Seminar masg`ulot mavzusini tayyorladi: Bo`riboyev Alisher Yunusovich



Yüklə 0,7 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə21/31
tarix30.09.2023
ölçüsü0,7 Mb.
#151306
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   31
Seminar -1 JTN

35-modda. 
Maktabgacha 
ta’lim 
tashkilotlarida 
bolalarni 
parvarishlaganlik, 
ovqatlantirganlik va ularga qarab turganlik uchun haq to‘lash 
Davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarida bolalarni parvarishlaganlik, ovqatlantirganlik va 
ularga qarab turganlik uchun haq to‘lash qonunchilikda belgilangan miqdorlarda amalga oshiriladi. 
Nodavlat maktabgacha ta’lim tashkiloti o‘zi ko‘rsatayotgan maktabgacha ta’lim va tarbiya 
xizmatlari qiymatini mustaqil ravishda belgilaydi, bundan qonunchilikda nazarda tutilgan hollar 
mustasno. 
Ijtimoiy jihatdan qo‘llab-quvvatlashga muhtoj bo‘lgan oilalarning bolalarini parvarishlaganlik, 
ovqatlantirganlik va ularga qarab turganlik uchun haq to‘lash imtiyozli shartlarda qonunchilikda 
belgilangan miqdorlarda amalga oshiriladi. 
(35-modda O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli 
Qonuni 
tahririda — 
Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son) 
7-bob. Maktabgacha ta’lim tashkilotlaridagi ta’lim-tarbiya jarayoni 
ishtirokchilari, ularning huquq va majburiyatlari 
36-modda. Maktabgacha ta’lim tashkilotlaridagi ta’lim-tarbiya jarayoni ishtirokchilari 
Maktabgacha ta’lim tashkilotlaridagi ta’lim-tarbiya jarayoni ishtirokchilari quyidagilardan 
iborat: 
maktabgacha bo‘lgan yoshdagi bola; 
bolaning qonuniy vakillari; 
pedagog xodimlar. 
Maktabgacha ta’lim tashkilotining ta’lim-tarbiya jarayoni ishtirokchilari bilan o‘zaro 
munosabatlari shartnoma bilan tartibga solinadi. 
37-modda. Maktabgacha bo‘lgan yoshdagi bolalarning huquqlari 
Maktabgacha bo‘lgan yoshdagi bolalar quyidagi huquqlarga ega: 
davlat tomonidan kafolatlangan hajm doirasida bepul tibbiy yordam olish; 
sog‘liq uchun xavfsiz bo‘lgan sharoitlarda ta’lim olish va tarbiyalanish; 
sog‘lom turmush tarzini olib borish, bolalarni mehnat qilishga majburlashning har qanday 
shakllaridan, jismoniy va ruhiy zo‘ravonlikdan, o‘z sha’ni va qadr-qimmati kamsitilishidan himoyalanish; 
o‘z sog‘lig‘iga zarar yetkazadigan axborotdan himoyalanish; 


umumiy o‘rta ta’limga majburiy bir yillik tayyorgarlikdan o‘tish. 
Oldingi
 tahrirga qarang. 
Maktabgacha yoshdagi bolalar qonunchilikka muvofiq boshqa huquqlarga ham ega bo‘lishi 
mumkin. 
(37-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-
sonli 
Qonuni 
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son) 

Yüklə 0,7 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   31




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin