Tovarlar moddiy zahiralar auditi xususiyatlari va undagi audit amallari. Reja: «Ehtiyojlar»


Inson ehtiyojlari cheksiz, ammo bu ehtiyojlarni qondirish uchun zarur



Yüklə 318,76 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/4
tarix30.09.2023
ölçüsü318,76 Kb.
#150920
1   2   3   4
Tovarlar moddiy zahiralar auditi xususiyatlari va undagi audit amallar

Inson ehtiyojlari cheksiz, ammo bu ehtiyojlarni qondirish uchun zarur 
bo’lgan resurslar cheklangan.
Ishlab chiqarish cheklangan resurslar asosida 
cheksiz ehtiyojlarini qondirish imkoniyatlarini inson mehnati va aql-zakovati 
vositasida topish-ga xarakat qiladi. Bu xarakat davomida ishlab chiqarish 
takomillashib, rivojlanib, o’sib boradi. Kundalik ehtiyoj tovarlari va xizmatlarini 
ko’proq, ishlab chiqarilishini ta’min-laydi. Shu bilan birga hali noma’lum, iste’molda 
bo’lmagan yangi-yangi narsalarni yaratib, odamlarga ko’z-ko’z qiladi. Odamlarda 
o’sha narsalarga nisbatan butunlay yangi ehtiyojlar paydo bo’ladi va ishlab 
chiqarishga ushbu narsalardan yanada ko’proq, ishlab chiqarishini so’rab, buyurtma 
beradi. Inson ehtiyojlarini yanada kengayishi va yangilanishi yuz beradi. Xuddi shu 
vaqtning o’zida, yangi, o’sib boruvchi ehtiyojlarni qondirish, yo’lida ishlab chiqarish 
yanada rivojlanadi, kengayadi. Bunday ob’ektiv voqelik ta’sirida kengaygan takror 
ishlab chiqarish va ehtiyojlarni o’sib borishi —umumiqtisodiy qonunlari vujudga 
keladi va amal qilib kelmoqda. Ehtiyojlarning yuksalib borishi qonuniga ko’ra 
jamiyat a’zolarining, butun ahlining ehtiyojlari uzluksiz yuksalib boradi. Ehtiyoj 
miqdori o’sib, tarkiban yangilanib turadi, eski ehtiyojlar o’rniga yangisi keladi. 
Ehtiyojlarning rivojlanib borishi murakkab tarzda yuz beradi. Odamlar ayrim 
narsalarga uzoq vaqtlargacha afzallik beradi va ular ehtiyoj sifatida uzoq saqlanadi. 
Ayrim narsalar esa, yetarli darajada jamiyatda o’rin topmay afzalligini ehtiyojlar 
tarkibidan tushib qoladi. Uchinchi ehtiyojlar, mutlaqo yangisi bilan almashmasdan 
turib rivojlanib, takomillashib borishi mumkin. Bunga misol qilib turar joy binolari, 
oziq-ovqatlar, chorva mollari ehtiyojlarini olsak bo’ladi. Vaqtlar bo’lganki, ot-arava, 
omoch, arifmometr, sham va kerosin lampa, sandal, bo’yra kabilarga ehtiyoj juda 
katta bo’lgan. Yuk mashinalari, poezdlar, traktorlar, elektron hisoblash mashinalari, 
elektr, elektr va gaz plitalari, gilamlarning paydo bo’lishi, ularni ehtiyojlar tarkibidan 
siqib chiqarib, keyingi aytib o’tilgan narsalarga butunlay yangi ehtiyojlarni tarkib 
toptirdi. Eski ehtiyojlar siqib chiqarilib, mutlaqo yangi ehtiyojlar paydo bo’lishini — 
ehtiyojlarning transformatsiyaasi deyiladi. 


Ehtiyojlar zanjirli reaktsiya singari bir-birini taqozo etib o’sib boradi. Bir 
ehtiyoj o’z ketidan boshqa ehtiyojni chaqiradi. Tuzilishi murakkab va iste’moli 
malaka talab qiluvchi mahsulotlarga bo’lgan ehtiyoj ketidan, ularning ishlatilishi 
bilan bog’liq, bo’lgan ehtiyojlar kelib chiqadi. Masalan, avtomobilga ehtiyoj ketidan 
uni garajda saqlash, yonilg’i bilan ta’minlash, ta’mirlash, texnikaviy xizmat 
ko’rsatishdan o’tkazish, avtomobilni boshqarishni o’rganish ehtiyoji kelib chiqadi. 
Ehtiyojlar yuksalishining to’rt jihati bor: 
1. Muayyan ehtiyoj kengayib miqdori o’sib boradi. Ya’ni ehtiyoj saqlanib 
qolgani holda, u ko’payib boradi. Masalan, aholining donga bo’lgan ehtiyoji 1960
yillarda 1 mln. tonna bo’lgan bo’lsa, 2000 yillarga kelib 3,5 mln. tonnaga yetdi. 
2. Mutlaqo yangi ehtiyojlar paydo bo’lib, eskilarini surib qo’yadi, ehtiyojning 
ichki tarkibi — strukturasi o’zgaradi. Masalan, rejali iqtisodiyot barxam topib mulkni 
davlat tasarrufidan chiqarilishi va xususiylashtirilishi natijasida odamlar mulkka 
egalik qilish, tadbirkorlik, mulk asosida boyib borish, mustaqillik ehtiyojlari paydo 
bo’ladi, boqimandalik, ta’magirchilik ehtiyojlari tugatiladi. 
3. Muayyan ehtiyojlar guruhiyligi doirasida turli ehtiyojlar nisbati o’zgaradi. 
Bunda muayyan ehtiyoj umumiy tarzda saqlanadi. Lekin uning ko’rinishlari va 
shaklari o’zgaradi. Masalan, umuman transport ehtiyoji saqlangan holda, 
transportning aniq turlariga ehtiyoj o’zgaradi. Temir yo’l transporti o’rniga havo 
transportiga, suv transporti o’rniga avtomobil transportiga ustivor ehtiyoj paydo 
bo’ladi. Uning zamirida transportning qulayligi yotadi. 
4. Bir ehtiyojning ikkinchisi bilan almashtirilishi. Bunday almashuvni amalga 
oshiruvi uchun muayyan ehtiyoj o’rnini bosa oladigan ehtiyojlar bo’lishi zarur. Fan-
texnika yutuqlari asosida rivojlanadigan iqtisodiyot bunga imkon yaratadi. Bir 
vaqtlar patefonga ehtiyoj katta edi. Hozirgi davrga kelib radio, televizor, audi-video 
magnita-fonlar magnitafon, patefon— kabilar o’rnini egalladi. Ular bir-birlari o’rnini 
bemalol bosa oladilar. O’rinbosarlik mahsulotlarning sifatiga, dizayniga, narxiga, 
iste’molchi uchun qulayligiga bog’liq. Ehtiyojlar yuksalishining to’rt jixati bir 
vaqtning o’zida amal qiladi. Lekin mamlakatlar, mintaqalar taraqqiyoti darajasiga 
qarab bu jihatlar tarkibini tashkil etgan mahsulotlar turli mamlakatlarda turlicha 
bo’lishi mumkin. 

Yüklə 318,76 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin