Qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish instituti



Yüklə 8,06 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə89/139
tarix30.09.2023
ölçüsü8,06 Mb.
#150807
1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   ...   139
Kompyuter grafikasi va dizayn Xolmirzayev Olmasbek Rasuljonovich

№-_5_-Mavzu:
Grafika uchun shaxsiy kompyuter apparat ta’minoti, 
videoadapter bilan ishlash 
Reja:
1. Shaxsiy kompyuterlarning ta’minoti va uning turlari.
2. Dasturlar va apparat ta’minoti 
3. Videoadapter bilan ishlash
Kompyuter – inglizcha so‘z bo‘lib, u hisoblovchi demakdir. Garchand u hozirda 
hisoblovchi bo‘lmasada, matnlar, tovush, video va boshqa ma‘lumotlar ustida ham 
amallar bajaradi. Shunga qaramasdan hozirda uning eski nomi – Kompyuter 
saqlangan. Uning asosiy vazifasi turli ma‘lumotlarni qayta ishlashdan iborat. 
Kompyuterlarning amalda turli xillari mavjud: Raqamli, analogli (uzluksiz), 
raqamli-analogli, maxsuslashtrilgan. Ammo, raqamli Kompyuterlar foydalanilishi, 
bajaradigan amallarning universalligi, hisoblash amallarining aniqligi va boshqa 
ko‘rsatkichlari yuqori bo‘lganligi uchun, ulardan ko‘proq foydalanilmoqda. 
Amalda esa hozir rivojlangan mamlakatlarda Kompyuterlarning 5 guruhi keng 
qo‘llanilmoqda. Kompyuterlarni xotirasining hajmi, 1 sek. da bajaradigan amallar 
tezligi, ma‘lumotlarning razryad to‘rida (yacheykalarda) tasvirlanishiga qarab, 5 
guruhga bo‘lish mumkin: 

super Kompyuterlar (Super Computer) 

blok Kompyuterlar (Manframe 
Computer) 

mini Kompyuterlar (MiniComputer) 

shaxsiy Kompyuterlar (PC- 
Personal Computer) 

bloknot (Noutbook) Kompyuterlar. 
Super Kompyuterlar (TOR 500 Kompyuterlar) – juda katta tezlikni talab 
qiladigan va katta hajmdagi masalalarni yechish uchun uchun mo‘ljallangan 
bo‘ladi. Bunday masalalar sifatida ob havoning global prognoziga oid masalalarni 
uch o‘lchovli fazoda turli oqimlarning ketishini o‘rganish masalalari, global 
informatsion sistemalar va hakozolarni keltirish mumkin. Bu Kompyuterlar 1 
sekundda o‘n trillon amal bajaradi. 
Blok Kompyuterlar – fan va texnikaning turli sohalariga oid masalalarni 
yechishga mo‘ljallangan. Ularning amal bajarish tezligi va xotira hajmi super 
Kompyuterlarnikiga qaraganda bir-ikki pog‘ona past. Bularga misol sifatida 
AQSH ning CRAY (kray), IBM 390, 4300, IBM ES/9000, Fransiyaning Borrous 
6000, Yaponiyaning M1800 rusumli Kompyuterlarini va boshqalarni misol qilib 
keltirish mumkin. 
Mini Kompyuterlar (kichik Kompyuterlar)- hajmi va bajaradigan amallar 
tezligi jihatidan blok Kompyuterlardan kamida bir pog‘ona pastdir. Shuni aytish 
joizki, ularning gabariti (hajmi) tobora ixchamlashib, hatto shaxsiy Kompyuterdek 
kichik joyni egallaydiganlari yaratilmoqda. Bunday Kompyuterlar turkumiga ilk 
bor yaratilgan PDP-11 (Programm Driver Processor-dasturiy boshqaruv 
protsessori), ilgari harbiy maqsadlar uchun ishlatilgan VAX, SUN turkumli 
Kompyuterlar, IBM 4381, Hewlett Packard firmasining HP 9000 va boshqa mini 
Kompyuterlar misol bo‘la roladi. 


Shaxsiy Kompyuterlar- hozirda ko‘pchilik foydalanuvchilar IBM 
rusumidagi Kompyuterlardan keng foydalanishmoqda. IBM rusumiga mos 
Kompyuterlar deganda, ham programma ta‘minoti mosligi, texnik ta‘minoti 
mosligi, ya‘ni bir-biriga mos kelishi nazarda tutilgan. Bunday Kompyuterlar 
Pentium 3,4 va 750-1000 megagertsni, xotira hajmi 64, 128,256, 512 megabaytni 
tashkil qiladi. 
U quyidagi qurilmalardan tashkil topgan: 

sistema bloki 

monitor 

klaviatura 

sichqoncha 

tashqi qurilmalar 

Sistema bloki- yassi (desktop) yoki 
minora (town) ko‘rinishida ishlab chiqariladi. Kompyuterning asosiy qismlari 
sistema blokida joylashgan bo‘lib, ular quyidagilardir: 

Tezkor xotira (RAM- 
Random Access Memory –ixtiyoriy kirish mumkin bo‘lgan mikroprotsessor. 
Tezkor xotira qurilmasi registrlardan tashkil topgan. 

Registr-ma‘lumotlarni 
ikkilik shaklida vaqtinchalik saqlab turish uchun mo‘ljallangan qurilma. Har bir 
registr o‘z navbatida triggerlardan tashkil topgan. Trigger-bu kichik kondensator 
bo‘lib, u elektr toki bilan zaryadlangan holda 1 ni, aks holda 0 ni ifodalaydi. 

Registrdagi triggerlarning miqdori Kompyuterni necha razryadli ekanini bildiradi. 
Registrlar-bu yacheykalar deb xam yuritiladi. Bu yacheykalarning xar bir 
razryadida bir bit axborot joylashadi ya‘ni 0 yoki 1 

Razryadlar soni deganda bir vaqtda qayta ishlanadigan ikkilik razryadlar 
soni tushiniladi. 

Qurilmalar nazoratchilari (bu kontrolerlar, adapterlar, elektr 
manbai bilan ta‘minlash bloki). 

Yumshoq disk qurilmasi (FDD-Floppy Disk 
Driver) 

Qattiq disk qurilmasi (HDD-Hard Disk Driver) 

Faqat o‘qish uchun 
mo‘ljallangan lazer disk qurilmasi (CD-ROM Compact Disk Read Only Memory), 
shinalar, modem va boshqa qurilmalardan iborat. 

Sistema blokiga uning parallel 
(LPT) va ketma-ket (COM) portlari orqali ko‘plab tashqi qurilmalarni ulash 
mumkin. 

Ular mos ravishda LPT1, LPT4 va COM1 – COM3 deb nomlanadi. 
Odatda LPT portga printer va COM portga faks-modem, sichqoncha va boshqa 
qurilmalar ulanadi. 

Monitor. Monitor (displey) Kompyuterda matn va grafik ma‘lumotlarni 
tasvirlash ko‘rish uchun ishlatiladi. Monitorlarning har xil ko‘rinishlari mavjud, 
ya‘ni ular o‘zidan chiqaruvchi past radiatsiyali (Lowe radiation) so‘zlarini 
uchratish mumkin.Shuning uchun inson organizimiga tas‘iri juda kam miqdorda 
bo‘lgan 17-21 dyuymli SVGA (Super Video Grafic Adapter- ya‘ni katta video 
grafik adapter) monitorlar ishlab chiqarilmoqda. 

Tasvirlash qobiliyati ekranning 
gorizontal va vertikal nuqtalar soni bilan beriladi. Masalan: 14 dyuymli 
Kompyuterlarda tasvirlash qobiliyati 800 x 600, 15 dyuymli monitorda 1024 x 
768, 17 dyuymli monitorda 1280 x 1024 va 21 dyuymli monitorda 1600 x 1200. 
Bundan tashqari ularning yana bir xususiyati piksellar sonining kata kichikligidir. 
Tasvirlash qobiliyati 800 x 600 ga teng bo‘lgan monitorlarda piksel 0,31 mm ga, 
1024 x 768 ga teng bo‘lgan monitorlarda esa piksel 0,28 yoki 0,25 mm teng 
bo‘lishi kerak. Monitorning tez ishlashi adapterga bog‘liq. Matn rejimida monitor 
tez ishlaydi, grafik rejimda sekinroq ishlaydi. Ularni tez ishlashini o‘rnatish 
mumkin. 



Modem. Kompyuter telefon tarmog‘i orqali axborot almashish maqsadida 
ishlayotganida, telefon tarmog‘idan olingan signalni qabul qiluvchi va uni raqamli 
axborotga aylantiruvchi qurilma kerak bo‘ladi. Qurilmaning kirishida axborot 
modulyatsiya qilinadi, chiqishida esa demodulyatsiyaga uchraydi, shundan modem 
nomi kelib chiqqan. Modemning asosiy vazifasi Kompyuterdan kelgan signalni 
telefon tarmog‘i ish chastotasi diapozoniga mos chastotadagi elektr signaliga 
aylantirib berishdan iborat. Bu tarmoqning akustik kanalini modem quyi va yuqori 
chastota yo‘laklariga ajratadi. Quyi chastotali yo‘lak ma‘lumotlarni uzatishda, 
yuqori yo‘lakli chastotalar esa qabul qilish uchun qo‘llaniladi. IBM rusumidagi 
Kompyuterlarni ishlab chiqaruvchi firmalar: 

IBM, Compaq, Hewlett-Packard, 
Packard Bell, Toshiba, Apple, Siemens Nixdors, Aser, Olivetti, Gateway, Sun va 
boshqa firmalardir. 

Ishlab chiqarilishiga qarab Kompyuterlar ikki xil bo‘ladi: Oq 
yasalgan va lintsenziya asosida ishlab chiqargan Kompyuterlar Sariq yasalgan 
Kompyuterlar hisoblanadi. Yuqoridagi zikr etilgan komponiyalar ishlab chiqargan 
Kompyuterlar oq Kompyuterlar, Malayziya, Xitoy, Tayland, Koreya davlatlarida 
ishlab chiqarilgan. 

Noutbuk Kompyuterlar- bu Kompyuterlar hajmi ancha ixcham bo‘lib, 
batareya asosida ishlaydi. Hozirda bunday Kompyuterlarni IBM, Compaq, Toshiba 
va boshqa firmalar ishlab chiqarmoqda. 

Kompyuterning dasturiy ta’minoti 

Sistemaviy dasturiy ta’minot. Shaxsiy kompyuter ikkita tashkiliy qismlardan 
iborat. Bular apparat ta’minot (hardware) va dasturiy ta’minot (software) lardir. 

Apparat ta’minoti ─ bu, birinchi navbatda kompyuterning asosiy texnik 
qismlari va qo’shimcha (atrof) qurilmalaridir. Dasturiy ta’minot – kompyuterning 
ikkinchi muhim qisimi bo’lib, u ma’lumotlarga ishlov beruvchi dasturlar 
majmuasini va kompyuterni ishlatish uchun zarur bo’lgan hujjatlarni o’z ichiga 
oladi. Dasturiy ta’minotsiz har qanday kompyuter bamisoli bir parcha temirga 
aylanib qoladi. Kompyuterning apparat va dasturiy ta’minoti orasidagi bog’lanish 
qanday amalgam oshiriladi? Avvalo ular orasidagi bog’lanish interfeys deb 
atalishini bilib olishimiz lozim. 

Kompyuterning turli texnik qismlari orasidagi o’zaro bog’lanish ─ bu, apparat 
interfeysi, dasturlar orasidagi o’zaro bog’lanish esa ─ dasturiy interfeys, apparat 
qismlari va dasturlar orasidagi o’zaro bog’lanish ─ apparat ─ dasturiy interfeys 
deyiladi.interfeysi 

Barcha dasturiy ta’minotlarni uchta kategoriya bo’yicha tasniflash mumkin ─ 
sistemaviy dasturiy ta’minot;─ amaliy dasturiy ta’minot; ─ dasturlash 
texnologiyasining uskunaviy vositalar 

Sistemaviy dasturiy ta’minot (System software) ─ Kompyuterning va 
kompyuter tarmoqlarining ishini ta’minlovchi dasturlar majmuasidir. 



Amaliy dasturiy ta’minot (Aplication program package) ─ Bu aniq bir 
predmet sohasi bo’yicha ma’lum bir masalalar sinfini mo’ljallangan dasturlar 
majmuasidir. 

Dasturlash texnologiyasining uskunaviy vositalari ─ Yangi dasturlarni ishlab 
chiqish jarayonida qo’llaniladigan maxsus dasturlar majmuasidan iborat 
vositalardir. Bu vositalar dasturchining uskunaviy vositalari bo’lib xizmat qiladi, 
ya’ni ular dasturlarni ishlab chiqish (shu jumladan, avtomatik ravishda ham), saqlash 
va joriy etishga mo’ljallangan.jumladan 

Komyuterning dasturiy ta’minoti orasida eng ko’p qo’llaniladigani amaliy 
dasturiy ta’minot (ADT) dir. Bunga asosiy sabab ─ kompyuterlardan inson 
faoliyatining barcha sohalarida keng foydalanishi, turli predmet sohalarida 
avtomatlashtirilgan tizimlarning yaratilishi va qo’llanilishidir. 

Amaliy dasturiy ta’minotni quyidagicha tasniflash mumkin. 

Muammoga yo’naltirilgan ADT ga quyidagilar kiradi: ─ bugalteriya uchun 
DT; ─ personalni boshqarish DT; ─ jarayonlarni boshqarish DT; ─ bank axborot 
tizimlari va boshqalar. 

Umumiy maqsadli ADT ─ soha mutaxassisi bo’lgan foydalanuvchi axborot 
texnologiyasini qo’llaganda uning ishiga yordam beruvchi ko’plab dasturlarni o’z 
ichiga oladi. Bular: ─ kompyuterlarda ma’lumotlar bazasini tashkil etish va 
saqlashni ta’minlovchi ma’lumotlar bazasini boshqarish tizimlari (MBBT); ─ matnli 
hujjatlarni avtomatik ravishda bichimlashtiruvchi, ularni tegishli holatda 
rasmiylashtiruvchi va chop etuvchi matn muxarrirlari;chop etuvchi matn 
muxarrirlari ─ grafik muxarrirlar; ─ hisoblashlar uchun qulay muhitni ta’minlovchi 
elektron jadvallar; ─ taqdimot qilish vositalari, ayni tasvirlar hosil qilish, ularni 
ekranda namoyish etish, slaydlar, animatsiya, filmlar tayyorlashga mo’ljallangan 
maxsus dasturlar.ayni tasvirlar hosil qilish 

Ofis ADT idora faoliyatini tashkiliy boshqarishni ta’minlovchi dasturlarni o’z 
ichiga oladi. Ularga quyidagilar kiradi: ─ rejalovchi yoki organayzerlar, ya’ni ish 
vaqtini rejalashtiruvchi, uchrashuvlar bayonnomalarini, jadvallarni tuzuvchi, telefon 
va yozuv kitoblarini olib boruvchi dasturlar;rejalovchi yoki organayzerlarolib 
boruvchi dasturlar ─ tarjimon dasturlar, ya’ni berilgan boshlang’ich matnni 
ko’rsatilgan tilga tarjima qilishga mo’ljallangan dasturlar; ─ skaner yordamida 
o’qilgan axborotni tanib oluvchi va matnli ifodaga binoan o’zgartiruvchi dasturiy 
vositalar; ─ tarmoqdagi uzoq masofada joylashgan abonent bilan foydalanuvchi 
orasidagi o’zaro muloqotni tashkil etuvchi kommunikatsion dasturlar. 

Kichik nashriyot tizimlari nashriyot tizimlari “kompyuterli nashriyot 
faoliyati” axborot texnologiyasini ta’minlaydi, matnni bichim solish va tahrirlash, 
avtomatik ravishda betlarga ajratish, xat boshlarini yaratish, rangli grafikani matn 
orasiga qo’yish va hokazolarni bajaradi. 



Multimedia dasturiy vositalari dasturiy mahsulotlarning nisbatan yangi sinfi 
hisoblanadi. U ma’lumotlarni qayta ishlash muhitining o’zgarishi, lazerli disklarning 
paydo bo’lishi, ma’lumotlarning tarmoqli texnalogiyasining rivojlanishi natijasida 
shakllandi.dasturiy vositalari 

Sun’iy intellekt tizimlari. Bu sohadagi izlanishlarni to’rt yo’nalishga bo’lish 
mumkin: 
─ ijodiy jarayonlarni imitatsiya qiluvchi tizimlar. Ushbu yo’nalish kompyuterda 
o’yinlarni (shaxmat, shashka va h.k) avtomatik tarjima qilishni va boshqalarni 
amalga oshiradigan dasturiy ta’minotni yaratish bilan shug’ullanadi. 
─ Bilimlarga asoslangan intelektual tizimlar. yaratilishi hisoblanadi. Shu tufayli 
sun’iy intellekt tizimlarini ma’lum va kichik sohalarning eksperti sifatida tan olinishi 
va qo’llanishi mumkin. 
─ EHM larning yangi arxitekturasini yaratish. Bu yo’nalish sun’iy tafakkur 
mashinalari (beshinchi avlo
d EHM lari)ni yaratish muam
molarini o’rganadi. 
─ Intelektual 
robotlar.
Kompyuterning 
video kartasi qurilmasi
 
