10-modda. O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligining maktabgacha
ta’lim va tarbiya sohasidagi vakolatlari
O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi:
maktabgacha ta’lim va tarbiya sohasida yagona davlat siyosatini amalga oshiradi;
Oldingi
tahrirga qarang.
maktabgacha ta’lim va tarbiya to‘g‘risidagi qonunchilikning ijro etilishini ta’minlaydi;
(10-modda birinchi qismining uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi
O‘RQ-683-sonli
Qonuni
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
maktabgacha ta’lim va tarbiya sohasidagi davlat dasturlarini hamda boshqa dasturlarni ishlab
chiqadi va amalga oshiradi;
o‘z vakolatlari doirasida maktabgacha ta’lim va tarbiya sohasidagi normativ-huquqiy hujjatlarni
qabul qiladi hamda ularni ishlab chiqishda ishtirok etadi;
davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarini tashkil etadi, qayta tashkil etadi va tugatadi;
maktabgacha ta’lim tashkilotlarining faoliyatiga uslubiy jihatdan rahbarlikni amalga oshiradi;
maktabgacha ta’lim va tarbiyaning davlat ta’lim dasturini ishlab chiqadi, tasdiqlaydi va amalga
oshiradi;
ilg‘or pedagogik texnologiyalarni o‘rganadi, umumlashtiradi va ta’lim-tarbiya jarayoniga joriy
etadi;
davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarining o‘quv-uslubiy, didaktik materiallar, badiiy
adabiyotlar, rivojlantiradigan o‘yinlar va o‘yinchoqlar bilan ta’minlanishini, shuningdek ularning moddiy-
texnika bazasi jihozlanishini hamda mustahkamlanishini tashkil etadi;
davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari xodimlarining malakasiga doir talablarni belgilaydi;
maktabgacha ta’lim va tarbiya sohasida kadrlarni tayyorlashni, qayta tayyorlashni hamda
ularning malakasini oshirishni ta’minlaydi;
maktabgacha ta’lim va tarbiya sohasidagi statistika ma’lumotlarining hisobi yuritilishini hamda
tahlil qilinishini ta’minlaydi;
davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti kuzatuv kengashining faoliyatini tashkil etish tartibini
belgilaydi;
maktabgacha ta’lim va tarbiya sohasidagi ilmiy-tadqiqot hamda ilmiy-uslubiy faoliyatni amalga
oshiradi va muvofiqlashtiradi;
bolaning qonuniy vakillariga uslubiy, maslahat yordami va boshqa yordam ko‘rsatadi;
maktabgacha ta’lim va tarbiya tizimiga investitsiyalar hamda grantlarni jalb etish choralarini
ko‘radi, chet el investitsiyalari ishtirokidagi amaldagi loyihalarni qo‘llab-quvvatlashni amalga oshiradi;
Oldingi
tahrirga qarang.
oilaviy nodavlat maktabgacha ta’lim muassasalari faoliyatini boshlaganligi yoki tugatganligi
haqida xabarnomalarni qabul qiladi, ularning reyestrini yuritadi.
(10-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 12-oktabrdagi O‘RQ-721-
sonli
Qonuniga
asosan o‘n sakkizinchi xatboshi bilan to‘ldirilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi,
12.10.2021-y., 03/21/721/0952-son)
Oldingi
tahrirga qarang.
O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi qonunchilikka muvofiq boshqa
vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin.
(10-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-
sonli
Qonuni
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Dostları ilə paylaş: |