Исследование в XXI веке декабрь, 2022 г 180 maktabgacha yoshdagi bolalarni milliy va umuminsoniy qadriyatlar



Yüklə 0,77 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/5
tarix30.09.2023
ölçüsü0,77 Mb.
#150874
növüИсследование
1   2   3   4   5
Xolmatova Fotima Baxtiyor qizi


часть
1
 
«
Новости
образования

исследование
в 
XXI 
веке
»
декабрь
, 2022 
г 
183 
ijobiy javob bera olmaymiz. Chunki hozirgi axborotlashgan jamiyatda ota-onalar bolalarga 
ertak aytib berishdan ko’ra ularga telefon yoki planshetlarni berib qo’yishni avzal 
ko’rmoqda. Ota-onalar uchu bu eng oson yo’l bo’lib qolgan. Lekin bu orqali ularga yaxshi 
tarbiya bera olyapmizmikan?! 
Bolalar kelajakda komil inson bo’lib yetishishlari uchun ular avvalo o’zlarining tarixi 
haqida, an’ana va qadriyatlari haqida chuqur bilishlari lozim. Buning eng oson va samarali 
yo’li esa ularni xalq ijodi namunalari bilan tanishtirishdir. Chunki, o’zbek xalq ijodi 
namunalarida xalqimizning o’tmishi, urf-odatlari, qadriyatlari hamda ichki kechinmalari 
bayon etilgan. 
Hattoki yangi tug’ilgan chaqaloqqa alla aytar ekanmiz, uning tinchlanganiga guvoh 
bo’lamiz. Lekin u hali hech bir so’zimizni tushunmaydiku! Nega alla aytganimizda 
tinchlanadi? Chunki onalarimizdan, momolarimizdan meros bo’lib kelayotgan allada keng 
ma’no, orzularimiz hamda ichki kechinmalarimiz mujassam. Ushbu kechinmalar, his-
tuyg’ular farzandlarning ongiga emas balki, qalbiga yetib boradi. 
Shunday ekan maktabgacha yoshda ya’ni 3 yoshdan 7 yoshgacha bo’lgan bola 
tarbiyasida xalq og’zaki ijod namunalaridan foydalansak ikki barobar ko’proq natijalarga 
erishamiz. Chunki u endi go’dak emas, u endi nafaqat qalbi bilan balki ongi bilan, butun 
vujudi bilan eshita oladi. 
Maktabgacha yoshdagi bolalarni vatanparvar, insonparvar, mehnatsevar, ma’nan 
yetuk, axloqan yuksak insonlar bo‘lib voyaga yetishi ko‘p jihatdan oilada va maktabgacha 
ta’lim tashkilotida ularga berilgan mana shu bolalik qo‘shig‘i bo‘lgan folklor asarlaridan 
ta’lim-tarbiya tizimida samarali foydalanishga bog‘liqdir. 
Bu O‘zbekiston Respublikasi Prizidentining «Ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini 
oshirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida» 2019 yil 3 maydagi PQ-4307-son 
qarori ijrosini ta’minlash, shuningdek, yoshlarni mustaqil hayotga dunyoqarashi keng, faol 
fuqarolar etib tarbiyalash maqsadida qabul qilingan ―Uzluksiz ma’naviy tarbiya 
konsepsiyasi» da ham o‘z aksini topgan.
Konsepsiyaning beshinchi bobida aynan maktabgacha ta’lim tizimida uzluksiz 
ma’naviy tarbiyani amalga oshirish, bu davrdan boshlab bolalarda ijobiy xulq motivlarini, 
«O‘zbekiston — mening Vatanim!» tuyg‘usini shakllantirish, ularda davlat ramzlariga 
hurmat hissini tarbiyalash, o‘g‘il bolalarda mardlik, shijoat, milliy g‘urur, qat’iyat, 
tadbirkorlik, oriyat, qiz bolalarda ibo, hayo, qanoat, mehnatsevarlik kabi ma’naviy-axloqiy 
fazilatlarni shakllantirishda «Bola aziz, odobi undan aziz» mavzuida ertak, matal, afsona, 
doston, maqollardan foydalanib, MTT tarbiyachi-pedagoglari va ota-onalar uchun alohida 
uslubiy ishlanmalar ishlab chiqish va amaliyotga tatbiq etish bugungi kunning muhim 
vazifalari sifatida belgilab berildi. Shu o’rinda yuqoridagi fikrdan “Davlat ramzlariga 
hurmat” jumlasiga e’tibor qaratar ekanmiz 21-oktabr yurtimizda “O’zbek tiliga Davlat tili 
maqomi berilgan kun” sifatida keng nishonlanishi ham alohida e’tiborga loyiqdir. 
Shuningdek, o’zbek tili O’zbekiston Davlat ramzlaridan biridir. Aynan shuning uchun ham 
har bir bola unga nisbatan hurmat hissini his qilishi hamda boshqa barcha tillardan ustun 


Международный
научный
журнал

5 (100), 
Yüklə 0,77 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin