763
solig’ini to’lovchilar hisoblanadi. Yalpi foyda bilan ma’lum
chegirmalar o’rtasidagi farq sifatida hisoblangan foyda soliqqa
tortish ob’yektidir. Foyda solig’i barcha soliqlar to’langandan so’ng
korxona ixtiyoriga qolgan foyda hisobidan to’lanadi.
Fuqarolarning yillik jami daromadi
-
ularning korxonada
olgan pul va natural ko’rinishdagi barcha to’lanmalaridan iborat.
Xorijiy valyutada olingan fuqarolarning daromadi soliqqa tortish
maqsadlari uchun daromad olingan kundagi Markaziy bankning
kursi bo’yicha milliy valyutada aniqlanadi. Fuqarolarning yillik jami
daromadi tarkibiga (soliqqa tortish maqsadlari uchun)
quyidagilar
kiritilmaydi: pensiyalar; davlat ijtimoiy nafaqalari (vaqtinchalik
mehnat qobiliyatini yo’qotganligi uchun nafaqalardan tashqari);
kompensatsion to’lanmalar; moddiy yordam ko’rsatish summalari
(tabiiy ofat munosabati bilan); davlat
zayomi obligatsiyalari va
lotereyalari bo’yicha yuto’qlar; banklar va boshqa kredit
tashkilotlaridagi omonatlar bo’yicha foizlar va boshqalar.
Dostları ilə paylaş: