21-modda. Nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarining faoliyatini litsenziyalash Maktabgacha ta’lim va tarbiya sohasidagi litsenziya yuridik shaxs davlat ro‘yxatidan o‘tganidan
keyin beriladi.
Oldingi tahrirga qarang. Litsenziya berish, qayta rasmiylashtirish, uning amal qilish muddatini uzaytirish, amal qilishini
to‘xtatib turish, shuningdek litsenziyani bekor qilish yoki uni bekor qilish to‘g‘risidagi ariza bilan sudga
murojaat qilish Davlat inspeksiyasi tomonidan qonunchilikda belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
(21-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 12-oktabrdagi O‘RQ-721- sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 12.10.2021-y., 03/21/721/0952-son) 22-modda. Maktabgacha ta’lim tashkilotlarining davlat akkreditatsiyasi Maktabgacha ta’lim tashkilotlarining davlat akkreditatsiyasi Davlat inspeksiyasi tomonidan
attestatsiya asosida amalga oshiriladi.
Maktabgacha ta’lim tashkilotlarining davlat akkreditatsiyasi besh yilda bir marta amalga
oshiriladi.
Maktabgacha ta’lim tashkilotlarining davlat akkreditatsiyasini amalga oshirish tartibi
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
23-modda. Davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarini tashkil etishning majburiyligi Davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari:
shaharlar, shaharchalar va boshqa aholi punktlari tashkil etilganda;
turar joy majmualari qurilganda;
Oldingi tahrirga qarang. tegishli hududda maktabgacha bo‘lgan yoshdagi bolalarning qonunchilikda belgilangan
cheklangan soni oshganda majburiy tartibda tashkil etiladi.
(23-moddaning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683- sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son) Bir nechta ko‘p kvartirali uydan yoki yakka tartibdagi uylar guruhlaridan iborat bo‘lgan yangi
turar joy majmualarini loyihalashtirish va qurishda ko‘p kvartirali uylarning birinchi qavatlarida yoxud
alohida bino tarzida har bir ikki yuzta kvartira yoki yakka tartibdagi uylar uchun kamida ellikta o‘rindan
kelib chiqqan holda maktabgacha ta’lim tashkilotining mavjud bo‘lishi shartligi nazarda tutiladi.