Video karta (Shuningdek, video adapter, grafik karta, grafik adapter, grafik 
karta) - kompyuterning muhim va juda murakkab qismi. Zamonaviy video 
karta o'z CPU, RAM, BIOS iborat, maxsus kompyuter bir xil bo'ladi, va boshqa 
komponentlar, uning tuzilishi va o'zaro bir muammo hal maksimallashtirish uchun 
moslashgan - monitor uchun qayta ishlash va shakllantirish tasvir ma'lumotlarni, 
va ularning ishlab chiqarish. 
Videokartalarni ishlab chiquvchilar amerikalik kompaniyalardir Nvidia va 
Kanadaliklar ATI 
Technologies
  , 2006 yilda AQShning "AMD" kompaniyasi 
tomonidan sotib olingan. Nvidia kompaniyasining video kartalari brend bilan 
namoyish etiladi GeForce. ATI grafik kartalari har kim tomonidan nom ostida 
tanilgan Radeon. 
Kompyuteringiz (noutbuk) o'rnatilgan bo'lgan grafik karta topish uchun, siz, GPU-
Z Windows Device Manager borib yoki, masalan, maxsus dasturlar birini ishlatish 
kerak. 
Monitordagi oxirgi tasvirni olish uchun (masalan, kompyuter o'yinlarida) 
turli xil grafik ma'lumotlarni qayta ishlash qanchalik qiyinligini o'ylayotgan bir 
nechta odam. Bu jarayon aniq hisob-kitoblar, bir qator talab (va hokazo ibtidoiy 
(uchburchaklar, chiziqlar, ochko ularni terib, burchaklar yaratish), 
piksel bloklari 
yaratish
, yoritish, soya, tekstürize va rang tayinlash al ishlashini.). O'yindagi rasm 
doimo o'zgarib borayotganligi uchun, barcha hisoblar juda yuqori tezlik bilan 
amalga oshirilishi kerak, chunki 1 soniyadan ko'p sonli ramkalar chiqishi mumkin. 
Inson ko'zlari uchun bu daraja yuqorida ko'rsatilgan 24 soniya ichida 
ramkalar (FPS, soniyada ramkalar). Agar bu ko'rsatkich past bo'lsa, kishi 
"inhibisyon" ni ko'radi. 


Video tekshiruvi - video xotiradan RAMDAC ga kerakli ma'lumotlarni 
to'g'ri shakllantirish va etkazish uchun mas'uldir 
RAMDAC (Tasodifiy kirish xotirasi Raqamli to Analog Konverter) yoki d / 
A konvertori (DAC) - video kartaning raqamli natijalarini monitorda ko'rsatilgan 
analog signalga aylantiruvchi qurilma. Ushbu qurilmaning qobiliyat terminallari 
foydalanish raqamli video ulangan tasvirlar va boshqa raqamli monitor, 
projektörler va boshqa qurilmalarning paydo rang to'ldirish soni bilan aniqlanadi 
o'z raqamli-uchun-analog mustaqil dan Konverter va video RAMDAC
Video-ROM (Video ROM) - o'zida saqlaydigan mikrotordir asosiy 
tizim Kiritish-chiqarish 
video karta va boshqa aytganda
, uning BIOS - video ishlar 
komponentlar va bir-biri bilan muloqotda qaysi ishlab chiqaruvchilar tomonidan 
belgilangan qoidalar va algoritmlar to'plamidir. 
Video xotira turi (GDDR2, GDDR3, GDDR4, GDDR5 va hokazo) grafik 
kartaning xotirasi qaysi avlodga tegishli ekanligini ko'rsatadi. Har bir keyingi 
avlod avvalgisidan yaxshiroq va yanada yuqori chastotali ishlashni ta'minlaydi. 
Ammo, avvalgi misoldan ko'rinib turibdiki, tor avtobus bilan haqiqiy avlodi 
bo'lgan yangi avlod xotirasi avvalgi avlod xotirasidan keng avtobusga ega bo'lishi 
mumkin. 
Video karta (grafik karta, video adapter) - Kompyuterning xotirasida 
saqlangan tasvirni monitör uchun video signalga aylantirgan qurilma. 
Videokamera, 
shubhasiz
, juda muhim tarkibiy qism hisoblanadi tizim birligi. 
Monitörünüzün ekranda tasvirni ko'rsatadi. Va yana yaxshi video karta - bu tasvir 
tezroq va yaxshiroq namoyish qilinadi (ayniqsa, o'yinlarda). Shunday qilib, agar 
siz faqat pochta xabarini o'qish va Microsoft Word bilan ishlashni 
rejalashtirmoqchi bo'lsangiz, biz video ada 
pterni saqlashni tavsiya etmaymiz. 

Yüklə 8,06 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   ...   139




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin