Umuman
olganda,
davlat
krediti
boshqa
moliyaviy
kategoriyalardan
o’zining qanday xarakterli xususiyatlari bilan
farqlanadi?
Davlat krediti qanday funksiyalarni bajaradi?
Davlat kreditini taqsimlash funksiyasining mazmuni nimadan
iborat?
Davlat kreditining tartibga solish funksiyasini xarakterlovchi
misollar keltiring.
Iqtisodiyotni tartibga solish vosita sifatida davlat kreditidan
ongli ravishda foydalanish nimalarni anglatadi?
Davlat krediti nazorat funksiyasining mazmuni nimadan iborat
va u kimlar tomonidan amalga oshiriladi?
Davlat kreditining nazorat funksiyasi
qanday xarakterli
belgilarga ega?
Davlat krediti qanday belgilarga ko’ra klassifikatsiya qilinadi?
Emitentlar
bo’yicha davlat krediti qanday guruhlarga bo’linadi?
Joylashtirilish joyiga qarab davlat krediti nimalardan tashkil
topadi?
Bozorda
aylanishiga
qarab
davlat
kreditining
tarkibi
nimalardan iborat
bo’ladi?
Bozorli va bozorsiz qarzlar deyilganda nimalar nazarda
tutiladi?
Mablag’larni jalb qilish muddatiga ko’ra davlat krediti qanday
guruhlarga
bo’linadi?
Qarz majburiyatlarining ta’minlanganligiga
qarab davlat krediti
nimalardan tashkil topadi?
Garovli va garovsiz obligatsiyalar nimalari bilan farqlanadi?
To’lanadigan daromadning xarakteri bo’yicha davlat krediti
qanday klassifikatsiya qilinadi?
Yutuqli obligatsiyalar
bo’yicha daromadlarning to’lanishi
nimalar asosida amalga oshiriladi?
Nol kuponli obligatsiyalar deyilganda nima tushuniladi?
Davlatning qanday qarziy instrumentlari kuponlarga ega emas?
Daromadlarni aniqlash metodiga
ko’ra davlat krediti qarz
majburiyatlarining qanday turlaridan iborat?
Qarz
chiqarilgan
paytda
belgilangan
qarzni
qaytarish
muddatlariga qat’iy rioya qilish bo’yicha qarzdorning majburiyatlariga
muvofiq davlat krediti qarziy majburiyatlarning qanday
ko’rinishlaridan
tarkib topadi?
Qarzlarni qaytarishning qanday usullari bo’lishi mumkin?
Keng va tor ma’noda davlat
kreditini boshqarish deb
nimalarga aytiladi? Ular nimalari bilan farq qiladi?
Davlat kreditini boshqarish jarayonida qanday vazifalarni
yechish ko’zda tutiladi?
Davlat kreditini boshqarish qanday organlar tomonidan
amalga oshirilishi mumkin?
Uni tezkor boshqarish kimning rahbarligi va hamkorligida
ta’minlanadi?
Davlat tomonidan qanday faoliyat amalga oshirilishi natijasida
davlat qarzi vujudga keladi?
Davlat qarzi deb nimaga aytiladi?
Joylashtirilish joyiga qarab davlat qarzlari qanday qarzlarga
bo’linadi?
Davlatning ichki va tashqi qarzlari
deb nimalarga aytiladi va
ular nimalari bilan farqlanadi?
Amaldagi tartibga muvofiq davlat tomonidan ichki va tashqi
mablag’larni (qarzlarni) jalb qilish qanday maqsadlar uchun amalga
oshirilishi mumkin?
Davlat tomonidan ichki va
tashqi qarz mablag’larini jalb qilishda
qarziy majburiyatlarning qanday turlaridan foydalanish mumkin va
ularning asosiylari va muhimlari tarkibiga nimalar kiradi?
Amaliyotda qarz
mablag’larini jalb qilish, asosan, qanday yo’llar
bilan amalga oshiriladi?
Davlatning qimmatli qog’ozlar bozori qanday vazifalarni
bajarishga imkon beradi?
Garant (kafillik) deyilganda nima tushuniladi?
Nimalar bo’yicha qarzlari bo’lgan sub’yektlarga kafolatlar
(kafillik) berilmaydi?
Jismoniy shaxslarning majburiyatlari bo’yicha O‘zbekiston
Respublikasining kafolatlari beriladimi?
Rezident-
yuridik
shaxslarning
majburiyatlari
bo’yicha
O‘zbekiston Respublikasining kafilliklari
qanday organ tomonidan
sodir etiladi?
Davlatning ichki kreditlari qanday ko’rinishlarga ega?
Byudjet kreditlari va byudjet ssudalari nima, ular bir-birlaridan
nimalari bilan farqlanadi?
Byudjetdan qarz mablag’larini oluvchilar sifatida kimlar
maydonga chiqishi mumkin?
Loyihalarni tanlovga taqdim etish jarayonida byudjetning
markazlashtirilgan
investitsion
resurslarini
tanlov
asosida
joylashtirishda investitsion loyihalarning
samaradorligini baholashda
talab qilinadigan hujjatlarga qo’shimcha ravishda yana nimalar
taqdim qilinishi lozim?
O‘zbekiston Respublikasida davlat qarzini boshqarishning oliy
organi kim va u nimalarning umumiy miqdorini belgilaydi?
U yoki bu ko’rinishdagi qimmatli qog’ozlarni chiqarishning
chegaraviy hajmini kim o’rnatadi va hozirgi kunda u qancha qilib
belgilangan?
Davlat ichki va tashqi qarzlarini boshqarishni optimallashtirish
uchun qanday dasturlarni ishlab chiqmoq maqsadga muvofiq?
Tashqi qarzlarni olish davlat dasturida qarzlar qanday
guruhlarga bo’lib, aks ettiriladi?
Davlat ichki va tashqi qarzlarini boshqarishni optimallashtirish
uchun ishlab chiqilgan
dasturlarda alohida-
alohida nimalar o’z
ifodasini topishi kerak?
O‘zbekiston
Respublikasi
nomidan
davlat
qimmatli
qog’ozlarining yagona emitenti kim hisoblanadi?
Davlat ichki qarzlariga xizmat qilish bo’yicha bosh vakil
funksiyasini kim bajaradi?
Hozirgi amaliyotda davlat qimmatli qog’ozlarini tartibga solish
choralarini shartli ravishda qanday guruhlarga ajratish mumkin?