2-ilova
Baholash mezoni
O‘quvchilarni baholash mezoni bilan tanishtirilib, baholash ko‘rsatkichlari bilan
tanishtirib o‘tiladi:
O‘quvchilar faoliyatini baholash mexanizmi
90-100 %
5 baho
A’lo
75-89 %
4 baho
Yaxshi
60-74 %
3 baho
Qoniqarli
60 % dan past
2 baho
Qoniqarsiz
3-ilova
Kelgusi mashg’ulot mavzusi bilan tanishtirib uyga vazifa berish
Mavzuni
mustahkamlash uchun
topshiriqlar
Corel Drawda matnlar bilan ishlash
Matn ob’ektlarining turlari va
matn uskunalari
Matnlarni yaratish, tahrirlash va formatlash
№-_1_-Mavzu:
Kompyuter grafikasi va dizayn ishlarini bajarish uchun
foydalanuvchi interfeysini sozlash
Reja:
1.
Кompyuter grafikasi va animasiyasi tushunchasi.
2.
Кompyuter grafikasi turlari.
3.
Кompyuter grafikasi bilan ishlovchi dastur sinflari.
4.
Namoyish qiluvchi kompyuter grafikasi.
Кompyuter grafikasi va animasiyasi tushunchasi.
Kompyuter grafikasi — grafik displey (monitor)
ekranida tasviriy
informatsiyani vizuallash („koʻrinadigan“ qilish). Tasvirni
qogʻozda, fotoplyonkada, kinolenta va boshqalarda aks ettirish usulidan farqli
ravishda Kompyuter grafikasida kompyuterda hosil qilingan tasvirni darhol
oʻchirib tashlash, unga tuzatish kiritish, istalgan yoʻnalishda toraytirish yoki
choʻzish, yaqinlashtirish va uzoqlashtirish, rakurenn oʻzlashtirish, burish,
harakatlantirish, rangini oʻzgartirish va boshqa amallarni bajarish mumkin.
Kitoblarni bezash, rasm va chizmalarni tayyorlashda buyumlarni loyihalash va
modellarini yasashda, telereklamalar yaratishda, televizion eshittirishlar
„qistirmalari“ (zastavkalari) ni, multfilmlarni yaratishda, kinofilmlarda qiziqarli
kadrlar hosil qilish va boshqa koʻp sohalarda qoʻllaniladi.[1]
Kompyuter grafikasi tushunchasi hozirda keng qamrovli sohalarni o’zida
mujassamlashtirib, bunda oddiy grafik chizishdan to real borliqdagi turli tasvirlarni
hosil qilish, ularga
zeb berish, programma vositasi yordamida hatto tasvirga oid
yangi loyihalarni yaratish ko’zda tutiladi. U multimedia muhitida ishlash
imkoniyatini beradi.
Kompyuter grafikasi – bu avvalo keng tarqalib borayotgan programma
ta’minotidir, ya’ni kompyuter grafikasi mavjud va yangi yaratilayotgan
programmalarga tayanadi. U hatto programmalarning o’ziga zeb berishda ham
juda keng qo’llaniladi. Uning rivojlanishi jarayonlarning real uch o’lchovli fazoda
qanday kechishini aniq tasvirlash (hatto harakatdagi) imkoniyatini yaratdi. Shuning
uchun hozirda shunday amaliy programmalar paketlari mavjudki, ular yordamida
ko’rilayotgan masalaning asosiy parametrinigina bergan holda uning yechimi
natijasi grafik shaklida olinishi mumkin.
Kompyuter grafikasi nafaqat ilmiy xodimlar, balki rassomlar, turli soha
loyihachilari, reklama bilan shug’ullanadigan mutaxassislar, Internet sahifalarini
yaratish, o’qitish jarayoni uchun va boshqa sohalarda muhim rol o’ynamoqda.
Uning ayniqsa poligrafiya sohasida qo’llanilishi keyingi paytlarda rang–barang,
suratli adabiyotlar, o’quv–qo’llanmalari, badiiy asarlarning paydo bo’lishida
yuksak bezash texnikasidan foydalanishni taqazo qilmoqda. Diqqatni o’ziga jalb
qiluvchi videoroliklar, Internet sahifalarini yaratishni kompyuter grafikasisiz
tasavvur qilish qiyin bo’lib qoldi.
Kompyuter grafikasi bilan ishlovchi dasturlar sirasiga bir qancha dasturlarni
sanab o’tish mumkin. Jumladan, Microsoft Paint,
Adobe Photoshop, Adobe
Illustrator, Corel Draw, Macromedia va Adobe Freehand, Adobe InDesign,
Adobe
ImageReady
, Macromedia va Adobe Flash, Discreet va Autodesk 3ds Max,
Cinema 4d, Alias va Autodesk Maya, LightWave, Adobe Brush va hokazolardir.
Ushbu dasturlarda kompyuter grafikasiga oid ishlarni amalga oshirish mumkin.
Ba’zilarida oddiy rasm chizish mumkin bo’lsa, ba’zilarida uylar proyektlari,
ba’zilarida esa uch o’lchamli modellashtirish va hattoki to’rt o’lchamli
modellashtirish mumkin bo’ladi.
Kompyuter grafikasi bilan ishlayotganda ekranning o’lchamini bilish ham muhim
hisoblanadi. Ekran aslida nuqtalardan tashkil topgan bo’ladi. Uni piksellar deb
ataladi. Ekrandagi nuqtalar soni qanchalik ko’p bo’lsa
ekran shunchalik sifatli
hisoblanadi. Ekranning o’lchamlari ham yuqoridagilarni hisobga olgan holda
belgilanadi. Misol uchun 800x600 o’lcham gorizontaliga 800 nuqta va vertikaliga
600 nuqtadan tashkil topishini anglatadi.
Ekran haqida gapirganda yana shunga e’tibor berish lozimki, ekranning ham turlari
bor. Monitor-
Displey chiqarish qurilmasi bo’lib, ular 2 xil ish tartibida ishlaydilar.
1. Matnli ish tartibi 80 *25 simvol sigimiga ega.
2. Grafik ish tartibi. 1024 * 640 pixel sigimga ega.
Monitorlarni quyidagi guruxlarga ajratish mumkin
1. MGA Monochrom graphic adapter- oq qora rangli monitorlar.
2. CGA Color graphic adapter-rangli manitorlar.
3. MCGA Multi Color graphic adapterli manitorlar.
4. EGA EXTENDED graphic adapter kengaytirilgan. Grafik adapterli
monitorlar.
5.
VGA Video graphic adapter
6. SVGA Super Video graphic adapter.
Hozirda qo’llanilayotgan monitorlar SVGA turkumiga oid hisoblanadi.
Кompyuter animasiyasi – ekranda tasvirlarni “jonlantirish”, kompyuterda
dinamik tasvirlar sintezidir.
Кompyuter grafikasi – informatikaning mahsus qismi bo’lib, dasturiy-apparat
hisoblash komplekslari yordamida tasvirlarni yaratish va qayta ishlash usullari va
vositalarini o’rganadi.
Virtual fazoda xajmli ob’ektlarni yaratish usullarini o’rganuvchi soha uch
o’lchovli (3D) grafika deb nomlanadi. Odatda unda tasvir yaratishning vektorli va
rastrli usullaridan foydalaniladi.
Dostları ilə paylaş: