va animasiyasi tushunchasi. 
Kompyuter grafikasi — grafik displey (monitor) ekranida tasviriy 
informatsiyani vizuallash („koʻrinadigan“ qilish). Tasvirni 
qogʻozda, fotoplyonkada, kinolenta va boshqalarda aks ettirish usulidan farqli 
ravishda Kompyuter grafikasida kompyuterda hosil qilingan tasvirni darhol 
oʻchirib tashlash, unga tuzatish kiritish, istalgan yoʻnalishda toraytirish yoki 
choʻzish, yaqinlashtirish va uzoqlashtirish, rakurenn oʻzlashtirish, burish, 
harakatlantirish, rangini oʻzgartirish va boshqa amallarni bajarish mumkin. 
Kitoblarni bezash, rasm va chizmalarni tayyorlashda buyumlarni loyihalash va 
modellarini yasashda, telereklamalar yaratishda, televizion eshittirishlar 
„qistirmalari“ (zastavkalari) ni, multfilmlarni yaratishda, kinofilmlarda qiziqarli 
kadrlar hosil qilish va boshqa koʻp sohalarda qoʻllaniladi.[1] 
Kompyuter grafikasi tushunchasi hozirda keng qamrovli sohalarni o’zida 
mujassamlashtirib, bunda oddiy grafik chizishdan to real borliqdagi turli tasvirlarni 
hosil qilish, ularga zeb berish, programma vositasi yordamida hatto tasvirga oid 
yangi loyihalarni yaratish ko’zda tutiladi. U multimedia muhitida ishlash 
imkoniyatini beradi. 
Kompyuter grafikasi – bu avvalo keng tarqalib borayotgan programma 
ta’minotidir, ya’ni kompyuter grafikasi mavjud va yangi yaratilayotgan 
programmalarga tayanadi. U hatto programmalarning o’ziga zeb berishda ham 
juda keng qo’llaniladi. Uning rivojlanishi jarayonlarning real uch o’lchovli fazoda 
qanday kechishini aniq tasvirlash (hatto harakatdagi) imkoniyatini yaratdi. Shuning 
uchun hozirda shunday amaliy programmalar paketlari mavjudki, ular yordamida 
ko’rilayotgan masalaning asosiy parametrinigina bergan holda uning yechimi 
natijasi grafik shaklida olinishi mumkin. 
Kompyuter grafikasi nafaqat ilmiy xodimlar, balki rassomlar, turli soha 
loyihachilari, reklama bilan shug’ullanadigan mutaxassislar, Internet sahifalarini 
yaratish, o’qitish jarayoni uchun va boshqa sohalarda muhim rol o’ynamoqda. 
Uning ayniqsa poligrafiya sohasida qo’llanilishi keyingi paytlarda rang–barang, 
suratli adabiyotlar, o’quv–qo’llanmalari, badiiy asarlarning paydo bo’lishida 
yuksak bezash texnikasidan foydalanishni taqazo qilmoqda. Diqqatni o’ziga jalb 
qiluvchi videoroliklar, Internet sahifalarini yaratishni kompyuter grafikasisiz 
tasavvur qilish qiyin bo’lib qoldi. 
Kompyuter grafikasi bilan ishlovchi dasturlar sirasiga bir qancha dasturlarni 
sanab o’tish mumkin. Jumladan, Microsoft Paint, Adobe Photoshop, Adobe 


Illustrator, Corel Draw, Macromedia va Adobe Freehand, Adobe InDesign, 
Adobe 
ImageReady
, Macromedia va Adobe Flash, Discreet va Autodesk 3ds Max, 
Cinema 4d, Alias va Autodesk Maya, LightWave, Adobe Brush va hokazolardir. 
Ushbu dasturlarda kompyuter grafikasiga oid ishlarni amalga oshirish mumkin. 
Ba’zilarida oddiy rasm chizish mumkin bo’lsa, ba’zilarida uylar proyektlari, 
ba’zilarida esa uch o’lchamli modellashtirish va hattoki to’rt o’lchamli 
modellashtirish mumkin bo’ladi. 
Kompyuter grafikasi bilan ishlayotganda ekranning o’lchamini bilish ham muhim 
hisoblanadi. Ekran aslida nuqtalardan tashkil topgan bo’ladi. Uni piksellar deb 
ataladi. Ekrandagi nuqtalar soni qanchalik ko’p bo’lsa ekran shunchalik sifatli 
hisoblanadi. Ekranning o’lchamlari ham yuqoridagilarni hisobga olgan holda 
belgilanadi. Misol uchun 800x600 o’lcham gorizontaliga 800 nuqta va vertikaliga 
600 nuqtadan tashkil topishini anglatadi. 
Ekran haqida gapirganda yana shunga e’tibor berish lozimki, ekranning ham turlari 
bor. Monitor- 
Displey chiqarish qurilmasi bo’lib, ular 2 xil ish tartibida ishlaydilar. 
1. Matnli ish tartibi 80 *25 simvol sigimiga ega. 
2. Grafik ish tartibi. 1024 * 640 pixel sigimga ega. 
Monitorlarni quyidagi guruxlarga ajratish mumkin 
1. MGA Monochrom graphic adapter- oq qora rangli monitorlar. 
2. CGA Color graphic adapter-rangli manitorlar. 
3. MCGA Multi Color graphic adapterli manitorlar. 
4. EGA EXTENDED graphic adapter kengaytirilgan. Grafik adapterli 
monitorlar. 
5. VGA Video graphic adapter 
6. SVGA Super Video graphic adapter. 
Hozirda qo’llanilayotgan monitorlar SVGA turkumiga oid hisoblanadi. 
Кompyuter animasiyasi – ekranda tasvirlarni “jonlantirish”, kompyuterda 
dinamik tasvirlar sintezidir. 
Кompyuter grafikasi – informatikaning mahsus qismi bo’lib, dasturiy-apparat 
hisoblash komplekslari yordamida tasvirlarni yaratish va qayta ishlash usullari va 
vositalarini o’rganadi. 
Virtual fazoda xajmli ob’ektlarni yaratish usullarini o’rganuvchi soha uch 
o’lchovli (3D) grafika deb nomlanadi. Odatda unda tasvir yaratishning vektorli va 
rastrli usullaridan foydalaniladi. 

Yüklə 8,06 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   139




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin