O н = A хў - A бў x (R ж : R ў ), Bu yerda:
O н -
aylanma mablag’larning nisbiy ozod
bo’lishi;
A хў - tahlil qilinadigan davrdagi aylanma
mablag’larning haqiqiy miqdori (yillik
o’rtachasi);
A бў -
bazis (o’tgan) davrdagi aylanma
mablag’larning miqdori (yillik o’rtachasi);
R ж - hisobot (joriy) davrda realizatsiya
qilingan mahsulotlar hajmi;
R ў -
o’tgan (bazis) davrda realizatsiya qilingan
mahsulotlar hajmi.
Aylanma mablag’larning aylanuvchanligini tezlash-tirish XYuS
moliyaviy holatini mustahkamlashning muhim rezervi hisoblanadi.
Buning natijasida iqtisod qilingan
mablag’lar investitsiyalarga,
innovatsion
faoliyatga,
aktiv-larning
tarkibiy
tuzilishini
takomillashtirishga va h.k.larga yo’naltirilishi mumkin.
Moliyaviy
rezervlarni
jalb qilishda moliyaviy leverijdan
foydalanish katta ahamiyatga ega. Kompaniyaning aylanmasiga turli
shakllarda qarz mablag’larni jalb qilish evaziga rentabellikning
o’sishiga moliyaviy leverij deyiladi. Moliyaviy leverij XYuS qarz
kapitalining XYuS o’z kapitaliga nisbatini ko’rsatuvchi moliyaviy
faollik koeffitsienti orqali ifodalanadi. Uni formula orqali quyidagi
tarzda ko’rsatish mumkin:
K мф = K q : K ў Bu yerda:
K мф - moliyaviy faollik koeffitsienti yoki
moliyaviy leverij;
K q - qarzga olingan kapital;
K ў -
o’z kapitali.
Bu ko’rsatkich ko’pchilik hollarda moliyaviy richag (dastak)
ko’rsatkichi deb ham yuritiladi va bunda qo’shimcha qarz kapitalni
jalb qilishning richagi (dastagi) bo’lib kompaniyaning o’z kapitali
maydonga chiqayotganligi nazarda tutiladi. Bank ssudalari va
kreditorlik qarzlari ko’rinishlarida jalb qilingan qarz kapitaldan
foydalanish ular jalb qilingunga qadar erishilgan rentabellik