Pedagogning malaka toifasi pedagogning kasbiy standartiga muvofiq beriladi.
43-modda. Maktabgacha ta’lim tashkilotlarining pedagog xodimlarini attestatsiyadan
o‘tkazish
Maktabgacha ta’lim tashkilotlarining pedagog xodimlarini attestatsiyadan o‘tkazish besh yilda
kamida bir marta amalga oshiriladi.
Maktabgacha ta’lim tashkilotlarining pedagog xodimlarini attestatsiyadan o‘tkazish Davlat
inspeksiyasi tomonidan amalga oshiriladi.
Maktabgacha ta’lim tashkilotining pedagog xodimlarini attestatsiyadan o‘tkazish natijalariga
ko‘ra pedagog xodimning egallab turgan lavozimiga muvofiqligi aniqlanadi va uning malaka toifasi
belgilanadi.
Maktabgacha ta’lim tashkilotlarining pedagog xodimlarini attestatsiyadan o‘tkazish tartibi
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
44-modda. Maktabgacha ta’lim va tarbiya tizimida mehnat faoliyatini amalga oshirishga
doir cheklovlar
Muomalaga layoqatsiz yoki muomala layoqati cheklangan deb topilgan, pedagogik faoliyatni
amalga oshirishga to‘sqinlik qiladigan kasalliklari yoki jismoniy nuqsonlari bo‘lgan shaxslar, shuningdek
qasddan jinoyatlar sodir etganligi uchun ilgari hukm qilingan shaxslar maktabgacha ta’lim tashkilotlarida
pedagogik faoliyat bilan shug‘ullanishi mumkin emas.
Ilgari o‘zining aybli harakatlari sababli mehnat shartnomasi tugatilgan shaxslar, shuningdek
qo‘llanilgan jazo chorasidan, sudlanganligi holati tugatilganligidan yoki olib tashlanganligidan hamda
o‘ziga nisbatan amnistiya yoki afv etish akti qo‘llanilganligidan qat’i nazar, qasddan sodir etilgan
jinoyatlar uchun ilgari hukm qilingan shaxslar, jinoyat ishlari aybdorligi to‘g‘risidagi masala hal
etilmagan holda tugatilgan jinoyatlar sodir etgan shaxslar maktabgacha ta’lim va tarbiya tizimi organlari
va tashkilotlarining rahbarlik lavozimlariga tayinlanishi mumkin emas.
Qonunda maktabgacha ta’lim va tarbiya tizimida mehnat faoliyatini amalga oshirishga doir
boshqa cheklovlar ham belgilanishi mumkin.
Dostları ilə paylaş: