Moliyaviy menejerlarning yuqori kasbiy darajasi XYuSning
moliyaviy
barqarorlik
darajasini
oshirish
zaxiralari
barcha
ko’rinishlarini qidirib topish va amalga oshirishning asosiy shartidir.
Savodsizlik bilan qabul qilingan moliyaviy qarorlar (mamlakatimizda
ayrim XYu
Slar faoliyatida bunday qarorlar ko’p uchrab turadi)
makro-
va mikro darajada juda katta hajmdagi yo’qotish (zarar)larga
olib keladi. Shuning uchun ham kadrlarning
malakasini oshirish va
xodimlarda
zamonaviy
intellektual
salohiyatni
shakllantirish
kompaniyalar tomonidan murakkab zamonaviy moliyaviy-iqtisodiy
muammolarni yechishning o’ta muhim sharti hisoblanadi.
Moliyaviy rezervlar XYuS iqtisodiyotining yagona kompleks
sifatida rivojlanishi bilan uzviy bog’langan. Xomashyo va
materiallarni iste’mol qilishdagi o’zgarishlar, mehnat unumdorligining
o’sishi
yoki kamayishi, asosiy fondlardan foydalanishning
yaxshilanishi yoki yomonlashuvi va h.k.
– bularning barchasi
kompaniyaning daromadi darajasini,
uning moliyaviy ahvolini
aniqlab beradi. Xuddi shu holat bozor iqtisodiyoti muhim omillaridan
baho, raqobatchilarning paydo bo’lishi, xo’jalik va boshqa risk-
larning o’zgarishiga ham tegishlidir. Moliyaviy natijalar xo’jalik
faoliyatining yakuniy natijasini ifodalaydi va u doimiy ravishda ichki
va tashqi omillarnin
g ta’siri ostida bo’ladi.
XYuS moliyaviy barqarorligining
ichki rezervlari, asosan,
taraqqiyotning ishlab chiqarish, tashkiliy va inno-vatsion-investitsion
omillari bilan bog’liq bo’ladi.
Moliyaviy
barqarorlikning
tashqi
rezervlari
esa
bozor
kon’yunkturasi, XYuSning marketing va baho strategiyasi,
soliqqa
tortishni optimallashtirish, hisob-kitoblarning samarali tizimini tashkil
etish, bank kreditlari va kreditorlik qarzlari ko’rinishidagi qarz
mablag’larni jalb qilishdan foydalanish va h.k.lar bilan bog’liq. Bir
vaqtning o’zida XYuSga tushumlarning o’z vaqtida tushishiga va
debitorlik qarzlarining kamayishiga
erishish hamda kreditorlik
qarzlaridan kapitalning manbai sifatida faol foydalanish ham kerak
bo’ladi.
Moliyaviy zaxiralarni izlab topish va ularni amalga oshirishning
asosiy yo’nalishlari orasida XYuSning mol-mulkidan yanada
samaraliroq foydalanishni alohida ajratib ko’rsatish
maqsadga
muvofiq. Bu yerda buning asosiy ko’rsatkichi aktivlarning rentabelligi
hisoblanib, uni quyidagicha hisoblash mumkin:
Dostları ilə paylaş: