maktabgacha ta’lim va tarbiya sohasida jamoatchilik nazoratini amalga oshiradi;
aholi o‘rtasida fuqarolarning huquqiy madaniyatini yuksaltirishga qaratilgan tushuntirish
ishlarini amalga oshirishda ishtirok etadi.
Fuqarolar, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari, nodavlat notijorat tashkilotlari va
fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari maktabgacha ta’lim va tarbiya sohasidagi boshqa tadbirlarda
ham ishtirok etishi mumkin.
3-bob. Maktabgacha ta’lim va tarbiya tizimi. Maktabgacha ta’lim tashkilotlarining
turlari
15-modda. Maktabgacha ta’lim va tarbiya tizimi
Maktabgacha ta’lim va tarbiya tizimi quyidagilarni o‘z ichiga oladi:
maktabgacha ta’lim tashkilotlari;
ta’lim berishning muqobil shakllari;
maktabgacha ta’lim va tarbiya sohasida faoliyatni amalga oshiruvchi ilmiy-tadqiqot
muassasalari va ta’lim tashkilotlari;
maktabgacha ta’lim va tarbiya sohasidagi davlat boshqaruvi organlari, shuningdek ularning
tasarrufidagi tashkilotlar.
16-modda. Maktabgacha ta’lim tashkilotining maqomi
Maktabgacha ta’lim tashkiloti davlat va nodavlat tashkiloti bo‘lishi mumkin.
Nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari davlat-xususiy sheriklik shartlari asosida ham tashkil
etilishi mumkin.
Maktabgacha ta’lim tashkilotida siyosiy partiyalar va diniy tashkilotlarning tashkiliy tuzilmalari
tashkil etilishiga hamda faoliyat yuritilishiga yo‘l qo‘yilmaydi.
Dostları ilə paylaş: