Seminar masg`ulot mavzusini tayyorladi: Bo`riboyev Alisher Yunusovich


-modda. Maktabgacha ta’lim tashkilotlari pedagog xodimlarining huquq va



Yüklə 0,7 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə23/31
tarix30.09.2023
ölçüsü0,7 Mb.
#151306
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   31
Seminar -1 JTN

39-modda. Maktabgacha ta’lim tashkilotlari pedagog xodimlarining huquq va 
majburiyatlari 
Maktabgacha ta’lim tashkilotlarining pedagog xodimlari: 
kasbiy sha’ni, qadr-qimmati va ishchanlik obro‘sini himoya qilish; 
ijodiy tashabbus ko‘rsatish, ta’lim va tarbiya uslubiyotlarini, o‘quv qo‘llanmalari hamda ta’lim 
vositalarini erkin tanlash; 
maktabgacha ta’lim tashkilotini boshqarishda ishtirok etish; 
maktabgacha ta’lim tashkilotining ta’lim dasturlarini ishlab chiqishda ishtirok etish; 
pedagogik faoliyatidagi muvaffaqiyatlar uchun ma’naviy va moddiy rag‘batlantirilish; 
maktabgacha ta’lim va tarbiya sohasidagi ilmiy, innovatsion, xalqaro faoliyatda ishtirok etish 
huquqiga ega. 
Oldingi
 tahrirga qarang. 
Maktabgacha ta’lim tashkilotlarining pedagog xodimlari qonunchilikka muvofiq boshqa 
huquqlarga ham ega bo‘lishi mumkin. 
(39-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-
sonli 
Qonuni 
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son) 
Oldingi
 tahrirga qarang. 
Maktabgacha ta’lim tashkilotlarining pedagog xodimlarini o‘z kasbiy majburiyatlarini bajarishi 
bilan bog‘liq bo‘lmagan ish turlariga jalb etishga yo‘l qo‘yilmaydi, bundan qonunchilikda nazarda 
tutilgan hollar mustasno. 
(39-moddaning uchinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-
sonli 
Qonuni 
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son) 
Maktabgacha ta’lim tashkilotlarining pedagog xodimlari: 
bolalarga professional darajada ta’lim va tarbiya berishi; 
pedagogik etikaga rioya etishi, bolaning sha’ni va qadr-qimmatini himoya qilishi, bolalarni 
zo‘ravonlik ko‘rinishlaridan himoya qilishi, ularni vatanparvarlik, mehnatga, qonuniy vakillariga hurmat 
bilan va atrof-muhitga ehtiyotkorona munosabatda bo‘lish ruhida tarbiyalashi; 


maktabgacha ta’lim va tarbiyaning davlat ta’lim dasturini bajarishi; 
o‘z malakasini oshirishi; 
o‘z kasbiy ko‘nikmalarini va pedagogik mahoratini takomillashtirishi shart. 
Oldingi
 tahrirga qarang. 
Maktabgacha ta’lim tashkilotlarining pedagog xodimlari zimmasida qonunchilikka muvofiq 
boshqa majburiyatlar ham bo‘lishi mumkin. 
(39-moddaning beshinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-
sonli 
Qonuni 
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son) 
Oldingi
 tahrirga qarang. 
Ta’lim-tarbiya jarayonidan siyosiy maqsadlarda yoki bolalarni qonunchilikka zid bo‘lgan 
harakatlarni sodir etishga undash uchun foydalanish taqiqlanadi. 
(39-moddaning oltinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-
sonli 
Qonuni 
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son) 

Yüklə 0,7 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   31




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin