T. Malikov O. Olimjonov moliya



Yüklə 3,97 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə43/323
tarix30.09.2023
ölçüsü3,97 Mb.
#150845
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   323
Мoliya. Darslik. T.Malikov, O.Olimjonov. Toshkent-2019

Sovet moliya fani
. Iqtisodiyot va moliyani boshqarishning 
direktiv metodlariga
o’tilishi munosabati bilan moliya xususidagi 
ilmiy tasavvurlarni unifikatsiya qilish va tartibga keltirish, ularni sinfiy 
kurash manfaatlariga bo’ysundirish zaruriyati paydo bo’ldi. SSSR 
moliyasi to’g’risidagi fanning yaratilishi buning natijasi bo’lib, unda 
sovetlar moliyasining kapitalistik davlatlar moliyasidan ustunligi 
ko’rsatildi. Bu fanning oyoqqa turish davri nisbatan uzoq vaqtni talab 
etib, 1920-yillarning oxiridan 1950-yillarning boshigacha davom etdi. 
Birinchi davrda (1926-1931 yillar), asosan, birinchi besh yillik 
rejaning bajarilishi jarayonida vujudga kelgan moliyaning xususiy 
masalalari ishlab chiqild
i. Bir vaqtning o’zida, moliyaning sotsialistik 
amaliyotdagi yangi voqeliklarini umumlashtirishga ham harakat 
qilindi. Bunday ishlar qatoriga D. Kuzovkov, G. Tiktina, A. 
Bukovetskiylarning ishlarini va, ayniqsa, 
muallifning o’zi tomonidan 
“markscha darslik” deb e’tirof etilgan D. Bogolepovning “Moliya 
fanining qisqacha kursi” darsligini ko’rsatish mumkin. 


Sotsialistik atamalardan, so’z va iboralardan keng foydalangan 
bo’lishiga qaramasdan D. Bogolepov moliyasining mazmuni “jamoa 
ehtiyoj
larini qondirish” nazariyasidan kelib chiqadiki, uning 
tarafdorlari, 
yuqorida 
qayd 
etilganidek, 
Oktyabr 
davlat 
to’ntarilishigacha bo’lgan rossiyalik iqtisodchilar edi. Bularning 
hammasi moliya nazariyasining biror-bir ishlanmasi rasmiy jihatdan 
e’tirof etilmasligiga va qo’llab-quvvatlanmasligiga olib keldi. Bu o’sha 
davr SSSR tarixiy taraqqiyotiga xos holat edi. 
Sovet moliya fani taraqqiyotining ikkinchi davri (1931-1956 
yillar) moliyaning predmetiga nisbatan yagona qarashlarning 
shakllanganligi bilan xarakterlanadi. Ilmiy asarlarida moliyaning 
nazariy asoslarini: moliyaning mohiyati, funksiyalari va ijtimoiy takror 
ishlab chiqarishdagi roli, milliy daromadni taqsimlashda moliyaning 
o’rni, moliyaviy tizimning tarkibi va boshqa shunga o’xshash bir 
qancha masa
lalarni ishlab chiqqan V. D’yachenko bu davrning 
klassikiga aylandi. U birinchi bo’lib moliyaga markscha ta’rif berdi. 
Berilgan ta’rif quyidagicha edi: “Daromadlar va jamg’armalarni rejali 
taqsimlash orqali davlatning funksiyalari va vazifalariga muvofiq 
ravishda uning markazlashtirilgan va markazlashtirilmagan pul 
fondlarini shakllantirish va ulardan foydalanishni ta’minlaydigan pul 
munosabatlari tizimiga sotsialistik davlatning moliyasi deyiladi”
57
(tarjima - mualliflarniki). 
V.D’yachenkoning 
asarlari 
birinchi 
rasmiy 
darsliklar 
hisoblangan “SSSR moliyasi” (1933 yil) va “SSSR moliyasi va 
krediti” (1940 yil) darsliklari uchun asos bo’lib xizmat qildi. 
V.D’yachenkoning moliya nazariyasiga oid umumiy qarashlari uning 
“Sovetlar moliyasining mohiyati va funksiyalari to’g’risidagi 
masalalarga doir” asarida aks ettirilgan. 
Bu davrda moliya fanining amaliy masalalarini tadqiq qilish, 
asosan, 
ikki 
yo’nalishda 
amalga 
oshirildi: 
1) 
moliya 
kategoriyalarining taraqqiyot tarixini o’rganish. Bu ro’yxatga 
K.Plotnikovning 
byudjet tarixiga bag’ishlangan, A.Zverev va 
N.Voznesenskiylarning Ulug’ Vatan urushi davrida moliyaning 
rivojlanishini yoritgan kitoblarini kiritish mumkin; 2) moliyaviy 
amaliyotni yoritib bergan ishlar. Bular, asosan, yozma bayon etish 
xarakteriga ega bo’lib, moliyaviy ta’lim tizimida faol foydalanilgan. 
Iqtisodiy nazariyada qotib qolgan voqeliklarga barham berilishi 
sovet moliya fanida ham yakkafikr hukmronligiga yakun yasadi. 
1950-yillarning oxiri va 1970-
yillarning boshlarini o’z ichiga olgan 


57
Qarang: D’yachenko V.P. Voprosi teorii finansov. – M.: Finansi, 1957. 
s.68-69. 


davrda moliya nazariyasiga bag’ishlangan iqtisodchi olimlarning 
qator ishlari paydo bo’ldi. Ularning orasida A.Aleksandrovning 
“Sotsializm moliyasi” (1965 yil), A.Birmanning “Sovet moliya 
nazariyasining ocherklari” (1968, 1972 va 1975 yillardagi uch 
nashri), E.Voznesenskiyning “Sotsialistik moliya nazariyasining 
munozarali masalalari” (1969 yil), G.Tochilnikovning “Sotsialistik 
moliya” (1974 yil) kabi asarlari alohida o’ringa ega. Shu davrning 
o’zida “SSSR moliyasi” va “SSSR moliya va krediti” o’quv fanlari 
bo’yicha bir necha darsliklar va o’quv qo’llanmalari nashrdan 
chiqadiki, ularning orasidan M.Shermenyov tahriri ostida 1977 yilda 
e’lon qilingan “SSSR moliyasi” darsligini alohida qayd etish lozim. 
Moliya nazariyasi masalalari bo’yicha munozaralarning 
mohiyati kengaytirilgan takror ishlab chiqarish tizimida moliyaning 
o’rnini aniqlashga borib taqaladi. O‘sha davrda moliya sohasida 
ishlab chiqilgan turli kontseptsiyalarning mualliflari ikki guruhga 
bo’linadi. Birinchi guruh mualliflarining fikricha, moliyaning o’rni - bu 
faqat noekvivalent xarakterga ega bo’lgan pul mablag’larini 
taqsimlash tizimidir. Ana shundan kelib chiqqan holda, moliya faqat 
bilvosita va taqsimlash orqali moddiy boyliklarni ishlab chiqarish, 
almashuv va iste’mol munosabatlariga o’z ta’sirini ko’rsatadi. Bu 
guruhga kiruvchi olimlarning yorqin namoyondalari V.D’yachenko, 
G.Tochilnikov va M.Shermenyov edilar. 
E.Voznesenskiy, A.Aleksandrov, A.Birman va boshqalardan 
iborat bo’lgan olimlarning ikkinchi guruhi bu masalaga nisbatan 
boshqacha qarashga ega bo’lgan. Bu guruhga kiruvchi olimlarning 
fikricha, moliyaviy munosabatlarning mohiyatini takror ishlab 
chiqarishning barcha to’rt bosqichi yoki uning bir necha bosqichi 
belgilab beradi. Bunday yondoshuv moliyaning kengaytirilgan 
kontseptsiyasi, deb e’tirof etildi. 
Moliya 
nazariy 
kontseptsiyasi 
asosidagi 
ana 
shunday 
farqlardan 
kelib 
chiqqan 
holda 
olimlarning 
moliyaviy 
munosabatlarning o’ziga xos xususiyatlari, moliyaning funksiyalari, 
moliyaning chegaralari, moliyaviy tizimning tarkibi va boshqa shunga 
o’xshash bir necha xususiy masalalarga nisbatan qarashlari ham 
turlicha 
bo’lgan. 
Moliya nazariyasining rivojlanishi bilan bir vaqtning o’zida 1950- 
yillarning oxiri va 1960-yillarning boshlarida printsipial jihatdan yangi 
ko’rinishga ega bo’lgan amaliy moliyaviy tadqiqotlar ham paydo 
bo’ldi. Agar 1930- va 1950-yillarning boshlarigacha amaliyotda 
moliyaviy munosabatlarni tashkil etish masalalariga bag’ishlangan 
ishlar, asosan, mavjud holatni yozma bayon etish yoki maqtash 


xarakteriga ega bo’lsa, 1960-yillarda boshlangan xo’jalik islohotidan 
keyin tanqidiy xarakterga ega bo’lgan va alohida moliyaviy 
instrumentlarni takomillashtirish bo’yicha ishlanmalarga ega muhim 
ishlar e’lon qilina boshlandi. Bunga misol qilib, birinchi navbatda, 
A.Birmanning kitoblarini ko’rsatish mumkin. Uning kitoblarida sovet 
moliya fanida ilk marta korxonalar moliyasining masalalari yuqori 
darajada tadqiq qilindi. Shuningdek, uning asarlarida birinchi marta 
xo’jalik hisobi sharoitida moliyaviy kategoriyalardan foydalanish 
masalalari ishlab chiqildiki, ular muallif talqinida sotsializm sharoitida 
bozor xo’jaligining elementlariga ega edi. 
Shu davrda moliyaviy resurslar va korxonalar moliyasini 
boshqarishning mazmunini birinchi marta o’rganishga kirishildi. 
A.Birmanning ishlari 1960-1980-yillardagi olimlarning (P.Bunich, 
G.Bazarova, 
V.Senchagov, 
S.Sitaryan, 
M.Romanovskiy, 
V.Kolesnikov, P.Jevtyak, D.Molyakov va boshqalar) ishlarida 
kor
xonalar moliyasini tadqiq etishda o’ziga xos turtki bo’ldi. 
Byudjet sohasining muammolarini tadqiq etish bu davrda ikki 
yo’nalishda amalga oshirildi: 1) byudjet daromadlari va 
xarajatlarining rivojlanishi; 2) mahalliy byudjetlarni tashkil etish. 
Biroq, shu davrlarda byudjet masalalarini kompleks tadqiq etishni 
moliya fanida hukmronlik qilgan ma’lumotlarning etarli emasligi va 
g’oyaviy qotib qolishlarning mavjudligi ancha murakkablashtirgan 
edi. Bu davrdagi davlat byudjetiga bag’ishlangan yirik izlanishlar 
qatoriga G.Rabinovich, S.Sitaryan, Ya.Liberman, V.Rodionova va 
L.Pavlovalarning ishlarini kiritish mumkin. 
Sug’urta ishiga nisbatan davlat monopoliyasining mavjudligi 
sug’urta masalalarini o’rganishga o’zining keskin salbiy ta’sirini 
ko’rsatdi. Bu sohadagi nazariy tadqiqotlar K.Marksning sug’urta 
fondlarining zarurligi, mazmuni va roli to’g’risidagi tasavvurlarini 
interpretatsiya qilishga bag’ishlangan bo’lib, etarli darajada ilmiy 
yangiliklarga ega emas edi. Shu davr sug’urtasining nazariyasi va 
amaliyotini umumlashtirgan L.Motilev, L.Reytman E.Kolomin va 
boshqalarning ishlari birmuncha diqqatga sazovordir. 
Shu 
davrlarda 
xorijiy 
mamlakatlarning 
moliyaviy 
munosabatlarini tahlil va tanqid qilish masalalariga ham katta e’tibor 
qaratilgan edi. Shu munosabat bilan, bir tomondan, kapitalizm 
moliyasining rivojlanishiga bag’ishlangan ishlarni (B.Boldirev, 
L.Drobozina, L.Pavlova, L.Okuneva va boshqalarning asarlarini) 
alohida ajratib ko’rsatish maqsadga muvofiq bo’lsa, ikkinchi 
tomondan, sotsialistik mamlakatlarda moliyaviy instrumentlarning 
rivojlanish tendentsiyalari va o’ziga xos xususiyatlarini tadqiq 


etishga 
bag’ishlangan 
ishlar 
(D.Butakov, 
Yu.Kashin 
va 
boshqalarning asarlari) ham diqqatga sazovor bo’lganligini e’tirof 
etish zarur. 
Rossiya moliya fanining hozirgi holatiga tavsif-noma bera 
turib, qayd etish kerakki, ayni davrda bu sohaga bag’ishlangan 
chuqur nazariy va amaliy ishlar paydo bo’lmoqda. Mualliflarning 
ko’pchiligi bozor iqtisodiyoti sharoitida moliyaning metodologik va 
metodik masalalarini tadqiq etishmoqda, ayrimlari davlat byudjeti va 
mahalliy byudjetlar daromadlari va xarajatlari muammolarini 
o’rganishmoqda, boshqalari xo’jalik yurituvchi sub’yektlarning 
moliyasi, xalqaro moliyaviy munosabatlar kabi mavzular bilan 
shug’ullanishmoqda. Shu bilan birgalikda yana shuni ta’kidlash 
lozimki, mazkur darslikda Rossiya Federatsiyasi olimlarining moliya 
sohasidagi ayni davrdagi ilmiy izlanishlari chuqur tahlil etilmadi. 
Buning sababi bugun Rossiya va O‘zbekiston moliya tizimlarining 
bir-biridan farq qilishlari tufayli rus olimlari asarlarining biz uchun 
ahamiyati oldingidan ancha pasaydi. 

Yüklə 3,97 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   323




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin