T. Malikov O. Olimjonov moliya


Davlat byudjeti xarajatlari



Yüklə 3,97 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə276/323
tarix30.09.2023
ölçüsü3,97 Mb.
#150845
1   ...   272   273   274   275   276   277   278   279   ...   323
Мoliya. Darslik. T.Malikov, O.Olimjonov. Toshkent-2019

Davlat byudjeti xarajatlari 

davlat pul mablag’lari fondini 
taqsimlash bilan bog’liq bo’lgan iqtisodiy munosabatlar; davlat va 
mah
alliy o’z-o’zini boshqarish organlari funksiyalari va vazifalarini 
moliyaviy jihatdan ta’minlashga yo’naltiriladigan pul mablag’lari. 
Tarkibi quyidagilardan iborat: 1) byudjet mablag’lari oluvchilarning 
joriy xarajatlari; 2) joriy byudjet transfertlari; 3) kapital xarajatlar 
(asosiy fondlar va vositalarni davlat ehtiyojlari uchun olish va 
takror ishlab chiqarish, xorijiy mamlakatlarda davlat ehtiyojlari 
uchun er va boshqa mol-mulk olish, davlat ehtiyojlari uchun erga 
bo’lgan huquqni va boshqa nomoddiy aktivlarni olish, davlat 
zahiralarini vujudga keltirish va boshqalar); 4) kapital xarajatlarni 


728 
qoplash uchun yuridik shaxslarga beriladigan byudjet transfertlari; 
5) rezident yuridik shaxslarga va xorijiy davlatlarga beriladigan 
byudjet ssudalari; 6) davlat maqsadli fondlariga beriladigan 
byudjet ssudalari va dotatsiyalari; 7) davlat qarzini qaytarish va 
unga xizmat ko’rsatish bo’yicha to’lovlar; 8) qonun hujjatlarida 
taqiqlanmagan boshqa xarajatlar. 
Davlat byudjeti defitsitini moliyalashtirish 
- davlat 
tomonidan xorijdan va ichki mablag’ni jalb qilish, respublika 
byudjeti mablag’larining moliya yili boshlanishidagi qoldiqlari va 
qonunga muvofiq boshqa manbalar hisobidan moliyalashtiriladi. 
Davlat byudjeti mablag’larini byudjetlar o’rtasida qayta 
taqsimlash 
- 1) quyi byudjetlarga yuqori byudjetlardan byudjet 
subventsiyalari va dotatsiyalari berish; 2) byudjet ijrosi jarayonida 
paydo bo’lgan o’zaro hisob-kitoblar bo’yicha mablag’larni yuqori 
byudjetdan quyi byudjetga, shuningdek, quyi byudjetdan yuqori 
byudjetga yo’naltirish; 3) byudjet ssudalarini ajratish bilan qayta 
taqsimlanadi. Respublika byudjetidan byudjet subventsiyalari va 
dotatsiyalari Qoraqalpog’iston Respublikasi byudjeti, viloyatlar va 
Toshkent shahri byudjetlariga tasdiqlangan Davlat byudjeti 
doirasida ajratiladi. Qoraqalpog’iston Respublikasi byudjeti, 
viloyatlar 
va 
Toshkent 
shahri 
byudjetlaridan 
byudjet 
subventsiyalari va dotatsiyalari tumanlar hamda shaharlar 
byudjetlariga tegishli tasdiqlangan byudjetlar doirasida ajratilishi 
mumkin. Qoraqalpog’iston Respublikasi byudjetida va mahalliy 
byudjetlarda paydo bo’ladigan daromadlar va xarajatlar o’rtasidagi 
vaqtinchalik xazinaviy uzilish naqd pul aylanishi, yuqori 
byudjetlarga beriladigan byudjet ssudalari, foydalanilmagan 
byudjet m
ablag’lari qoldiqlari hisobiga qoplanadi. O‘zbekiston 
Respublikasi 
Vazirlar 
Mahkamasining 
qaroriga 
binoan 
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Qoraqalpog’iston 
Respublikasi 
byudjetida, 
viloyatlar 
va 
Tashkent 
shahri 
byudjetlarida nazarda tutilgan ayrim xarajatlarni maqsadli 
moliyalashtirish uchun quyi byudjetlar hisobiga kiritiladigan 
daromadlarni respublika byudjetiga o’tkazishi mumkin. 

Yüklə 3,97 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   272   273   274   275   276   277   278   279   ...   323




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin