Seminar masg`ulot mavzusini tayyorladi: Bo`riboyev Alisher Yunusovich


-modda. Davlat maktabgacha ta’lim tashkilotining rahbari



Yüklə 0,7 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə30/31
tarix30.09.2023
ölçüsü0,7 Mb.
#151306
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   31
Seminar -1 JTN

51-modda. Davlat maktabgacha ta’lim tashkilotining rahbari 
Direktor davlat maktabgacha ta’lim tashkilotining rahbaridir. 
Direktor davlat maktabgacha ta’lim tashkilotining faoliyatiga joriy rahbarlikni amalga oshiradi. 
Davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti direktorining huquq va majburiyatlari normativ-huquqiy 
hujjatlar, davlat maktabgacha ta’lim tashkilotining ustavi, shuningdek mehnat shartnomasi bilan 
belgilanadi. 
10-bob. Maktabgacha ta’lim va tarbiya tizimining ilmiy-uslubiy ta’minoti. 
Maktabgacha ta’lim va tarbiya tizimini ilmiy-uslubiy jihatdan ta’minlash 
vazifalari 
52-modda. Maktabgacha ta’lim va tarbiya tizimining ilmiy-uslubiy ta’minoti 


Maktabgacha ta’lim va tarbiya tizimining ilmiy-uslubiy ta’minotini quyidagilar amalga oshiradi: 
O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi va uning tasarrufidagi ilmiy-uslubiy 
muassasalar; 
O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi, tegishli tarmoq ilmiy-tadqiqot muassasalari va 
oliy ta’lim tashkilotlari; 
Maktabgacha ta’lim va tarbiya tizimining rahbar va pedagog kadrlarini qayta tayyorlash hamda 
ularning malakasini oshirish institutlari (kurslari). 
Oldingi
 tahrirga qarang. 
Maktabgacha ta’lim va tarbiya tizimining ilmiy-uslubiy ta’minotini qonunchilikka muvofiq 
boshqa ilmiy va ta’lim tashkilotlari ham amalga oshirishi mumkin. 
(52-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-
sonli 
Qonuni 
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son) 
53-modda. Maktabgacha ta’lim va tarbiya tizimini ilmiy-uslubiy jihatdan ta’minlash 
vazifalari 
Maktabgacha ta’lim va tarbiya tizimini ilmiy-uslubiy jihatdan ta’minlash vazifalari 
quyidagilardan iborat: 
ta’lim-tarbiya jarayoniga ilg‘or pedagogik va axborot texnologiyalarini joriy etish; 
maktabgacha ta’lim tashkilotlari uchun o‘quv-uslubiy va didaktik materiallar ishlab chiqish va 
ishlab chiqarish; 
maktabgacha ta’lim va tarbiya sohasida ilmiy tadqiqotlar olib borish; 
maktabgacha ta’lim va tarbiyani boshqarishning zamonaviy uslublarini ishlab chiqish va joriy 
etish; 
maktabgacha ta’lim va tarbiya tizimiga joriy etiladigan ta’lim uslublari va dasturlari 
samaradorligini tahlil qilish hamda baholash. 

Yüklə 0,7 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   31




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin