Ehtiyojlarni qondirish vositalari va usullari.
Inson fiziologik, ijtimoiy-
iqtisodiy, siyosiy, huquqiy, ruhiy ehtiyojlarga ega ekanligini va bu ehtiyojlar yakka
ehtiyoj, guruhiy ehtiyoj va umumjamiyat exhtiyojlari ko’rinishida namoyon
bo’lishini ko’rib chiqdik. Aytib o’tilgan barcha turdagi ehtiyojlar maqsadga muvofiq
ravishda qondiri-lishini talab qiladi. Har bir hamda ayrim iste’molchiga qoniqish
baxsh etadigan yoki naf keltiradigan tovarlar va xizmatlar sotib olishni va ishlatishni
hohlaydi. Bu tovarlar va xizmatlarning ro’yxati xayron qolarlik darajada xilma xil va
ko’pdir: uy-joy, pal’to, tugma, un, konfet, ip, televizor, ketmon, elektr xizmati,
o’yinchoq, tufli, dasturxon, kitob, shifonner, chelak, kompakt-disk, atir-upa, radio
ta’miri, munchoq, va boshqalar. Kundalik hayotda inson ehtiyojlarini qondirishga
kerakli mahsulotlarni ikki turga ajratadilar:
a) hayotiy ehtiyoj buyumlari (oziq-ovqat, uy-joy, kiyim-kechaklar);
b) zebu-ziynat buyumlari (oltin, qimmatbaho buyumlar, shirinliklar, ondatra
telpagi, norka shubasi, brilliant).
Hayotda shunday o’zgarishlarning guvohi bo’lib turamiz: Ahmadullo uchun
birinchi hayotiy ehtiyoj buyumi bo’lgan narsa (masalan, avtomobil, ondatra telpagi)
bo’lsa Rahmatullo uchun zebu-ziynat buyumi bo’lish mumkin. Yoki bir necha yillar
oldin aholi uchun zebu-ziynat buyumi bo’lgan narsalar keyinroq birinchi hayotiy
ehtiyoj buyumlariga aylanib qolishi mumkin.
Masalan,
yaqin
yillarda
ham
televizor, magnitofon, kiryuvgich, soat, gilam kabilar zebu-ziynat buyumi sanalar
edi. Hozirgi kunlarga kelib ular birinchi hayotiy ehtiyoj buyumlariga aylanib qoldi.
Moddiy ehtiyojlar insonlardan tashqari xususiy korxonalarga, davlat
korxonalari, tashkilotlari va muassasalariga, jamoat tashkilotlariga ham xosdir. Har
bir korxona doimo fan-texnika yangiliklariga, mashina mexanizmlarga, yangi xil
xom-ashyo va yoqilg’iga, energiyaga ehtiyoj sezadi.
Insonlarga xos siyosiy, ma’naviy, ruhiy, huquqiy ehtiyojlarning qondirilishi
ham moddiylik bilan boliq. Siyosiy ehtiyojni qondirish uchun siyosiy gazetalar,
jurnallar, adabiyotlar, majlislarda qatnashish yoki majlislarni o’tkazish uchun
muxtasham binolar, zallar, transport vositalari zarur.
Qisqasi, insoniyat jamiyati ehtiyojlarining asosida moddiylik yotadi. Moddiy
ehtiyojlar cheksiz. Jamiyat iqtisodiy faoliyatining pirovard maqsadi yoki vazifasi —
xuddi shu cheksiz, xilma xil ehtiyojlarni qondirishga intilishdir. Ammo, o’ziga xos
muammo shuki, moddiy ehtiyojlar cheksiz, bu ehtiyojlarni qondirishga kerakli
iqtisodiy resurslar cheklangandir. Inson ehtiyojlarining umumiy hajmi iqtisodiy
resurslar hajmi-ga nisbatan ancha ko’pdir. Shunday ekan, jamiyat hohlagan hajmdagi
tovarlar va xizmatlarni ishlab chiqarish va iste’mol qilish imkoniyatiga hech qachon
erisholmaydi.
Insoniyat jamiyati paydo bo’libdiki, cheksiz moddiy ehtiyojlarni talab
darajasida qondirishga harakat qilib keladi. Yuksalib kelayotgan ehtiyojlarni
qondirishning birdan-bir vositasi ishlab chiqarish ekanligi ming yillar avval ma’lum
bo’lgan. Ming yillardan buyon ishlab chiqarishni tashkil etish va boshqarish
rivojlanib, takomillashib kelmoqda. Bu jarayon davlatni vujudga kelishi bilan yanada
tezlashdi.
Davlatning paydo bo’lishi bilan aholi ehtiyojlarini qondirishning ichki va
tashqi manbalari to’g’risida bosh qotirish boshlandi.
Aholi ehtiyojlarini qondirishning ichki manbai—mamlakat hududidagi
iqtisodiy resurslarni ishga solishi natijasida yaratiladigan boyliklardir. Bu boyliklar
mehnatni tashkil etish va resurslardan samarali foydalanish yo’li bilan yaratiladi.
Bunda inson mehnati unumdorligi juda katta rol o’ynaydi. Mehnat kishilari ishlab
chiqarishga qanchalik faol, samarali faoliyat ko’rsatsa, shunchalik ko’p moddiy
ne’matlar yarati-ladi, resurslar tejaladi va ehtiyojlarni qondirish imkoniyatlari oshadi.
Mehnatni tashkil etish va amalga oshirishda ehtiyoj kishilarni mehnatga jalb
etishning o’ziga xos undovi, boisi (motivatsiyasi) xizmatini bajaradi. Ehtiyoj bor
ekan odamlar ishlashga, moddiy-ma’naviy ne’matlarni yaratishga majburdirlar.
Lekin, odamlar yakka holda, faqat o’z ehtiyojini qondirish uchun harakat qilmaydi.
Har bir inson jamiyatda, odamlar orasida yashaydi, uning taqdiri butun jamiyat
taqdiri bilan bog’langan. Shunday ekan ular ijtimoiy mehnatda qatnashishlari zarur.
Insoniyat jamiyati ijtimoiy mehnatga jalb etishning quyidagi usullaridan
foydalanib kelgan: zulm va kaltak yo’li bilan mehnatga jalb etish, iqtisodiy
chorasizlik yo’li bilan mehnatga jalb qilish; xulq-atvor hohish yo’li bilan mehnatga
jalb etish.
Jamiyat a’zolarini mulkdorlarga va mulksizlarga ajralib qolishi mehnatni
tashkil etish va boshqarishni ancha qiyinlashtirdi. Mulksiz kishilarni ishlab
chiqarishga o’z hohishlari bilan kirib kelishlari va ishlab chiqarish jarayonida ongli
holda, o’zlarida mujassamlangan butun iqtisodiy imkoniyatlarini ishga solib mehnat
qilishdan manfaatdorligi keskin kamaydi.
Sanoat ishlab chiqarishini vujudga kelishi, ishlab chiqarishda mashina mexa-
nizmlardan keng foydalanish—mehnatga bo’lgan talabni qiskartirdi, minglab
million-lab mehnatga yaroqi odamlar ishsiz, shu bilan bir vaqtda tirikchilik
vositalarisiz qoldi. Kapitalizm deb ataluvchi tuzumda mulksizlik va uning oqbatida
kelib chiqqan ochlik, nochorlik mehnat kishilarini ishlab chiqarishga «iqtisodiy
majburlab» olib kirdi.
XX asr — fan-texnika inqilobi asri bo’ldi. Bu asr o’n yilliklarida ishlab chiqa-
rishni
elektrlashtirish,
mexanizatsiyalashtirish,
avtomatlashtirish,
komp’yuterizatsiya-lashtirish ishlari amalga oshirildi, biotexnologiyadan keng
foydalanilmoqda. Har bir ish joyining bahosi beqyos darajada o’sdi. Bu ish joylarida
faoliyat ko’rsatayotgan ishchi-hodimlarning yaratuvchilik imkoniyatlari juda
kengaydi. Mehnatning aksariyat ko’p hissasi murakkab mehnatga, oliy bilim, yuksak
intellektual qobiliyat talab qiladigan aqliy mehnatga, shu bilan birga, katta daromad
keltiradigan mehnatga aylana boshladi.
Yana bir haqiqat shuki, bu asrda ayrim
mamlakatlarning (u kattami, kichikmi, taraqqiy etganmi, kam tarixiy etganmi,
bundan qat’iy nazar) iqtisodiy hayoti xalqaro bozorga bog’liq, bo’lib qoldi. Qaysi
mamlakatda ishlab chiqarilgan tovarlar va xizmatlar haridorgir bo’lsa, bu
mamlakatning jahon bozoridagi ta’sir doirasi kengayib boradi, u oladigan foyda ko’p
bo’ladi, aholi ehtiyojlarini qondirish imkoniyatlari oshib boradi. Albatta, tovarlar va
xizmatlarning sifati va turli-tumanligi va tashabbuskorligiga bog’liq. Har bir ishchi
o’z korxonasini o’z oilasidek qadrlashi, uni rivojlanishi va xalqaro obro’-e’tibor
qozonishi uchun o’z hissasini qo’shishga intilishi kerak.
Bozor iqtisodiyoti qonun-qoidalari asosida borayotgan dunyodagi rivojlangan
mamlakatlarda mulksizlarni mulkdorlarga aylanish jarayoni yuz bermoqda. Bu
mamla-katlarda mehnatga jalb etishning xulq-atvor va hohish yo’lidan foydalanish
boshlandi.
Mamlakat aholisining yuksalib boruvchi ehtiyojlarini qondirishda tashqi
manba-lardan foydalanish tarixi ham o’ziga xosdir. Asrlar davomida kuchli davlatlar
o’zga mamlakatlar hisobiga boyish maqsadida harakat qilib keldi. Insoniyat
qanchadan-qancha mintaqaviy va jahon urushlarining guvoh bo’ldi. Qudratli
armiyalar tashkil etib boshqa mamlakatlar hududlarini bosib olib, behisob o’ljalarni
qo’lga kiritish, mag’lub mamlakatlar xalqlarini asir olib, ular mehnati hisobiga, Shu
mamlakatlardan olinadigan o’lpon va soliqlar hisobiga boyish, o’tmish
imperiyalarining asosiy maqsadi bo’lgan.
Hatto ilmiy yo’nalishga ega bo’lgan buyuk geografik kashfiyotlarning asosiy
maqsadi o’zga yurtlarni bosib olib, boyliklarini o’marish bo’lgan. Ilmiy izlanishlar
olib borish uchun okeanlararo yo’lga chiqqan ulkan kemalarda olimlar bilan birga
kuchli armiya va hisobsiz qurol-yarog’lar suzib borgan. Xalq xo’jaligi davrga kelib
aholi ehtiyojlarini qondirishning tashqi manbaida tub o’zgarishlar yuz berdi. Aytib
o’tganimizdek, mamlakatlar dunyo bozori foydasidan ko’proq hissani egallab
olishlari uchun jahon bozorining kattaroq qismini egallab olishlari kerak. Bunga
jahon bozoridagi raqobatga bardosh bera oladigan yangi, xaridorgir tayyor tovarlar
va xizmatlarni ishlab chiqarish va sotish, o’zga mamlakatlardan arzon narxda
resurslar sotib olish orqali erishiladi. Ehtiyojlarning qondirilishi samarali ishlab
chiqarish bilangina cheklanmaydi. Buning uchun iqtisodiyotnint taqsimlash va
ayriboshlash kabi jihatlari ham maqsadga muvofiq, amal qilish, hayotiy ne’matlar
taqsimlanish va ayriboshlash orqali iste’molchilarga kerakli miqdorda, tarkibda etib
borishi talab qilinadi.
Kishilik jamiyati shaxsiy ehtiyojni qondirishning ikki usulidan foydalanib
kelmoqda:
1. Ehtiyojni natural iste’mol orqali qondirish;
2. Ehtiyojni tovar iste’moli orqali qondirish.
Birinchi usul yaratilgan mahsulotni ishlab chiqarilgan joyning o’zida, uning
egalari tomonidan bevosita iste’mol etilishidir. Dehonchilik mahsuli bo’lgan don,
meva, sabzavot, go’sht, sut kabilarni dehqonning o’zini o’z oilasi bilan iste’mol
etishi bunga misoldir. Ehtiyojning bunday usul bilan qondirilishi quloq iqtisodiyotga,
xususan natural iqtisodiyotga xos bo’lgan.
Bozor iqtisodiyoti sharoitlarida ehtiyojlar tovarlarni sotib olish orqali
qondiriladi. Bu iqtisodiyotda ishlab chiqarish ixtisoslashgan bo’lib, ishlab chiqarilgan
mahsulotlar o’zgalar ehtiyojini mo’ljallaydi va shu sababli bozorga chiqdi. Bozorda
mahsulotlar sotilib, pulga aylanadi tushgan pulga sotuvchi o’ziga kerakli tovarlar va
xizmatlarni sotib oladi va iste’mol qiladi. Bu usul ehtiyojni tovar iste’moli orqali
qondirilishini bildiradi.
Ko’rib o’tganimizdek, cheksiz ehtiyojlarni qondirishining asosiy vositasi ishlab
chiqarishdir, moddiy ne’matlar ishlab chiqarish uchun mehnat qilinadi. Jamiyat
a’zolarining mehnat unumdorligi qanchalik yuqori bo’lsa, shunchalik ko’p moddiy
ne’matlar yaratiladi. Moddiy ne’matlarni ko’p bo’lishi — cheksiz ehtiyojlarni
to’laroq, qondirishga imkon beradi. Kishi mehnati unumdorligi ko’p jihatdan uning
bilimi, kasb-hunari, mehnatga ongli yondashuvi, harakati bilan bog’liq.
O’zbekistonda tarmoqli tizimda amalga oshirilayotgan islohotlarning umumiy
yo’nalishi — barkamol avlodni voyaga yetkazishga qaratilgan. Barkamol inson
ehtiyojlari baland bo’ladi va bu ehtiyojlarni qondirish imkoniyatlari ham yuksakligi
bilan ajralib turadi.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1.
O’zbekiston Respublikasi korxonalar to’g’risida Qonun. 1991 yil 15 fevral
O’zbekiston Respublikasi Qonun va farmonlari. – T. «O’zbekiston», - 1992.
2.
O’zbekiston Respublikasining Kooperatsiya to’g’risidagi 1991 yil 14 iyul
Qonuni. O’zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining axborotnomasi. 1991 yil, 8-
son.
3.
O’zbekiston Respublikasining tashqi iqtisodiy faoliyat to’g’risida 1991 yil 14
iyul Qonun. O’zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi. 1991 yil,
8- son.
4.
Davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish to’g’risida O’zbekiston
Respublikasining 1991 yil 19 noyabr Qonuni. O’zbekiston Respublikasi Oliy
Kengashining axborotnomasi. 1992yil,1- son.
5.
«Xususiy korxonalar to’g’risida» Qonuni. 2003 y. O’zbekiston Respublikasi
Oliy Kengash axborotnomasi. 2004 yil 3- son.
6.
Xo’jalik jamiyatlari va shirkatlar to’g’risida O’zbekiston Respublikasining
1992 yil 9 dekabr axborotnomasi. 1993 yil, 1- son.
7.
Mahsulot
belgilari
va
xizmat ko’rsatish to’g’risida O’zbekiston
Respublikasining 1993 yil, 7 may Qonuni. O’zbekiston Respublikasi Oliy
Kengashining axborotnomasi. 1993 yil, 6- son.
8.
Tovar ishlab chiqaruvchilar va tadbirkorlar palatalari to’g’risida O’zbekiston
Respublikasining 1997 yil 24 aprel Qonuni. O’zbekiston Respublikasi Oliy
Majlisining axborotnomasi. 1997 yil 4-5 son.
9.
Oziq - ovqat maxsulotlarining sifati va havfsizligi to’g’risida O’zbekiston
Respublikasining 1997 yil 30 avgust Qonuni. O’zbekiston Respublikasi Oliy
Majlisining axborotnomasi. 1997 yil 9- son.
10.
Standartlashtirish to’g’risida O’zbekiston Respublikasi 1997 yil, 28 dekabr
Qonuni. O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining axborotnomasi. 1994 yil 2- son.
Dostları ilə paylaş: |