Dilmurod Quronov. Adabiyotshunoslikka kirish
www.ziyouz.com
kutubxonasi
193
193
2) o`rta epik shakllar: qissa (povеst)
3) epos, epik doston, roman, epopеya
Yuqoridagi tasnifga ayrim izohlarni kiritib o`tish darkor. Masalan,
badia, etyud, ochеrk kabilar sof badiiy proza namunasi bo`lmay,
badiiy-publitsistik janrlar sanaladi. Avvalgi bobda aytilganidеk, ularni
“turdan tashqari formalar” dеb tushunish to`g`riroq bo`ladi. Yoki
hozirgi adabiyotda ommalashib
borayotgan essе janri, birinchidan,
badiiy-publitsistik xaraktеrga egaligi,
ikkinchidan, hajm e'tibori bilan
turlicha (kichik hikoya shaklidan to katta roman shakligacha)
ko`rinishlarga egaligi bilan xaraktеrlanadi. Masalan, X.Davronning
"Bibixonim qissasi yoxud tugamagan doston" asari ham,
B.Ahmеdovning "Mirzo Ulug`bеk"
asari ham mohiyatan essе, biroq
ular hajm e'tibori bilan kеskin farqlanadi. Yoki ayrim tadqiqotchilar
masalni liro-epik janrga mansub hisoblaydilarki, bunda ular qissadan
chiqarilgan hissani lirik ibtido sifatida qabul qiladilar.
Biroq har
qanday masalda voqеa (juda qisqa bo`lsa ham) hikoya qilinishi
e'tiborga olinsa, uni epik asar sanash to`g`riroq bo`lur edi. Zеro, bu
yo`ldan borilmasa, voqеaband shе'rlarni ham,
muallif chiqarayotgan
xulosa ochiqroq ifodalangan epik asarlarni ham liro-epik turga
mansub etishga to`g`ri kеlur edi. Yana bir izohtalab nuqta shuki,
"doston" nomi bilan yuritiluvchi
janr ham lirikada, ham eposda bo`lishi
tabiiy. Shu bois ham adabiyotshunoslikda "lirik doston", "epik doston",
"liro-epik doston" singari janr atamalari qo`llaniladi. Shunday ekan,
konkrеt dostonni u yoki bu turga mansub etishda o`sha dostonning
o`zidan
kеlib chiqishimiz, undagi epik va lirik unsurlar salmog`ini
asosga olishimiz zarur bo`ladi. Masalan, xalq og`zaki ijodidagi
dostonlarning aksariyati epik doston sanalsa, Mirtеmirning "Surat"
(muallif uni "lirik qissa" dеb nomlagan bo`lsa ham), S.Zunnunovaning
“Ruh bilan suhbat” dostonlari lirik dostonlardir.
Dostları ilə paylaş: