Seminar masg`ulot mavzusini tayyorladi: Bo`riboyev Alisher Yunusovich


-bob. Maktabgacha bo‘lgan yoshdagi bolalarni ijtimoiy himoya qilish



Yüklə 0,7 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə26/31
tarix30.09.2023
ölçüsü0,7 Mb.
#151306
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   31
Seminar -1 JTN

8-bob. Maktabgacha bo‘lgan yoshdagi bolalarni ijtimoiy himoya qilish 
45-modda. Maktabgacha bo‘lgan yoshdagi bolalarga qarab turish va ularni ta’minlash 
Davlat maktabgacha bo‘lgan yoshdagi bolalarning, ayniqsa yetim bolalar va ota-onasining 
qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarning, sog‘lig‘ining holatini tuzatishga, uzoq vaqt davolanishga 
hamda reabilitatsiya qilishga muhtoj bo‘lgan bolalarning, shuningdek kam ta’minlangan va ko‘p bolali 
oilalardagi bolalarning ijtimoiy himoya qilinishi va qo‘llab-quvvatlanishini ta’minlaydi. 
Jismoniy yoki ruhiy rivojlanishida turli nuqsonlar bo‘lgan bolalarga qarab turish qisman yoki 
to‘liq davlat ta’minoti asosida amalga oshiriladi. 
Yetim bolalar va ota-onasining yoki boshqa qonuniy vakillarining qaramog‘idan mahrum 
bo‘lgan bolalar to‘liq davlat ta’minotida bo‘ladi. 
Yetim bolalarga va ota-onasining qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarga qarindoshlik 
munosabatlarini saqlash, shuningdek ularning shaxsiy nomulkiy va mulkiy huquqlarini himoya qilish 
huquqi kafolatlanadi. 


Ko‘rish, eshitish qobiliyatini, tayanch-harakat apparatini tuzatishga muhtoj bo‘lgan bolalar 
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan tartibda O‘zbekiston Respublikasi 
Davlat budjeti mablag‘lari hisobidan harakatlanish, protezlash, axborotni idrok etish va qabul qilish 
vositalari, shuningdek boshqa individual tuzatish vositalari bilan ta’minlanadi. 
46-modda. Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida bolalarning ovqatlanishini tashkil etish 
Maktabgacha bo‘lgan yoshdagi bolalar uchun tabiiy oziq-ovqat mahsulotlari to‘plami, ularni 
yoshiga doir fiziologik ehtiyojlariga muvofiq bo‘lgan ratsional va mutanosib oziq-ovqat bilan ta’minlash 
tartibi O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi 
Maktabgacha ta’lim vazirligi bilan birgalikda belgilanadi. 
Oldingi
 tahrirga qarang. 
Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida oziq-ovqat sifati ustidan nazorat O‘zbekiston Respublikasi 
Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati, uning hududiy bo‘linmalari va 
maktabgacha ta’lim organlari tomonidan amalga oshiriladi. 
(46-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 26-apreldagi O‘RQ-685-
sonli 
Qonuni 
tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 27.04.2021-y., 03/21/685/0373-son) 
Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida maktabgacha bo‘lgan yoshdagi bolalarning ovqatlanishini 
tashkil etish autsorsing uslubi bilan ham amalga oshirilishi mumkin. 

Yüklə 0,7 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   31




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin