50-modda. Davlat maktabgacha ta’lim tashkilotining kuzatuv kengashi Davlat maktabgacha ta’lim tashkilotida bolani tarbiyalash, rivojlantirish va unga ta’lim berishga
ko‘maklashish maqsadida kuzatuv kengashi tashkil etilib, uning tarkibi ushbu tashkilotga boradigan
bolalarning qonuniy vakillari, o‘z xodimlari, shuningdek nodavlat notijorat tashkilotlarining hamda
fuqarolik jamiyati boshqa institutlarining vakillari orasidan shakllantiriladi.
Davlat maktabgacha ta’lim tashkilotining kuzatuv kengashi:
davlat maktabgacha ta’lim tashkilotini rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlarini belgilaydi;
O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligiga kelishib olishga kiritish uchun tuman
(shahar) maktabgacha ta’lim bo‘limi tomonidan tavsiya etilgan nomzodlar orasidan davlat maktabgacha
ta’lim tashkiloti rahbarini belgilaydi, shuningdek uni egallab turgan lavozimidan ozod etish yuzasidan
takliflar kiritadi;
davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti rahbarining ushbu tashkilot faoliyatini takomillashtirish
yuzasidan ko‘rilayotgan chora-tadbirlar, moliya-xo‘jalik holati, daromadlar va xarajatlar, budjet
mablag‘laridan, budjetdan tashqari, homiylik va boshqa mablag‘lardan foydalanish to‘g‘risidagi
hisobotlarini eshitadi;
davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti rahbarining va boshqa xodimlarining faoliyatiga taalluqli
ijtimoiy so‘rovlar o‘tkazadi;
tuman (shahar) maktabgacha ta’lim bo‘limlariga davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti
rahbarlarini va boshqa xodimlarini rag‘batlantirish to‘g‘risida takliflar kiritadi.
Oldingi tahrirga qarang. Davlat maktabgacha ta’lim tashkilotining kuzatuv kengashi qonunchilikka muvofiq boshqa
vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin.
(50-moddaning uchinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683- sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son) Davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti kuzatuv kengashining faoliyatini tashkil etish tartibi
O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi tomonidan belgilanadi.