Har bir bola maktabgacha ta’lim va tarbiya olish huquqiga ega.
Davlat har bir bolaning umumiy o‘rta ta’lim tashkilotiga o‘qishga kirishidan bir yil oldin davlat
maktabgacha ta’lim tashkilotlarida umumiy o‘rta ta’limga majburiy bir yillik tayyorgarlikdan o‘tishga
bo‘lgan huquqini kafolatlaydi.
Bolaning maktabgacha ta’lim va tarbiya olishiga doir davlat kafolatlari
davlat maktabgacha
ta’lim tashkilotlari negizida maktabgacha ta’lim va tarbiya xizmatlarini ko‘rsatish, shuningdek ta’lim va
tarbiya berishning muqobil shakllarini tashkil etish orqali ta’minlanadi.
2-bob. Maktabgacha ta’lim va tarbiya sohasini tartibga solish
7-modda. Maktabgacha ta’lim va tarbiya sohasidagi davlat siyosatining ro‘yobga
chiqarilishini amalga oshiruvchi organlar
Maktabgacha ta’lim va tarbiya sohasidagi davlat siyosatining ro‘yobga
chiqarilishini amalga
oshiruvchi organlar quyidagilardan iborat:
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi;
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta’lim sifatini
nazorat qilish davlat
inspeksiyasi (bundan buyon matnda Davlat inspeksiyasi deb yuritiladi);
O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi;
O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi;
o‘z tasarrufida maktabgacha ta’lim tashkilotlari bo‘lgan boshqa davlat va xo‘jalik
boshqaruvi
organlari;
mahalliy davlat hokimiyati organlari.
Oldingi
tahrirga qarang.
Ushbu
moddaning
birinchi
qismida
ko‘rsatilmagan organlar hamda
tashkilotlar qonunchilikka
muvofiq maktabgacha ta’lim va tarbiya sohasidagi davlat siyosatini amalga oshirishda ishtirok etadi.
(7-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-
sonli
Qonuni
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Dostları ilə paylaş: