Seminar masg`ulot mavzusini tayyorladi: Bo`riboyev Alisher Yunusovich



Yüklə 0,7 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/31
tarix30.09.2023
ölçüsü0,7 Mb.
#151306
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   31
Seminar -1 JTN

3-modda. Asosiy tushunchalar 
Ushbu Qonunda quyidagi asosiy tushunchalar qo‘llaniladi: 
alohida ta’lim olish ehtiyojlari bo‘lgan bolalar — 
nogironligi bo‘lganidan yoki 
bo‘lmasligidan qat’i nazar, oila, pedagoglar, mutaxassislar, jamiyat va davlatning alohida e’tiboriga 
muhtoj bo‘lgan individual ehtiyojlarga ega bolalar; 
davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti — 
davlat tomonidan moliyalashtiriladigan va 
boshqariladigan hamda maktabgacha ta’lim va tarbiyaning davlat standartiga muvofiq maktabgacha 
ta’lim va tarbiya xizmatlari ko‘rsatuvchi tashkilot; 
inklyuziv ta’lim va tarbiya — 
bolalarning alohida ta’lim olishga bo‘lgan ehtiyojlarini hamda 
individual imkoniyatlarini hisobga olgan holda ta’lim va tarbiya olishi uchun teng imkoniyatlarni 
ta’minlaydigan jarayon; 
maktabgacha bo‘lgan yosh — 
bolalarning tug‘ilgan paytidan yetti yoshgacha, to ularga 
umumiy o‘rta ta’lim tashkilotlarida ta’lim berish boshlangan paytga qadar bo‘lgan yoshi; 
maktabgacha ta’lim va tarbiya — 
bolalarga ta’lim va tarbiya berishga, ularni intellektual, 
ma’naviy-axloqiy, etik, estetik va jismoniy jihatdan rivojlantirishga, shuningdek bolalarni umumiy o‘rta 
ta’limga tayyorlashga qaratilgan uzluksiz ta’lim turi; 
maktabgacha ta’lim va tarbiya davlat standarti
— ta’lim-tarbiya jarayonining hajmiga, 
mazmuniga va sifatiga, maktabgacha ta’lim tashkilotini qurish va jihozlashga, shuningdek maktabgacha 
yoshdagi bolalarning sog‘lom ovqatlanishini va xavfsizligini tashkil etishga doir majburiy talablar 
majmui; 
maktabgacha ta’lim va tarbiyaning davlat ta’lim dasturi — 
bola tomonidan o‘zlashtirilishi 
lozim bo‘lgan asosiy bilimlarning, mahorat va ko‘nikmalarning hajmini hamda mazmunini belgilovchi
shuningdek ta’lim va tarbiya mazmunining o‘ziga xosligini, ta’lim-tarbiya jarayonini tashkil etishning 
o‘ziga xos xususiyatlarini tavsiflovchi hujjat; 

Yüklə 0,7 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   31




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin