soliqlarni joriy etish orqali soliq tizimini o’zgartirish ko’zda tutilgan
edi. Amalda ana shu tadbirlarning barchasi, pul muomalasini
barqarorlashtirish va soliq tizimini
isloh qilishdan tashqari, Oktyabr
davlat to’ntarilishini amalga oshirish jarayonida va undan keyingi
dastlabki yillarda sodir etildi.
Keyingi yillarda V.I.Lenin tomonidan amalga oshirilgan
moliyaviy muammolarning tadqiqi, asosan,
davlat oldida vujudga
kelgan taktik
vazifalar bilan bog’liq edi. Moliyaviy nazorat, yangi
moliyaviy
apparatni
yaratish,
davlatning
moliyaviy
ahvolini
mustahkamlash, pul islohotini o’tkazish va keyingi bosqichlarda
davlatning moliyaviy siyosatini amalga
oshirish masalalari u
tomonidan nisbatan faolroq ravishda ishlab chiqilgan.
V.I.Lenin va XX asrning boshlaridagi boshqa markschi-
olimlarning ishlarini tahlil qilish shuni ko’rsatadiki, ular tomonidan
moliya hamda asosiy moliyaviy kategoriyalarning (soliqlar, byudjet,
davlat krediti va boshqalar) roli va mazmuni yaxlit tarzda tadqiq
etilmagan. Bu o’rinda faqat davlatning moliyaviy xo’jaligini
boshqarish bilan bog’liq bo’lgan bir necha xususiy masalalarning
o’rganilganligini qayd etib o’tish kerak, xolos.
Bularning barchasi Oktyabr davlat to’ntarilishining
dastlabki
davrlarida moliyaviy masalalarni o’rganish undan oldingi davrning
iqtisodchilari (I. Yanjul, I. Ozerov, L. Xodskiy) va ularning izdoshlari
(Ya. Torgulov, I. Kulisher, F. Menkov) asarlariga
asoslanishiga olib
keldi. Moliya fanining bunday ahvoli 1920-
yillarning o’rtalarigacha
davom etdi.
Dostları ilə paylaş: