Seminar masg`ulot mavzusini tayyorladi: Bo`riboyev Alisher Yunusovich


-modda. Fuqarolarning, fuqarolar o‘zini o‘zi boshqarish organlarining, nodavlat



Yüklə 0,7 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə12/31
tarix30.09.2023
ölçüsü0,7 Mb.
#151306
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   31
Seminar -1 JTN

14-modda. Fuqarolarning, fuqarolar o‘zini o‘zi boshqarish organlarining, nodavlat 
notijorat tashkilotlarining hamda fuqarolik jamiyati boshqa institutlarining maktabgacha ta’lim va 
tarbiya sohasidagi tadbirlarda ishtirok etishi 
Fuqarolar, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari, nodavlat notijorat tashkilotlari va 
fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari: 
maktabgacha ta’lim va tarbiya sohasidagi davlat dasturlarini, hududiy dasturlarni hamda boshqa 
dasturlarni amalga oshirishda ishtirok etadi; 


maktabgacha ta’lim va tarbiya sohasida jamoatchilik nazoratini amalga oshiradi; 
aholi o‘rtasida fuqarolarning huquqiy madaniyatini yuksaltirishga qaratilgan tushuntirish 
ishlarini amalga oshirishda ishtirok etadi. 
Fuqarolar, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari, nodavlat notijorat tashkilotlari va 
fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari maktabgacha ta’lim va tarbiya sohasidagi boshqa tadbirlarda 
ham ishtirok etishi mumkin. 
3-bob. Maktabgacha ta’lim va tarbiya tizimi. Maktabgacha ta’lim tashkilotlarining 
turlari 
15-modda. Maktabgacha ta’lim va tarbiya tizimi 
Maktabgacha ta’lim va tarbiya tizimi quyidagilarni o‘z ichiga oladi: 
maktabgacha ta’lim tashkilotlari; 
ta’lim berishning muqobil shakllari; 
maktabgacha ta’lim va tarbiya sohasida faoliyatni amalga oshiruvchi ilmiy-tadqiqot 
muassasalari va ta’lim tashkilotlari; 
maktabgacha ta’lim va tarbiya sohasidagi davlat boshqaruvi organlari, shuningdek ularning 
tasarrufidagi tashkilotlar. 
16-modda. Maktabgacha ta’lim tashkilotining maqomi 
Maktabgacha ta’lim tashkiloti davlat va nodavlat tashkiloti bo‘lishi mumkin. 
Nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari davlat-xususiy sheriklik shartlari asosida ham tashkil 
etilishi mumkin. 
Maktabgacha ta’lim tashkilotida siyosiy partiyalar va diniy tashkilotlarning tashkiliy tuzilmalari 
tashkil etilishiga hamda faoliyat yuritilishiga yo‘l qo‘yilmaydi. 

Yüklə 0,7 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   31




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin