T. Malikov O. Olimjonov moliya


Transport vositalarining egalaridan olinadigan soliq



Yüklə 3,97 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə312/323
tarix30.09.2023
ölçüsü3,97 Mb.
#150845
1   ...   308   309   310   311   312   313   314   315   ...   323
Мoliya. Darslik. T.Malikov, O.Olimjonov. Toshkent-2019

Transport vositalarining egalaridan olinadigan soliq 
– 
transport vositalariga ega bo’lgan yuridik va jismoniy shaxslar 
tomonidan to’lanadi. Soliqning stavkasi ot kuchida ifodalangan 
dvigatelning quvvatiga bog’liqdir. Uning summasi mahsulotni 
ishlab chiqarish va realizatsiya qilish xarajatlarining tarkibiga 
kiritiladi. 
To’g’ri (bevosita) soliqlar 
– daromad solig’i, foyda solig’i, 
resurs to’lovlari, mol-mulk solig’i va boshqalardan iborat bo’lib, 
ularga egalik qilish va ulardan foydalanish soliqqa tortish uchun 
asos bo’lib xizmat qiladi. 
To’g’ri (bevosita) soliqqa tortish 
shaxsan yoki ish 
beruvchi orqali soliqlarni soliq xizmatlariga to’g’ridan-to’g’ri to’lash 
orqali amalga oshiriladigan jamiyat a’zolarini bevosita soliqqa 
tortishdan iborat. Aniq bir shaxsni
ng ahvoliga bog’liq bo’lmasdan, 
balki uning qanday mahsulotlarni sotib olishiga bog’liq bo’lgan 
egri (bilvosita) soliqqa tortishdan farq qiladi. 
To’lov balansi 

ma’lum bir davr (oy, chorak, yarim yil, yil) 
mobaynida mamlakat tomonidan xorijga to’langan to’lanmalar va 
xorijdan olingan 
to’lovlar o’rtasida nisbat. O‘z ichiga tegishli 


762 
davrda mamlakat tovarlari eksporti va importi qiymatlarini 
ifodalovchi savdo balansini, xizmatlar balansini va notijoriy 
to’lovni oladi. Bularning barchasi joriy operatsiyalar bo’yicha 
to’lov balansini shakllantiradi. Mamlakatning umumiy to’lov 
balansi esa joriy operatsiyalar bo’yicha to’lov balansi, kapitallar va 
kreditorlar harakati balansi, shuningdek, oltin va valyuta rezervlari 
harakati balansidan tashkil topadi. 
To’lov aylanmasi 
– mamlakat iqtisodiyotidagi barcha pulli 
to’lovlar (pul to’lovlarining) majmui (yig’indisi, to’plami). 

Yüklə 3,97 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   308   309   310   311   312   313   314   315   ...   323




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin