T. Malikov O. Olimjonov moliya



Yüklə 3,97 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə52/323
tarix30.09.2023
ölçüsü3,97 Mb.
#150845
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   323
Мoliya. Darslik. T.Malikov, O.Olimjonov. Toshkent-2019

(T : A) 
nisbati xo’jalik faolligi 
koeffitsientini ko’rsatadi. Bu koeffitsient aktivlarning aylanuvchanligi 
(yoki aktivlar-
ning yillik o’rtacha qiymatiga to’g’ri keluvchi bir so’mlik 
tushum hajmi)ni aks ettiradi, tahlil davridagi aktivlar aylanmasining 
sonini xarakterlaydi. Aktivlar qancha ko’p aylansa, ularning 
rentabelligi shuncha yuqori bo’ladi. 
(A : O‘k) 
nisbati esa bir so’mlik 
o’z kapitaliga to’g’ri keluvchi aktivlarning umumiy miqdorini 
ko’rsatadi. Bir so’mlik o’z kapitaliga to’g’ri keluvchi aktivlar qanchalik 
ko’p bo’lsa, rentabellik darajasi shuncha yuqori bo’ladi. Bu 
ko’rsatkich XYuSning moliyaviy faolligini, uning aylanma (aktivlar)ga 
kapitalning qo’shimcha manbalarini jalb qilish borasidagi mahoratini 
aks ettiradiki, bu narsa tushum hajmi va XYuS daromadliligini 
oshirishga imkon beradi. 


Yuqoridagi formulada keltirilgan ko’rsatkichlarning o’zaro 
bog’liqligini XYuSning moliyaviy siyosatini isloh qilishni asoslab 
berishda foydalanish mumkin. Chunki formuladagi ko’rsatkichlar 
XYuS yakuniy natijalarining aktivlardan foydalanish darajasi
ularning 
aylanish 
tezligi, 
sotish 
hajmi 
va 
sotilayotgan 
mahsulotlarning daromadliligi, ya’ni moliyaviy-xo’jalik faoliyatining 
barcha asosiy parametrlari bilan o’zaro bog’liqligini ifoda-laydi. 
Bularning barchasi istiqbolga mo’ljallangan biznes-rejani ishlab 
chiqish uchun asos bo’lishi, shuningdek, investitsion-innovatsion 
biznes-loyihalarni asoslashda xizmat qilishi mumkin. 
XYuS aktivlarining takror ishlab chiqarishdagi rolini baholash 
uch
un xo’jalik faolligi koeffitsientidan foydalanish maqsadga 
muvofiq. Bu koeffitsient XYuSga tegishli bo’lgan tushumning barcha 
aktivlarning o’rtacha qiymatiga nisbati bilan aniqlanadi. Uni formula 
shaklida quyidagicha ifodalash mumkin: 

Yüklə 3,97 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   323




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin