Sug’urtalovchilar uchun ustav kapitalining eng kam
MIQDORLARI
109
Sug’urta faoliyati turlari
Sug’urtalovchi ustav
kapitali eng kam miqdori
Umumiy sug’urtalash tarmog’ida
7,5 milliard so’m
Hayotni sug’urtalash tarmog’ida
10,0 milliard so’m
Majburiy sug’urtalash bo’yicha
15,0 milliard so’m
Faqat qayta sug’urtalash bo’yicha
30,0 milliard
Shuni alohida ta’kidlash lozimki, sug’urta tashkilotlari
2018 yilning 1 iyuliga qadar ustav kapitali miqdorlarini yuqorida
ko’rsatib o’tilgan talabga to’liq muvofiqlashtirgan. Demak, sug’urta
tashkilotlari ustav kapitalining eng kam miqdorlari faoliyat turlariga
qarab farqlanadi. Masalan, umumiy
sug’urtalash tarmog’ida faoliyat
109
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2011 yil 31 maydagi “Sug’urtachilarning moliyaviy barqarorligini yanada
oshirishga oid qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risida” PQ-1544-son Qaroriga ilova.
yurituvchi sug’urta tashkilotlari ustav kapitalining eng kam miqdori
7,5 milliard so’mga teng bo’lishi kerak. Aks holda, mazkur talabga
javob bermagan sug’urta tashkilotlarning faoliyati qonunda
belgilangan tartibda to’xtatiladi.
Sug’urta shartnomasi ikki yoki undan ortiq shaxs ishtirokida
tuzilgan yozma bitim bo’lib, unga asosan sug’urta qildiruvchi
sug’urta mukofotini to’lash, sug’urtalovchi esa sug’urta hodisasi
sodir bo’lganda sug’urta tovonini to’lash majburiyatini oladi.
O‘zbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksiga ko’ra, sug’urta
shartnomasi faqat yozma shaklda tuzilgan bo’lishi shart.
Shuningdek, kodeksda sug’urta fuqaro yoki yuridik shaxs
(sug’urta qildiruvchi) sug’urta tashkiloti (sug’urtalovchi) bilan
tuzadigan mulkiy yoki shaxsiy sug’urta shartnomalari asosida
amalga oshiriladi, deb
ko’rsatilgan.
Sug’urta shartnomasi yuridik yoki jismoniy shaxsning yozma
yoki og’zaki arizasiga asosan tuziladi. Arizada sug’urta qildiruvchi
yuridik shaxsning nomi, tashkiliy-huquqiy shakli, manzili, shu
jumladan elektron manzili, telefon raqaml
ari ko’rsatilgan bo’ladi.
Jismoniy shaxslar esa arizada familiyasi, ismi va otasining ismi, uy
manzili, telefon raqamlari to’g’risidagi ma’lumotlarni taqdim etadi.
Bundan tashqari, arizada sug’urtaga qabul qilinayotgan ob’ektlar,
uning qiymati haqida ham a
niq ma’lumotlar keltirilishi zarur.
Arizadagi ma’lumotlarning haqqoniyligi uchun mas’uliyat sug’urta
qildiruvchi shaxsning zimmasiga yuklanadi. Aks holda, sug’urta
qildiruvchi shaxs tomonidan arizada noto’g’ri, soxta ma’lumotlarning
taqdim etilishi sug’urtalovchi tomonidan aniqlangan taqdirda,
sug’urta hodisasi sodir bo’lishi oqibatida yuzaga kelgan zararlar
qoplanmaydi.
Sug’urta shartnomasi tuzishdan oldin sug’urta tashkilotining
vakili yoki sug’urta syurveyeri sug’urta qilinayotgan ob’ektni obdan
ko’zdan kechirishi va albatta, arizada keltirilgan ma’lumotlarga
qanchalik mos kelishini tekshirishi shart. Sug’urta syurveyeri
quyidagilar bo’yicha xizmatlar ko’rsatuvchi, o’z shtatida tegishli
mutaxassislarga ega bo’lgan yuridik shaxs yoki professional bilim va
malakaga ega bo’lgan jismoniy shaxsdir:
-
sug’urta shartnomasi tuzilguniga qadar sug’urta ob’yektini
ko’zdan kechirish va tekshirish;
-
sug’urta shartnomasi tuzilguniga qadar barcha faktlarni va
tavakkalchilik holatlarini tahlil qilish, tavakkalchilik darajasini
aniqlash;
-
tekshirilayotgan sug’urta ob’yekti bo’yicha xulosa tuzish.
Sug’urta shartnomasida sug’urtanalayotgan ob’ekt, mazkur
ob’ekt bo’yicha sug’urta javobgarligi, sug’urta tarifi, sug’urta mukofoti
va sug’urta hodisasi sodir bo’lganda taraflar, ya’ni sug’urta tashkiloti
va sug’urta qildiruvchi o’rtasida vujudga keladigan o’zaro
munosabatlarni tartibga solish shartlari o’z aksini topadi.
Shuningdek, sug’urta shartnomasida uning amal qilish muddati,
ishtirok etuvchi taraflarning huquq va majburiyatlari, javobgarligi
hamda manzillari, mas’ul shaxslarning imzolari va muhrlari qayd
etiladi.
Sug’urta shartnomasi bo’yicha sug’urtalovchining javobgarligi
sug’urta qildiruvchi tomonidan sug’urta mukofoti to’langandan so’ng
boshlanadi. Agar sug’urta qildiruvchi tomonidan sug’urtalovchining
hisob raqamiga sug’urta mukofoti shartnomada ko’rsatilgan
muddatda va tartibda to’lanmasa, sug’urta shartnomasi o’z kuchini
yo’qotadi.
Sug’urta shartnomasi bo’yicha sug’urtalovchining sug’urta
qildiruvchi oldida sug
’urta javobgarligining boshlanganligi sug’urta
qildiruvchiga sug’urta polisini rasmiylashtirish va taqdim etish yo’li
bilan tasdiqlanadi. Sug’urta polisi qatiy hisobda turuvchi hujjat bo’lib,
unda polisni taqdim etgan sug’urta tashkilotining nomi, manzili,
telefon raqamlari, polisning amal qilish muddati, sug’urta
qildiruvchining nomi, sug’urta ob’yekti, sug’urta summasi va sug’urta
mukofotining miqdori keltirilgan bo’ladi. Sug’urta polisining orqa
tarafida sug’urtalash qoidasidan ko’chirma o’z ifodasini topgan
bo’lishi lozim. Sug’urta polisining asl nusxasi sug’urta qildiruvchiga
beriladi, nusxasi esa sug’urta tashkiloti yoki uning vakilida qoladi.
Sug’urta munosabatlarida qatnashuvchi tomonlarning huquq va
majburiyatlari qonunchilik hujjatlarida, sug’urta shartnomalarida o’z
aksini topadi. Sug’urta shartnomasi sug’urtalovchi va sug’urta
qildiruvchi o’rtasida tuziladi hamda unda ikkala tomonning ham
huquq va majburiyatlari ko’rsatiladi.
Sug’urta tashkilotining huquqlariga quyidagilar kiradi:
-
sug’urta ob’yektini ko’zdan kechirish, shu jumladan, sug’urta
qildiruvchining arizasida keltirilgan ma’lumotlarning sug’urta
ob’yektining haqiqiy holatiga muvofiq kelishini tekshirish;
-
sug’urta hodisasi sodir bo’lganda uning oqibatlarini bartaraf
etish va kamaytirishda
ishtirok etish, bu borada sug’urta
qildiruvchiga zarur ko’rsatmalar berish;
-
sug’urta tashkilotiga sug’urta hodisasi yuz berish ehtimolini va
ehtimoli bo’lgan zararlarning miqdorini aniqlash uchun muhim
ahamiyatga ega bo’lgan soxta ma’lumotlar taqdim etilganligi ma’lum
bo’lib qolsa, sug’urta shartnomasini bekor qilish;
-
sug’urta hodisasi sug’urta qoplamasini olish maqsadida atayin
uyushtirilganligi aniqlangan taqdirda sug’urta tovonini to’lamaslik;
Sug’urta tashkilotining shartnoma doirasidagi majburiyatlariga
quyidagilar kiradi:
-
sug’urta mukofoti kelib tushgandan so’ng sug’urta polisini
berish;
-
sug’urta hodisasi sug’urta tashkiloti tomonidan tan olingan
taqdirda sug’urta tovonini belgilangan muddatlarda to’lash;
-
sug’urta qildiruvchini sug’urtalash qoidalari bilan tanishtirish;
-
sug’urta qildiruvchiga tegishli ma’lumotlarning maxfiyligini
ta’minlash;
-
sug’urta tashkilotining manzili, nomi, mulkchilik shakli
o’zgargan taqdirda yoki litsenziyasi vaqtincha to’xtatilganda, chaqirib
olinganda bu haqda
sug’urta qildiruvchiga xabar berish.
Sug’urta qildiruvchining huquqlariga quyidagilar kiradi:
-
sug’urta tashkiloti to’g’risida ma’lumotlar so’rash;
-
sug’urta shartnomasi amalda bo’lgan davrda sug’urtaga oid
maslahatlar olish;
-
sug’urta polisi yo’qolgan taqdirda uning nusxasini olish;
-
sug’urtalovchi bilan kelishgan holda sug’urta shartnomasiga
qo’shimcha va o’zgartirishlar kiritish;
- naf oluvchini mustaqil belgilash;
-
sug’urta hodisasi sug’urta tashkiloti tomonidan tan olingandan
so’ng sug’urta tovonini olish.
Sug’urta qildiruvchining majburiyatlari quyidagilardan iborat:
-
sug’urtalanayotgan ob’ekt, uning risk darajasini oshishiga ta’sir
ko’rsatuvchi holatlar haqida aniq ma’lumotlar berish;
-
sug’urta shartnomasi amal qilayotgan davrda sug’urta
ob’yektida o’zgarish bo’lganda, ya’ni sotilishi yoki ijaraga berish
yoxud boshqa o’zgarishlar bo’lganda bu haqda sug’urta tashkilotiga
xabar berish;
-
shartnomada ko’rsatilgan muddatda va tartibda sug’urta
mukofotini to’lash;
-
sug’urta
ob’yekti
boshqa
sug’urta
tashkilotlarida
sug’urtalanganmi yoki sug’urtalanmaganligi to’g’risida haqqoniy
ma’lumotni taqdim etish;
-
sug’urta hodisasi sodir bo’lganda bu haqda zudlik bilan
shartnomada ko’rsatilgan muddat ichida sug’urta tashkilotiga xabar
berish;
-
sug’urta hodisasi yuz berishi natijasida yuzaga kelgan
zararlarni kamaytirish, yong’in, portlash va avariya holatlari ro’y
berganligi to’g’risida tegishli vakolatli organlarga xabar berish.
Sug’urta shartnomasida ishtirok etuvchi tomonlarning huquq va
majburiyatlari sug’urta turiga va uning xususiyatlariga hamda
sug’urta tashkilotining ichki siyosatidan kelib chiqqan holda bir-
biridan farq qilish mumkin.
Yuridik va jismoniy shaxslarning mulkiy manfaatlarini tabiiy
ofatlar va baxtsiz hodisalardan himoyalashda sug’urta samarali va
ishonchli vosita hisoblanadi. Sug’urta qildiruvchilar sug’urta
ob’yektining qiymatiga nisbatan juda oz miqdorni tashkil etuvchi
xizmat haqi
– sug’urta mukofotini to’lash orqali sug’urta hodisalari
yuz berishi tufayli yuzaga kelgan katta miqdorda, ba’zan to’langan
sug’urta mukofotining bir necha yuz baravari miqdorida sug’urta
tovonini olish imkoniyatiga ega bo’ladi. Sug’urtaning afzallik tomoni
ham mana shunda. Yuridik va jismoniy shaxslar o’zlariga tegishli
mol-
mulklarni yoxud hayotini saqlash bilan bog’liq risklarni sug’urta
tashkilotiga berish orqali o’z xotirjamligini ta’minlaydi. Shu bois,
sug’urtani xotirjamlik uchun to’lov sifatida ham talqin etadilar.
Har qanday jamiyatda fuqarolar va ularning jamoasi o’z
faoliyatlari jarayonida bir-birlari bilan tegishli ijtimoiy munosabatda
bo’ladilar. Ushbu munosabatlarni bir qolipga solish uchun ularni
tartibga keltirish zarur, ya’ni fuqarolar va tashkilotlarning hatti-
harakat qilish doirasini belgilash zarur. Bayon etilganlar to’laligacha
sug’urtaga ham taalluqlidir. Sug’urta ijtimoiy-iqtisodiy qonuniyat
sifatida huquqiy tomondan mustahkamlanishni talab etadi. Sug’urta
jamg’armasini tashkil etish va undan foydalanish jarayonida vujudga
keladigan munosabatlar huquqiy tartibga solinadi.
Sug’urta sohasida yuzaga keladigan huquqiy munosabatlar
fuqarolik-huquqiy
munosabatlar
tarkibiga
kiradi.
Bunday
munosabatlar fuqarolik muomalasi ishtirokchilarining huquqiy
holatini, mulk huquqi va boshqa ashyoviy huquqlarning, shartnoma
majburiyatlarini, shuningdek mulkiy hamda shaxsiy nomulkiy
munosabatlarni tartibga soladi.
Sug’urta sohasidagi fuqarolik-huquqiy munosabatlar quyidagi
yo’nalishlarda namoyon bo’ladi:
fuqarolar va sug’urta tashkilotlari o’rtasida shakllanadigan
fuqarolik-huquqiy munosabatlar;
sug’urta tashkilotlari o’rtasida yuzaga keladigan o’zaro
munosabatlar;
fuqarolar va maxsus vakolatli davlat organlari o’rtasida
paydo bo’ladigan fuqarolik-huquqiy munosabatlar;
sug’urta tashkilotlari va maxsus vakolatli davlat organi
o’rtasida yuzaga keladigan fuqarolik-huquqiy munosabatlar.
Fuqarolar va sug’urta tashkilotlari o’rtasida paydo bo’ladigan
fuqarolik-huquqiy munosabatlar tegishli shartnoma qoidalariga
asoslanadi. Bunda bir tomondan sug’urta tashkilotining fuqaro
oldida, ikkinchi tomondan fuqaroning sug’urta tashkiloti oldidagi
burch va majburiyatlari paydo bo’ladi. Ya’ni, tuzilgan shartnomaga
ko’ra, fuqaro o’z vaqtida sug’urta mukofotini to’lashi shart. Sug’urta
hodisasi ro’y berganda esa, sug’urta tashkiloti sug’urta
shartnomasida qayd etilgan shart va
muddatlarda sug’urta tovonini
(summasini) fuqaroga to’lab berishi lozim. Ko’rinib turibdiki,
shartnoma
–fuqarolik-huquqiy hujjat sifatida taraflarning o’zaro
munosabatini huquqiy tartibga soladi.
Sug’urta tashkilotlarining bir-birlari o’rtasida paydo bo’ladigan
fuqarolik-
huquqiy munosabatlari sug’urta pulini (yirik ob’ektlarni
sug’urtalash maqsadida bir nechta sug’urta tashkilotlarining o’zaro
birlashuvi) va qayta sug’urta qilish bilan bog’liq tuzilgan
shartnomalar doirasida shakllanadi. Amaldagi qonun hujjatlariga
ko’ra, sug’urta tashkiloti moliyaviy barqarorlikni ta’minlash,
binobarin, sug’urta qildiruvchilar oldida o’z zimmasiga olgan
majburiyatini bajarilishini ta’minlash maqsadida sug’urta pulida
ishtirok etishi yoxud boshqa sug’urta tashkilotlari yoki ixtisoslashgan
qayta sug’urta tashkilotlari bilan shartnomaviy munosabatlarga
kirishi mumkin. O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 959-
moddasida “sug’urta shartnomasi bo’yicha sug’urtalovchi o’z
zimmasiga olgan sug’urta tovonini yoki sug’urta pulini to’lash xavfi
uning tomonidan to’liq yoki qisman boshqa sug’urtalovchida
(sug’urtalovchilarda) u bilan tuzilgan qayta sug’urta qilish
shartnomasi bo’yicha sug’urtalanishi mumkin” deb alohida qayd
etilgan.
Qayta sug’urta qilish shartnomasiga nisbatan, agar qayta
sug’urta qilish shartnomasida boshqacha tartib nazarda tutilmagan
bo’lsa, Fuqarolik kodeksining tadbirkorlik xavfini sug’urta qilish
borasida qo’llanishi lozim bo’lgan qoidalari tatbiq etiladi. Qayta
sug’urta qilish shartnomasini tuzgan sug’urta shartnomasi (asosiy
shartnoma) bo’yicha sug’urtalovchi keyingi shartnomada sug’urta
qildiruvchi hisoblanadi.
Fuqarolar va maxsus davlat organlari o’rtasida paydo
bo’ladigan fuqarolik-huquqiy munosabatlar maxsus vakolatli davlat
organining sug
’urta qildiruvchilar bo’lgan – fuqarolarning qonuniy
manfaatlarini himoya etish bilan bog’liqdir. Amaliyotda shunday
holatlar bo’ladiki, sug’urta tashkiloti sug’urta qildiruvchiga sug’urta
hodisasi tufayli ko’rilgan zararni qoplashdan asossiz voz kechishi
mumkin. Bunday paytda o’z manfaatlarini huquqiy himoya etish
maqsadida sug’urta qildiruvchi maxsus vakolatli davlat organiga
murojaat etishi mumkin.
Sug’urta tashkilotlari va maxsus vakolatli davlat organi o’rtasida
paydo bo’ladigan fuqarolik-huquqiy munosabatlar qonun hujjatlari
asosida tartibga solinadi. Maxsus vakolatli organning sug’urta
tashkilotlariga
nisbatan
yuzaga
keladigan
fuqarolik-huquqiy
munosabatlari O‘zbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksi va
“Sug’urta faoliyati to’g’risida”gi Qonunda o’z aksini topgan.
Maxsus vakolatli davlat organi qonunda belgilangan tartibda
sug’urta tashkilotlarining faoliyatini nazorat etib boradi. Zaruriyat
bo’lganda esa, sug’urtalanuvchilarning manfaatini himoya etish
maqsadida undan sug’urta faoliyatini amalga oshirish huquqini
beruvchi litsenziyani chaqirib olish huquqiga ega.
Sug’urtani huquqiy tartibga solish davlat tomonidan sug’urta
munosabati qatnashchilarining hatti-harakatini huquqiy normalar
vositasida amalga oshiriladi. Jismoniy va yuridik shaxslarning mulkiy
huquqlarini har xil oldindan ko’rib bo’lmaydigan sug’urtaviy himoya
qilish uchun ko’pchilik shaxslar tomonidan tashkil etiladigan maxsus
jamg’arma hisobidan amalga oshiriladigan sug’urta faoliyati
jarayonida paydo bo’ladigan ijtimoiy munosabatlar mavjud. Ushbu
munosabatlarni tartibga soladigan normalar yig’indisiga sug’urta
huquqi deyiladi.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi tomonidan 2002 yilning
5 aprelida qabul qilingan va shu yilning 28 mayida amaliyotga joriy
etilgan “Sug’urta faoliyati to’g’risida”gi Qonun sug’urta faoliyatini
tartibga soluvchi maxsus qonun hisoblanadi.
Shuni alohida ta’kidlash zarurki, sug’urta munosabatlarida
ishtirok etuvchi tomonlarning qonuniy manfaatlarini himoya etish
maqsadida
1993 yili Oliy Majlis “Sug’urta to’g’risida”gi
Qonun qabul qilgan edi. 1993-2001 yillar mobaynida mazkur
qonunga ikki marta qo’shimcha va o’zgartirishlar kiritildi. Tabiiyki, bu
qonun o’sha paytda mavjud bo’lgan iqtisodiy jarayonlarni hisobga
olgan holda ishlab chiqilgan va amaliyotga joriy etilgan. Boshqacha
so’z bilan aytganda, ushbu qonun sug’urta munosabatlari
qatnashchilari uchun biroz yumshatilgan holatda amal qildi.
Jumladan, unda sug’urta tashkilotlari tugatilgan taqdirda ularning
sug’urtalanuvchilar oldidagi majburiyatini bajarish tartibi to’liq
yoritilmagan. Shuningdek, bu qonunda qonunchilik talablarini
buzganlik uchun tomonlarning javobgarligi o’z aksini topmagan
hamda davlat sug’urta nazorati organining sug’urta tashkilotlariga
nisbatan ta’sir qilish imkoniyati keskin chegaralangan edi.
Bayon etilgan holatlar mamlakatimiz iqtisodiy taraqqiyoti
bosqichining talablarini hisobga olgan holda, 2002 yilgacha amalda
bo’lgan
“Sug’urta
to’g’risida”gi
Qonunni
yangilash
va
takomillashtirish zaruriyatini keltirib chiqardi. Shun
i e’tiborga olib,
2002 yilning 4-
5 aprel kunlari bo’lib o’tgan ikkinchi chaqiriq
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining sakkizinchi sessiyasida
“Sug’urta faoliyati to’g’risida”gi yangidan ishlab chiqilgan qonun
loyihasi deputatlar tomonidan atroflicha muhokama qilindi va qabul
qilindi.
“Sug’urta faoliyati to’g’risida”gi Qonunning diqqatga sazovor
joylaridan biri, uning 10-
moddasida sug’urta tashkilotlarini davlat
ro’yxatidan o’tkazish tartibini aniq ko’rsatib qo’yilganligidir. Ma’lumki,
qonun hujjatlariga muvofiq, aktsiyadorlik jamiyati shaklida tashkil
etilgan sug’urta tashkilotlari O‘zbekiston Respublikasi Adliya
vazirligida davlat ro’yxatiga olinganlar. Ammo, uzoq vaqt, aniqrog’i,
1998 yilning birinchi yarmigacha sug’urta faoliyatini tartibga solish
va
kolati berilgan davlat sug’urta nazorati organining tashkil
etilmaganligi va ilgari Adliya vazirligida davlat ro’yxatiga olingan
tashkilotlarning faoliyati hech kim tomonidan nazorat qilinmaganligi
oqibatida yangi tashkil etilgan sug’urta tashkilotlarini davlat
ro’yxatiga olishda muammolar paydo bo’lgan.
Sug’urta
munosabatlari,
avvalo,
fuqarolik-huquqiy
munosabatga oid bo’lganligi tufayli 1996 yilda qabul qilingan
O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 52-bobi sug’urtaga
bag’ishlangan. Hozirgi kunga qadar amaliyotda sug’urta tashkilotlari
o’z faoliyatlarini amalga oshirishlarida mazkur kodeksning talab-
qoidalariga qatiy rioya etadilar.
Fuqarolik kodeksining sug’urtaga oid bobida jami 47 ta modda
mavjud bo’lib, ularning har biri sug’urta munosabatlarining u yoki bu
jihatlarini tartibga soladi. Kodeksda ixtiyoriy va majburiy sug’urta,
mulkiy sug’urta shartnomasi, sug’urtalashga yo’l qo’yilmaydigan
manfaatlar, mol-
mulkni sug’urta qilish, shartnoma bo’yicha
javobgarlikni sug’urta qilish, majburiy sug’urta va uni amalga
oshirish tartibi kabi huquqiy normalar o’z aksini topgan.
Kodeksning 916-
moddasida sug’urtalashga yo’l qo’yilmaydigan
manfaatlar ko’rsatilgan bo’lib, ular quyidagilardan iborat:
G’ayriqonuniy manfaatlarni sug’urtalashga yo’l qo’yilmaydi.
Qimor, lotereyalar va garov o’yinlarida ishtirok etishda
ko’riladigan zararni sug’urtalashga yo’l qo’yilmaydi.
Garovga olinganlarni ozod qilish maqsadida shaxs majburan
qilishi mumkin bo’lgan xarajatlarni sug’urtalashga yo’l qo’yilmaydi.
Shuningdek, Fuqarolik kodeksida majburiy sug’urtani amalga
oshirish tartibi ko’rsatilgan. Chunonchi, majburiy sug’urta bunday
sug’urta qilish majburiyati yuklangan shaxs (sug’urta qildiruvchi)
sug’urtalovchi bilan sug’urta shartnomasi tuzishi orqali amalga
oshirilishi ko’rsatilgan.
Majburiy
sug’urtalanishi
lozim
bo’lgan
ob’ektlar,
ular
sug’urtalanishga sabab bo’ladigan xavflar va sug’urta pulining eng
kam miqdorlari qonun hujjatlari bilan belgilanadi. Bunga misol
tariqasida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008
yil 24 iyundagi “Transport vositalari egalarining fuqarolik
javobgarligini majburiy sug’urta qilish to’g’risida”gi O‘zbekiston
Respublikasi Qonunini amalga oshirish chora-
tadbirlari haqida” 141-
son qarorini keltirish mumkin. Mazkur qar
orga O‘zbekiston
Respublikasi Vazirlar Mahkamkasining 2017 yil 9 oktyabrdagi
“O‘zbekiston
Respublikasi
Hukumatining
ayrim
qarorlariga
o’zgartirish va qo’shimchalar kiritish, shuningdek ba’zilarini o’z
kuchini
yo’qotgan
deb
hisoblash
to’g’risida
(O‘zbekiston
Respublikasi Prezidentining “Valyuta siyosatini liberallashtirish
bo’yicha birinchi navbatdagi chora-tadbirlar to’g’risida” 2017 yil 2
sentyabrdagi
PF-5177-
son Farmoni)” 810-son qarori bilan
o’zgartirish kiritilgan bo’lib, unga muvofiq transport vositalari
egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy sug’urta qilish bo’yicha
sug’urta puli 12,0 mln.so’m miqdorida belgilangan. Transport
vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy sug’urta qilish
qoidalari Vazirlar Mahkamasining 2008 yil 24 iyu
ndagi “Transport
vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy sug’urta qilish
to’g’risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunini amalga oshirish
chora-
tadbirlari haqida” 141-son qarori tasdiqlangan.
Sug’urtalovchi va sug’urta qildiruvchi o’rtasida tuziladigan
sug’urta shartnomasining shakli va uning mazmuni bo’yicha talablar
Fuqarolik kodeksida keltirib o’tilgan. Sug’urta shartnomasi yozma
shaklda tuzilishi lozim. Bu talabga rioya etmaslik shartnomaning
haqiqiy sanalmasligiga sabab bo’ladi.
Sug’urta shartnomasi bitta hujjatni tuzish yoxud sug’urtalovchi
tomonidan sug’urta qildiruvchiga uning yozma yoki og’zaki arizasiga
binoan sug’urtalovchi imzolagan, sug’urta shartnomasining
shartlarini o’z ichiga olgan sug’urta polisi (shahodatnomasi,
sertifikati, kvitantsiyasi)ni topshirish yo’li bilan tuzilishi mumkin. Bu
holda sug’urta qildiruvchining sug’urtalovchi taklif etgan shartlarda
shartnoma tuzishga rozi ekanligi sug’urtalovchidan ko’rsatilgan
hujjatlarni qabul qilib olish va sug’urta mukofoti to’lash yoxud -
sug’urta mukofoti bo’lib-bo’lib to’langanda - birinchi badalni to’lash
orqali tasdiqlanadi. Sug’urtalovchi shartnoma tuzish chog’ida
sug’urtaning alohida turlari bo’yicha sug’urta shartnomasi (sug’urta
polisi)ning o’zi ishlab chiqqan standart shakllarini qo’llanishga haqli.
Yuqoridagilar bilan bir qatorda O‘zbekiston Respublikasi
Fuqarolik kodeksida sug’urta siri, sug’urta puli, sug’urta mukofoti va
sug’urta badallari, sug’urta shartnomasining haqiqiy emasligi
to’g’risida me’yorlar qayd etilgan.
O‘zbekiston Respublikasida sug’urta sohasini huquqiy tartibga
solishda maxsus vakolatli davlat organi tomonidan ishlab chiqilgan
va Adliya vazirligi tomonidan ro’yxatga olingan me’yoriy-huquqiy
hujjatlarning ahamiyati katta. Masalan, 2008 yilning 20 noyabrida
O‘zbekiston Respublikasi moliya vazirligining buyrug’i bilan
tasdiqlangan va Adliya vazirligida 2008 yil 15 dekabrda 1882-son
bilan davlat ro’yxatiga olingan “Sug’urtalovchilarning sug’urta
zaxiralari to’g’risidagi Nizom” sug’urta amaliyotiga joriy etilgan.
Mazkur Nizomga muvofiq, sug’urta tashkilotlari quyidagi sug’urta
zaxiralarini shakllantirishlari lozim:
a)
ishlab topilmagan mukofot zaxirasi (umumiy sug’urta (qayta
sug’urta qilish) bo’yicha faoliyatni amalga oshirishda);
b) mukofotlar zaxiras
i (hayotni sug’urta qilish bo’yicha
faoliyatni amalga oshirishda);
v) keyingi yillarda transport vositalari egalarining fuqarolik
javobgarligini majburiy sug’urta qilish bo’yicha sug’urta to’lovlarini
amalga oshirish xarajatlarini qoplash uchun mo’ljallangan transport
vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy sug’urta qilish
bo’yicha barqarorlashtirish zaxirasi (FJMS BZ) (transport vositalari
egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy sug’urta qilish bo’yicha
faoliyatni amalga oshirishda);
g) sug’urta hodisasining yuz berishi bilan kelib chiquvchi
hamda sug’urta shartnomasi shartlari bo’yicha qoplanishi lozim
bo’lgan zarar (ziyon) hajmiga muvofiq holda aniqlanadigan va
quyidagilardan tarkib topgan zararlar zaxirasi:
xabar qilingan, lekin bartaraf etilmagan zararlar zaxirasi (XZZ);
sodir bo’lgan, lekin xabar qilinmagan zararlar zaxirasi (SXZZ).
6. Sug’urtalovchi Davsug’urtanazorat bilan kelishilgan holda
qo’shimcha ravishda:
ogohlantirish chora-tadbirlari zaxirasini (OChZ);
falokatlar zaxirasini (FZ);
zararlilikning tebranishi zaxirasini (ZTZ);
aktivlarning nomuvofiqligi zaxirasini (ANZ);
sug’urta faoliyatini amalga oshirish bilan bog’liq bo’lgan
boshqa turdagi sug’urta zaxiralarini tashkil etishi mumkin.
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirining 2008 yil 26
dekabrdagi 120-
son buyrug’i bilan “Biznes sohasi uchun sug’urta
xizmatlari ko’rsatishning yagona talablari va standartlari to’g’risidagi
Nizom” tasdiqlangan. Bu Nizom O‘zbekiston Respublikasi Adliya
vazirligi tomonidan 2009 yil 28 yanvarda 1891-soni bilan davlat
ro’yxatidan o’tkazilgan. Mazkur Nizom O‘zbekiston Respublikasi
Prezidentining
2007 yil 10 apreldagi “Sug’urta xizmatlari
bozorini yanada isloh qilish va rivojlantirish chora-tadbirlari
to’g’risida”gi PQ-618-sonli qaroriga muvofiq biznes sohasi uchun
sug’urta xizmatlari ko’rsatishning yagona talablari va standartlarini
belgilaydi.
Ta’kidlash lozimki, biznes sohasi uchun sug’urta xizmatlarini
ko’rsatish deganda tadbirkorlik xavflarini sug’urtalash shartnomalari
bo’yicha sug’urta himoyasini taqdim etish tushuniladi. Mazkur Nizom
bilan belgilangan yagona talablar biznes sohasi uchun sug’urta
xizmatlarini taqdim etayotgan sug’urtalovchilar uchun majburiydir.
Biznes sohasi
uchun sug’urta xizmatlari ko’rsatishning standartlari
standart tushunchalar va sug’urta xizmatlari ko’rsatishning standart
shartlaridan iboratdir. Sug’urta xizmatlari ko’rsatishning standartlari,
agar qonun hujjatlarida yoki sug’urta shartnomasida boshqacha
qoida nazarda tutilmagan bo’lsa, biznes sohasi uchun sug’urta
xizmatlarini ko’rsatishda qo’llaniladi.
Sug’urta
shartnomasi
tuzilayotganda
sug’urtalovchi
iste’molchiga (tadbirkorlik xavfini sug’urtalash shartnomasini
tuzmoqchi bo’lgan yuridik shaxs yoki yakka tartibdagi tadbirkorga)
quyidagilar haqida haqqoniy va to’liq axborotni taqdim etishi shart:
a)
sug’urtalovchi haqida (oshkora axborotni);
b)
sug’urtalovchi nomidan va topshirig’iga binoan faoliyat
ko’rsatayotgan sug’urta vositachilari (sug’urta agentlari) haqida
(agar iste’molchi tomonidan bunday talab mavjud bo’lgan taqdirda);
v) sug’urta xizmati, ya’ni uning narxi (sug’urta mukofoti),
qoplamasi, shartlari, xizmatning maqsadlari, tavakkalchilik omillari,
kafolatlar, maxsus istisnolari va h. k. haqida;
g)
sug’urta xizmatining iste’molchi uchun afzalliklari va
kamchiliklari haqida;
d)
sug’urtalovchi va sug’urta qildiruvchining majburiyatlari
haqida;
e)
sug’urta mukofotlari (badallari) va mablag’larning
kutilayotgan qaytarilishi haqida (qo’llanilishi mumkin bo’lganda);
j)
sug’urta da’volarini hal etish tartibi va sug’urta
shartnomasining boshqa shartlari haqida.
Sug’urtalovchi taqdim etayotgan axborot barcha muhim
shartlar (pozitsiyalar) bo’yicha aniq va ravshan, yanglishtirmaydigan,
oson tushuniladigan va yozma shaklda yoki tegishli elektron
tashuvchilarda bo’lishi shart.
2009 yilning 7 aprelidagi O‘zbekiston Respublikasi moliya
vazirligining buyrug’iga asosan “Aktuar xizmatlarni ko’rsatish tartibi
to’g’risida Nizom” tasdiqlangan va bu hujjat 2009 yilning 26 iyunida
Adliya vazirligida 1975-
son bilan ro’yxatga olingan. O‘zbekiston
Respublikasining “Sug’urta faoliyati to’g’risida”gi Qonuniga muvofiq
sug’urta tashkilotlari bir yilda bir marta moliya yili yakunlangandan
so’ng keyingi yilning olti oyi ichida aktuar tashkilotining kuzatuvidan
o’tishlari shart. Aktuar kuzatuvi deganda sug’urta voqeasi yuz
berishining matematik jihatdan ehtimolligi hisob-kitobini amalga
oshirish, takroriylik va zarar etkazilish oqibatlarining og’irlik
darajasini aniqlash, su
g’urta zaxiralarini hisob-kitob qilish, sug’urta
jarayonini tashkil etish uchun zarur xarajatlar hajmini aniqlash,
sug’urta xizmatlari tannarxini hisob-kitob qilish, sug’urtaning (qayta
sug’urta qilishning) har bir turi bo’yicha tarif stavkalarini belgilash,
investitsiya faoliyati natijalarini baholash, daromadlarni sug’urtaning
(qayta sug’urta qilishning) har xil turlari bo’yicha rejalashtirish va
boshqa aktuar xizmatlarini ko’rsatishni o’zi ichiga oluvchi aktuar
xizmatlari majmuasi tushuniladi.
Ta’kidlash lozimki, O‘zbekiston Respublikasi moliya vazirligi
tomonidan tasdiqlangan va milliy sug’urta bozorini tartibga solishga
qaratilgan barcha me’yoriy-huquqiy hujjatlar ustida atroflicha
to’xtalib o’tishning imkoniyati mavjud emas. Shu sababli, ayrim
me’yoriy-huquqiy hujjatlarning mazmun-mohiyati va ahamiyatiga
e’tiborni qaratdik.
Dostları ilə paylaş: |